Investitsiyalar va baholash



Yüklə 64,02 Kb.
səhifə2/5
tarix26.10.2022
ölçüsü64,02 Kb.
#118638
1   2   3   4   5
Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: ushbu kurs ishining maqsadi Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berish, ushbu mavzuga oid materiallar tahlilini olib borish va shu ma’lumotlar asosida xulosa va takliflar berishdir.
Kurs ishining vazifalari:
harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot berish;
harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichini o’rganish;
shu kungacha harakatlar strategiyasida qo’yilgan maqsadlar qanchalik bajarilganligini tahlil qilish;
Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berish;
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga oid takliflar ishlab chiqishdan iborat
Kurs ishi obyekti: Harakatlar strategiysi
Kurs ishi predmeti: erkin rivojlanishning yo’nalishlari
Kurs ishi qisqacha tavsifi: 3 ta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Harakatlar strategiyasi mazmuni
Hozirgi kunda butun dunyodagi davlatlar juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Bunday davlatlarga AQSH, Rossiya, Hindiston, BAA, Janubiy Korea, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa ko’plab davlatlarni misol keltirish mumkin. Bu va boshqa shu kabi davlatlar rivojlanish mobaynida biror to’xtalishga, ya’ni maqsaddan og’ishga yo’l qo’ymaslik uchun o’zlarining rivojlanishdagi qat’iy rejasini, yo’nalishini belgilab olishgan. Bu davlatlar qatori O’zbekiston ham o’zining iqtisodiy rivojlanishda qat’iy maqsadini belgilab kelmoqda. 1991-yildan (O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan yildan) boshlab to 2017-yilgacha O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ishlab chiqqan “Rivojlanishning O’zbek modeli” amal qildi. Ushbu model orqali O’zbekiston 25 yil ichida misli ko’rilmagan natijalarga erishib, “Dunyoning iqtisodiy qoloq davlatlari” ro’yxatida chiqib, “Rivojlanayotgan davlatlar” qatoriga qo’shilib oldi. Birinchi Prezidentimiz yaratgan ushbu model quyidagi besh tamoyilga asoslangan:

  • Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi

  • Davlat- bosh islohotchi

  • Qonunning ustuvorligi

  • Kuchli ijtimoiy siyosat

  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish

Bu besh tamoyil o’z vaqtida juda dolzarb va katta ahamiyatga ega edi. Ushbu model haqida O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev quyidagi fikrlarni aytib o’tgan: “Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”1.
Lekin vaqt o’tib, 2017-yillarga kelib bu tamoyillar o’z dolzarbligini qisman yo’qotdi, yoki unda belgilangan maqsadlar to’liq bajarildi va bu tamoyillarni yangilashga ehtiyoj tug’ildi. 2017- yilda esa O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ushbu eski modelni yangiladi, unga yangi dolzarb mavzularni qo’shdi. Natijada yangi 2017-2021-yillarga mo’ljallangan yangi reja yaratildi va unga “Harakatlar strategiyasi” deb nom berildi. Taraqqiyotning ushbu rejasi rivojlanishning barcha sohalarini qamrab oladi va shuning uchun ham bu reja hozirgi kunda o’zining natijalarini bermoqda. Avvalgi “Taraqqiyotning o’zbek modeli” kabi ushbu harakatlar rejasi ham bir qancha tamoyillarni o’z ichiga oladi.


Yüklə 64,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin