Iqtisod tarmoqlar va sohalar



Yüklə 161,31 Kb.
səhifə8/13
tarix01.01.2022
ölçüsü161,31 Kb.
#106752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishi !!!

2.Davlat — bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o’tish bosqichida davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo’ldan bermasligi zarur. Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir g’oyat muhim shartidir. O’tish davrida davlatning iqtisodiyotdagi roliga yangicha yondashib, islohotlarni keng jamoatchilik ishtirokida davlat ishlab chiqqan dasturlar asosida , uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshirish zarur. Bozor islohotlari umumiqtisodiy, umummilliy o’zgarishlar bo’lganidan uni ayrim jamoa, siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari amalga oshira olmaydi, chunki ular shu guruh manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanib qolishlari mumkin. Davlat esa jamiyat barcha a’zolari manfaatlarini ifodalaydi, shu manfaatlarni amalga oshirishni ko’zlaydi. Iqtisodiyot sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, hal qilinayotgan vazifalarning serqirraligi, bozorni shakllantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu jarayon iqtisodiyotni boshqarishni tashkil etish, bozor infrastrukturasini yaratish, jahon iqtisodiyotiga qo’shilish bilan bog’liqdir. Boshqarishni qayta tashkil etish sohasida markazlashtirilgan tartibda ish ko’ruvchi davlat tuzilmalarini tugatib, bozor iqtisodiyotiga xos tuzilmalar barpo qilishga kirishildi. Davlat reja qo’mitasi tugatilib o’rniga Davlat istiqbolni belgilash va statistika qo’mitasi tuzildi. Keyinchalik, u makroiqtisodiyot vazirligiga aylantirildi. Davlat ta’minot qo’mitasi Respublika ulgurji va birja savdosi aktsiyadorlik jamiyati bilan almashtirildi. Davlat narx qo’mitasini batamom tugatish asosida Moliya vazirligi tizimida maxsus Demonopoliyalash va monopol narxlar ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil etilib, u 1996 yilda Antimonopol qo’mitaga aylantirildi.

Bank tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Qisqa muddat ichida Davlat soliq qo’mitasi va davlat bojxona qo’mitasi tashkil etildi. Ko’p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirishda tashkil etilgan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasining rag’batlantiruvchi ahamiyati katta.



Davlat bozor iqtisodiyotining qaror topishiga zarur sharoit yaratar ekan, mulkchilikning turli shakllari, raqobatchilikni vujudga keltirilishiga alohida ahamiyat beradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida jamiyatda yuz berayotgan tabaqalanish natijasida odamlarning hayot kechirishida katta farq bo’lishining oldini oladi.

Yüklə 161,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin