Amaldorlarning tadbirkorligi poraxo`rlikdan pora beruvchi tarafning yo`qligi bilan farqlanadi. Bu yerda xizmat qoidalarini buzishning buyurtmachisi –ma`lum qarorni qabul qilish yoki moslashuviga monopoliyadan tadbirkorlik yoki renta daromadini oluvchi ijrochining o`zidir. Bunday holatlarni xususiy munosabatlarning tarmoqlari amaldorlarni muayyan xususiy manfaatlar bilan bog`lashi ro`yobga keltiradi. Ba`zan bunday bog`lanishlar muayyan amaldorni muayyan tuzum tomonidan “pul to`lab qutqarish” ni, ammo ko`proq
hollarda , davlat xizmatchilari va tadbirkorlari tomonidan bir-biriga ko`rsatadigan o`zaro xizmatlar tarmoqlariga kiritilganligini ko`zda tutadilar.
Umuman olganda, korrupsiya qonun bilan ta`qiqlangan faoliyat ko`rinish sifatida jinoyat sektoriga qarashli va nolegal iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan tor bog`langan. Agarda jinoiy elementlar amaldorlarga ularni qonunga xilof munosabatlar tizimiga tortib, ta`sir ko`rsatsa, jinoyatga qo`l urgan amaldorlar qonunlar maromiga yetkazilmaganligidan foydalanib, iqtisodiyotning rasmiy subyektlaridan poraxo`rlik mexanizmlari orqali pul mablag`larini tovlaydialr. Oxirgilar esa bu mablag`larni to`lash uchun hisobotni noto`g`ri berishga, soliqdan ozod etishga, ya`ni iqtisodiyotning sog` sohasiga xos bo`lgan faoliyat mexanizmini o`zlahtirishga urinishadi, bu esa uning kengayishiga olib keladi.
Rivojlanuvchi mamalakatlarda korrupsiya eng ko`p yo`liqqanlari Osiyo davlatlari hisoblanadi. Bu mintaqada ishlaydigan menejerlar so`roqlarining natijasiga ko`ra, bunda rahnamollik xitoy, Hindiston va Indoneziyaga tegishlidir. Firibgarliklarda har xil firmalarga imtiyozlar va yengilliklar berish uchun pora olgan 115 ta taniqli siyosatchi va davlat amaldorlari aralashganligi ma`lum bo`ldi.
O`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan ko`pgina mamlakatlarda korrupsiya faol rivojlanmoqda. U qanchalik xavf-xatarli ekanligini Rossiya misollida ko`rish mumkin. Kichik korxonalar vakillarining 11-Butun Rossiya
qurultoyida keltirilgan, Sankt-Peterburgdagi 200 tijorat tuzumlari rahbariyatlarining so`roqlarini natijasi bo`yicha, so`ralganlarning 98%i o`z tadbirkorlik faoliyati davrida (1 yildan 5 yilgacha) mansabdor shaxslar tomonidan bevosita yoki bilvosita tovlamachilikka duch kelishganini; tadbirkorlarning 96 %i pora berishga majbur bo`lganlarini aytishdi. Faoliyatida poraxo`rlik eng ko`p tarqalgan idoralar sifatida bojxona xizmatlar, tijorat tuzumlarini ro`yxatga olishni amalgam oshiruvchi, xususiylashtirish va davlat mulkini boshqaruvchi, binolarni ijaraga beruvchi muassasalar, shuningdek, arbitraj sudlarining nomlari aytilgan edi. Boshqa tekshiruvchilarning ma`lumotlariga ko`ra, so`ralgan tadbirkorlarning 90 %i turli davlat idooralari xizmatchilariga pora bermasdan o`z ishlarini
saqlab qolishlari mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois ulardan 63%i ijroiya qo`mitalari, 58 %i moliya-nazorat idoralari, 48%ibojxona va tashqi savdo tashkilotlari xizmatchilariga, 45%i turli darajadagi deputatlarga,35%i militsiya, 25%i sud va prokratura xodimlariga pora berishga majbur edilar. Bu korrupsiya faoliyatining eng yuqori ko`rsatkichi deb belgilandi. Poraxo`rlk aniqlangan holatlarni ularning amaldagi darajasiga nisbatan qiymatlarini ekspert baholash 0,1 dan 2% gacha o`zgarib turadi.
Bir qator tekshiruvchilarning aytishicha, bir qator mamlakatlarda korrupsiya tizim tabiatiga ega bo`lib, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning asos soluvchi omillaridan biriga aylanib qolmoqda. Jamiyat korrupsiyalanishining bu bosqichi quyidagi me`yorlar bilan belgilanadi:
davlat siyosati hukumat boshida turgan yoki hukumatga ta`sirini o`tkaza oladigan shaxslarning xususiy manfaatlarini hisobga olgan holda olib boriladi;
amaldorlar daromadlarining ko`p qismini qo`shimcha va soya daromadlari tashkil etadi;
Korrupsiyaning oxirgi o`n yillikda juda keng tarqalishi va globallashtirish sharoitida faqat alohida milliy iqtisodiyotlargagina emas, balki jahon iqtisodiy rivojlanishining moslashuviga keltiradigan katta zarari , u bilan kurashni xalqaro darajada kengaytirish kerakligini belgilaydi.
Tadqiqodchilar tomonidan poraxo`rlik davlat mansabdor shaxslari orasida avj olishining 3 ta asosiy sababi aniqlangan: ish haqi pastligi, pensiya chiqqandan keyin kambag`al bo`lib qolish ehtimoli kattaligi va qonunlarning sustligi.
Davlat xizmatchilarining ko`pchiligi korrupsiyaga aloqador mamlakatlar ro`yxatini Kamerun, Boliviya, Qozog`iston, Vyetnam, Ukraina va Gruziya boshqarib bormoqda.
Korrupsiya faqatgina rivojlanayotgan davlatlarda avj olgan, deyish unchalik to`gri emas. Ro`yxatga e`tibor beradigan bo`lsangiz ko`pgina boy, demokratik mamlakatlarda ham bu illat ildiz otganiga amin bo`lasiz.
Raqobatni rivojlantirish, mavjud korxonalarni ochiq va halollik bilan qayta ko`rb chiqsh va to`lov qobiliyati past bo`lgan firmalarni bozordan chetlashtirish kerak. Bunda barcha korxonalar uchun ubir xil sharoit yaratish va raqobat qoidalarini buzuvchi qoidalarini qarshi choralar joriy etilishi zarur. Tabiiy monopoliya bo`lmagan barcha sohalarda demonopolizatsiya va xusiylashtirishni amalga oshirish va shu orqali raqobat muhitini yaratish kerak. Ushbu tadbirlar amalga oshirilgan davlatlarda (masalan, Polsha va Vengriyada) koorupsiya darajasi islohotlar amalga oshirilmagan davlatlardagiga nisbatan sezilarli darajada qisqardi. Korrupsiya va mansab suistemolchiligini oziqlantiruvchi
yana bir manba- bu, tashqi iqtisodiy faoliyatning to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi va turli kvotalar, ustama tariflar va imtiyozlar tizimi takomillashtirilmaganligidir. Bunday holatda bojxonalachilar tovarlarni imtiyozli tovar sifatida rasmiylashtirib, evaziga importyorlardan pora olish mumkin. Bu sohada korrupsiyani cheklash uchun kvotalarni tariflarga almashtirish, tarif va imtiyoz stavkalarini bir xil ko`rinishga olib kelish kerak. Jaxon Banki mutahassislarining fikricha, joriy investitsiyalari bo`lgan korxonalar uchun ko`plab imtiyozlar berish, “ochiq iqtisodiy hudular tashkil etish “ bu sohalarda korrupsiyaning rivojlanishiga olib keladi. Bunday choralar investitsiyon faollikni oshirmaydi aksincha byudjetga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin, shuningdek, ba`zi sohalara mansabdor shaxslarning o`zbilarmonchiligini
oshiradi, bu esa korrupsiani oshishi demakdir. Mana shuning uchun eksport va import bo`yicha cheklashlarni kamaytirib boorish va chet el investitsayalarini jalb etish bo`yicha to`g`ri siyosatni tanlash tavsiya etiladi.
Ba`zi hollarda bir guruh manfaatlarini himoya qiluvchilar tashqi savdodan proteksionizmni qo`llab, foyda olishadi, lekin shu bilan tashqi savdo sohasida davlatning ortda qolib ketishiga sabab bo`ladilar. Jaxon Banki mutaxassislari fikricha, proteksionizmga qarshi xalqaro qoidalar asosida kurashish kerak. XST (Xalqaro savdo tashkiloti)ga a`zo bo`lish ham korrupsiya va suistemolchilikni ma`lum darajada qisqartiradidan chora sifatida baholanadi ammo korrupsiyani cheklaashga erishgan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, korrupsiyaga qarshi kurash usulidan qat`i nazar, bu kurash samarali bo`lishi uchun davlatda kuchli nodavlat tashkilotlari va rivojlangan fuqarolik jamiyati bo`lishi shart. Jamoatchiligning doimiy nazoratisiz korrupsiyani yengib bo`lmaydi. Jinoiy jazolarning liberallashtirishilishini jinoyatchilikka, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashish arayonidagi susayish deb tushunish kerak emas. Chunki, Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, “Jinoyachilikni oldini olish, unga qarshi kurash samaradorligi, jazoning og`irligi va shafqatsizligiga emas,
balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxs jazoning qanchalik muqarrarligini nechog`lik anglashiga bog`liq”.
Liberallashtirish korrupsiyaga qarshi kurashishda strategik qurol sifatida joriy qilinishi qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta`minlashga xizmat qilmoqda.