Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə5/13
tarix01.02.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#122855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati

Iqtisodiy xavfsizlik – davlat milliy xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilaridan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlah yo`llari, vositalari va usullariga asos soluvchi qarashlar yig`indisidir. Konseptual ko`rinishda u davlatning iqtisodiy potensiali holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillari tahliliga asoslangan. Iqtisodiy xavfsizlikning davlat strategiyasini ishlab chiqish uchun har qanday xavf va xususan, iqtisodiy xavfni majmuali tekshirish kerak.
Yuqorida qayd etganimizdek, iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanishning barqarorligiga o`xshash bo`lgan muhim tashkil etuvchilari yotadi –bu material, inshootning, uni yangi sifat holatiga, ya`ni tarkib yoki tuzum o`zgarishiga keltiradigan qonuniy o`zgarishidir. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo`lishi mumkin emas. Barqarorlik –bu, jamiyatning favqulotda holatlarda ham o`z manfaatlarini qoniqtirish qobiliyati, holatini tiklash imkoniyatidir. Bu jamiyat faoliyatining hamma sohalarida o`tkaziladigan va uning potensialini takomillashtirishga, hayotga qobilligini ta`minlashga yo`naltirilgan choralar majmuasidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti tashkil etilgan va muvofiqlashtirilgan iqtisodiy munosabatlar yig`indisi sifatidagi davlat iqtisodiy tiziminig o`zidir. Iqtisodiy xavfsizlikning inshootlari –ularning himoyasi, xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va strategik maqsadini tashkil etgan real mavjud bo`lgan hodisalar, jarayonlar va munosabatlardir. Inshootlarga, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarning yetuklik darajasini aniqlovchi shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim me`yori shaxs, guruh, jamiyat va davlat iqtisodiy manfaatlarini saqlash, xavfsizlikni ta`minlash uchun ularning o`zaro javobgarliga asoslanadi. Iqtisodiy xavfsizlik subyektlari funksional va soha vazirlik va idoralari, soliq va bojxona xizmatlari, banklar, birjalar , fondlar va sug`urta kompaniyalari, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va istemolchilar hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning ta`rifi ko`p.Ulardan biri iqtisodiy xavfsizlik – bu , davlatning iqtisodiy tizimiga ta`sir qiluvchi eng kam chiqimlar bilan barqaror, bosqichma-bosqich rivojlangan holda jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalgam oshirish uchun milliy manfaatlar ustuvorligini ta`minlashga imkon beruvchi ( ichki va tashqi) shart va omillar yig`indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo`qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
Milliy iqtisodiy manfaatlar va maqsad. Liberal (murosasoz) ta`lim tarafdorlari fikriga ko`ra, iqtisodiy va milliy xavfsizlik asosini alohida fuqarolarning jamoa manfaatlari, umumiy manfaatlar va davlat manfaatlaridan kelib chiqadigan manfaatlari tashkil etadi. Ularda davlat, fuqarolar, jamoa va davlatning o`zi rivojlanishi uchun, ishlab turgan inshootlari va subyektiv omillarning butun spektri bilan belgilangan, eng yaxshi sharoitlar yaratib beruvchi qurol sifatida qaraladi.
Milliy manfaatlar deganda, shaxs, jamoa va davlatning mamlakat tarqqiyotiga bo`lgan ehtiyojlarini ifodalovchi hayotiy muhim manfaatlari yig`indisi anglashiladi. Boshqacha aytganda, milliy manfaatlar –O`zbekistonning milliy manfaatlari –bu, uning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy tuzilishi xususiyatlaridan, iqtisodiy rivojlanish darajasidan, xalqaro mehnat taqsimotidagi tarixiy o`rnidan, geografik holatning ixtisoslanishidan, milliy va madaniy an`analaridan kelib chiquvchi har bir fuqaro, jamoa va davlat inshootlari ehtiyojlaridan.
Mamlakat aholisining shaxsiy va milliy manfaatlari juda murakkab tuzumga ega. U turli belgilari bo`yicha sinflarga ajratilishi mumkin.
Xavfsizlik subyektlari uchun manfaatlar ijtimoiy ahamiyatining darajasiga ko`ra, hayotiy muhim va ikkinchi darajali bo`ladi. Ta`sirining davomiyligiga asosan, ular doimiy va vaqtinchalikka bo`linadi. Inson uchun, avvalo, ularning iste`moli qondirilishi va har qaysi fuqaro, jamoa, davlatning taraqqiy rivojlanish imkoniyati va mavjudligini ta`minlab beruvchi hayotiy ehtiyojlar yig`indisi sifatidagi muhim manfaatlar alohida ahamiyatga egadir. Yashash muammolari bilan bog`liq bo`lmagan manfaatlar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Asosiy xavfsizlik inshootlarining hayotiy muhim manfaatlari –ular amalga oshirilmay, davlat va jamoaning barqaror holati, shuningdek, xalqaro munosabatlarning mustaqil erkin subyekti sifatida mamlakkatning normal rivojlanishini ta`minlash mumkin bo`lmagan milliy manfaatlarning bir qismi. Hayotiy muhim bo`lgan manfaatlarni tashqi va ichki xavflardan kafolatlangan himoyalash holati O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligi mazmuni va uning barqaror rivojlanish sharoitidir.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin