Iqtisodiyot



Yüklə 380,32 Kb.
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü380,32 Kb.
#127684
  1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t


___ ___ ___202_y.
______________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT FAKULTETI

IQTISODIYOT”KAFEDRASI



BANK ISHI ” BAKALAVRIAT
TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOTI

H I S O B O T I


Bajardi: 1-kurs BIA-82guruhi
talabasi O`tkirjonov Ilhom
Rahbar: Saidov.D

Toshkent-2021

Reja:
Kirish
1. “Ipoteka bank”ining tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda “Ipoteka banki” Olmazor filialining ish faoliyati tasnifi
2. “Ipoteka banki” faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibi.
3. “Ipoteka banki” Olmazor filialining tijorat bankining chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati.
4. “Ipoteka banki” tijorat banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish
Xulasa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Ilovalar.

Kirish.
Men O`tkirjonov Ilhom 2021-yil 5-iyul kuni Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Saidov.D tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni “Ipoteka banki” Olmazor filialiga yetib keldim. Bankdan menga amaliyot rahbar etib Saidov.D tayinlandi. Amaliyotning dastlabki ikki kunligida ““Ipoteka banki” Olmazor faoliyati, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim. Amaliyotning uchinchi kunida “Kredit monitoring bo’limi”ning ish faoliyati bilan tanishdim va amaliyotimning qolgan kunini ushbu bo’limda o’tadim. Ushbu bo’limda amaliyotni o’tash davrida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan kreditlar va uning miqdori bilan tanishdim, mijozlarga taqdim etilgan kredit hujjatlarini rasmiylashtirishni o’rgandim va bajargan ishlarimni amaliyot kundaligimda qayd etdim.
Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.
Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash va tashkiliy tuzilishini o’rganishdir.
Bank – bu kredit-moliya muassasasi, boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi."2 Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi



  1. Ipoteka bank”ining tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda “Ipoteka banki” Olmazor filialining ish faoliyati tasnifi

O’zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Ipoteka banki hozirgi kunda mamlakatimizdagi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan ko’ptarmoqli yirik bank sanaladi. U Respublikamiz aholisining deyarli barcha qatlamlari bilan o’zining qator xizmatlari orqali chambarchas bog’lik bo’lish bilan birga, kredit muassasalari hamda korxona va tashkilotlarning bank-moliya xizmati bozoridagi ishonchli hamkorga aylanmoqda.


Ipoteka banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Ipoteka banki etib qayta tashkil etildi.
Uning tarixi 1875 yilda Toshkentda birinchi jamg’arma kassasi ochilishidan boshlanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 4 oktyabrdagi № 386-sonli Qaroriga muvofiq O’zjamg’armabank Davlat tijorat Ipoteka bankiga aylantirilgan. 1995 yil 22 oktabrda Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq faoliyat yurita boshladi. 1995 yil 31 noyabrda xalqaro volyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun Bosh litsenziyaga ega bo’ldi.
Bugungi kunda Davlat tijorat Ipoteka banki eng yirik va universal banklardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Jamg’arma kassalar fondi bilan hamkorlik qiladi. Bu hamkorlikdan asosiy maqsad mijozlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko’rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, germaniyaning yetakchi moliya institutlarida xodimlar malakasini oshirishdan iborat.
Ayni paytda Ipoteka bankining 14-ta hududiy, 184-ta tuman va shahar filiallari, 240 dan ortiq minibank hamda 3,5 mingdan ziyod shoxobcha va maxsus kassalarida 12 mingdan ortiq mutaxasis kadrlar mijozga xizmat qilmoqda.
Davlat tijorat Ipoteka banki .tarkibiy tuzilishi 12 bo’lim va 7 ta jamg’arma kassadan iborat va ularning asosiy vazifalari quyidagilar:
“Ipoteka banki” Olmazor filialining ish faoliyati tasnifi

Bank boshqaruvi


Yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash, kredit portfelini tahlil, rejalashtirish,monitoring qilish, muammoli kreditlar bilan ishlash,kredit tavakkalchiligini baxolash




Kreditlash bo’limi





Operatsiyalar, cheklar, kliring, buxgalteriya provodkalari, schotlarni tekshirish,mijozlar shikoyatini ko’rib chiqish

Buxgalteriya bo’limi


Bank operatsiyalarini olib borilishi ustidan nazorat qilish, yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlash va taftish qilish

Minibank va jamg’arma kassalar faoliyatini rejalashtirish, yuritish, nazorat qilish va tartibga solish

Mijozlardan naqd pul tushumini yig’ib olish va bankka topshirish

Mijozlarning chet el valyutasidagi mablag’larini chet elga xalqaro to’lov tizimi orqali jo’natish,jo’natilgan mablag’larni egalariga to’lash

Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi

Inkassatsiya bo’limi

Pul muomilasi bo’limi

Bosh yurist konsult

Kassa amaliyoti bo’limi

Nazorat taftish bo’limi


Pul yoki boshqa boyliklarni kirim, chiqim qilish,qayta sanash,maydalab berish va boshqalar


JBPTni tahlil qilish, rejalashtirish,monitoring qilish,foizlarni hisoblash va boshqalar

Jamg’arib boriladigan pensiya taminoti bo’limi



Minibank va jamg’arma kassalar faoliyatini tartibga solish bo’limi


Naqd pullarni omonatga jalb qilish, pul tushumlari va chiqimlari bilan ishlash va boshqalar


Plastik kartochkalar orqali to’lovlarni qabul qilish, plastik kartochkalargq mablag’larni kirim qilish va boshqalar




Xalqaro pul o’tkazmalari bo’limi


Bankning huquqiy ishlarini yuritish, qonun va qarorlar bajarilishini taminlash, huquqiy maslaxatlar berish va boshqalar

Axborotlashtirish bo’limi

Mijozlarni kerakli malumotlar bilan taminlash, bank elektron saytini yuritish,internet banking xizmatlarini ko’rsatish

Davlat tijorat Ipoteka banki .tomonidan 361 ta yuridik shaxslarga,416 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga va 10000 dan ziyod jismoniy shaxslargaxizmat ko’rsatilyapti. Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Ipoteka banki”ATBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
“Ipoteka banki” bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi:
1. “Ipoteka banki”iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi.
2. “Ipoteka banki” iqtisodiyot subektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
3. “Ipoteka banki” davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
4. “Ipoteka banki” boshqa banklar qatori Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
“Ipoteka banki”ning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
– jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;
– qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;
– milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
– pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
– iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
– bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
– aholiga va mijozlarga depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
– bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;
– aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa;
– mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;
– mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa;
– bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar.


Yüklə 380,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin