Ishlab chiqarishda muqobil muhitni ta’minlash reja: I. Kirish: Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 60,16 Kb.
səhifə1/5
tarix18.12.2022
ölçüsü60,16 Kb.
#121355
  1   2   3   4   5
ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA



ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA’MINLASH
Reja:
I.Kirish:

    1. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari

    2. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi


II.Asosiy qism
2.1 Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish
2.2 Mehnatni muhofazaga oid qoida va me’yorlarni buzganlik uchun javobgarlik
2.3 Mehnatni muhofaza qilishning Davlat nazorat tashkilotlari

III Xulosa.


Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Mehnatni muhofaza qilish quyidagi manbalarda ko‘zda tutilgan:

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish» Qonuni;

  • O’zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»;

-- Texnika xavfsizligiga oid me’yorlar, qoidalar, standartlar va yo'riq- nomalar.
Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada o‘z aksini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, 36-moddada «Наг bir inson qonunda ko‘rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Наг kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo‘lgan maoshning eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas» deb o‘tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Наг bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddada tibbiyot xizmati bo‘yicha hech bir cheklanishlar yo‘qligi, bunda turli- tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi, jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega boiishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, natijada aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boiadilar. Bu moddalar BMTning «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 3, 23-moddalariga hamohangdir. Ya’ni deklaratsiyaning 3-moddasida «Наг bir inson yashash huquqiga ega...», 23-moddasida esa «Наг bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va qulay sharoitlar ...
huquqiga ega» deb belgilab o‘tilgan.O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasi «Mehnat qonunlari kodeksi» asosida olib boriladi. Bu me’yoriy hujjat 1996-yilda kuchga kirib, anda mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, hamma korxona va muassasalarga mehnat sharoitini yaxshilash, baxtsiz hodisalaming oldini olish uchun zarur choralami ko'rish kerakligi belgilab berilgan. Shuningdek, ishchi, xizmatchilarni ishdan bo‘shatish, xodimlar bilan korxona ma’muriyati o'rtasida yuzaga keladigan bahsni muhokama etishni tartibga soladi, bunda mehnatkashlar manfaatlari himoya qilinadi. Masalan, mehnat shartnomasi, ish bilan ta’minlash, ish vaqti, dam olish vaqti, ish haqi, kafolatlar va kompensatsiyalar, mehnat muhofazasi, ayollar mehnati, yoshlar mehnati, imtiyozlar, mehnat intizomi, nazorat, mehnat nizolari va h.k. Mehnat qonuniyatlari ish vaqtidan ortiq mehnat qilishni butunlay taqiqlaydi. Ishchilar har yili bir marta 24 kundan kam bo‘lmagan miqdorda haq to'lanadigan ta’til bilan ta’minlanadilar. Bu ulaming mehnat faoliyatini tiklash, sog‘liqlarini mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
Mehnat qonuniyati o‘smirlar mehnatini muhofaza qilishga ham alohida ahamiyat beradi. 16 yoshga to'Imagan o‘smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ba’zi hollarda ular korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi ruxsati bilan ishga qabul qilinishi mumkin. 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun 24 soatli,

  1. yoshgacha bo'lganlar uchun 36 soatli ish haftasi joriy qilingan. Ular uchun tolanadigan ish haqi aynan shu kategoriyadagi ishlarda ishlaydigan balog‘at yoshidagi ishchilarning o‘rtacha ish haqidan kam bo'lmasligi kerak. O’smirlaming tungi ishlarda, dam olish kunlarida ishlashlariga yoi qo‘yilmaydi hamda ulaming sog‘liqlari uchun zararli bo‘lgan ishlami bajarishga jalb qiiish taqiqlanadi. Mehnat qonuniyatlariga asosan ba’zi zararli ish sharoiti boMgan joylarda ishlovchilar uchun ustama haq tolariadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqarilishi ishchining kamroq zararlanishiga olib keladi. Jumladan, kimyo sanoati korxonaiarida ish soati kuniga 4 yoki 6 soat qilib belgilangan. Bundan ishlovchilaming 30 foizi foydalanadi. Shuningdek, zararli muhitda ishlovchilar uchurt qo'shimcha ta’til joriy qilingan bo‘lib, u 12-36 kungacha bo’lishi mumkin. Qo'shimcha ta’tildan ishlovchilarning 70 foizi foydalanadi. Zararli joylarda ishlovchilar uchun ustama haqi bir qancha sexlarda oylikning 13 foizini, o‘ta zararli ishlarda esa 30-35 foizini tashkil etadi. Sog‘liq uchun o'ta* xavfli sharoitlarda ishlayotganlarning kasb kasalliklariga chalinmasliklarini ta’minlash va sogMiqlarini mustahkamlash maqsad^da ularga bepul oziq-ovqat mahsulotlari (sut, qatiq va h.k) beriladi. Bu imtiyozdan 30 foiz ishchi va xizmatchilar foydalanadilar. Shuningdek, zararii va zaharli muhitda ishlayotganlar uchun xavfsizlikni ta’minlash, sogliqni saqlash maqsadida mehnat qonunchiligiga asosan shaxsiy muhofaza vositalari korxona hisobidan bepul beriladi. Misol uchun, gazniqob, resperator, ko‘zoynak, himoya moslamalari, dielektrik kalish, kiyimlar, xalat va qo‘lqoplar. Ishlab chiqarish korxonalarida zararii va og‘ir mehnat sharoitida ishlayotganlar kasb kasalliklariga uchramaslik va salomatliklarini mustahkamlash maqsadida (har 3,6,12 oyda) tibbiyot ko‘rigidan o'tkaziladi, zaruriyatga qarab qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi. Mamlakatimizda aholining mehnat qilish jarayonida erkaklar bilan ayollarning teng huquqligi ta’kidlansa-da, ayollarning erkaklar singari og'ir va zararii bo'lgan ishlarda ishlashlarini bildirmaydi. Chunki ayollar fiziologiyasini hamda ayollarning oiladagi tutgan o‘mini hisobga olib, qonunda ular uchun muayyan yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Shuning uchun ba'zi bir og‘ir jismoniy va zaharli ta’siri bo‘lgan ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Masalan, zaharli moddalar ajraladigan yoki qo‘llaniladigan, kimyo sanoatining ayrim tarmoqlarida, yuqori haroratli qora metall quymalar ishlab chiqarishda (quymakorlik sanoatida), og‘ir yuklami transportlarga yuklash va tushirish, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha sohalarda ayollarning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, qizlar va 8 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarning tungi ishlarda (soat 22 dan soat 6 gacha) ishlashlari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat safariga yuborish taqiqlanadi. O’zbekiston Respublikasining 1993-yildagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunida ishlovchilaming mehnatini va sog‘lig‘ini ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat muhofazasini tashkil etishning yagona tartibini o‘rnatishga qaratilgan. Bu qonun 5 ta boMim va 29 moddadan iborat: I bo‘lim. Umumiy qoidalar (7 ta modda); II boiim. Mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash (8 ta modda); III bo‘lim. Ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga oid huquqlarni amalga oshirishdagi kafolatlar (6 ta modda); IV bo‘lim. Ishlovchilaming mehnatini muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (3 ta modda); V bo‘lim. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlami buzganlik uchun javobgarliklar (5 ta modda)Mehnat muhofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Buning uchun mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari rejasi tuzilishi kerak. Nomenklatura chora- tadbirlari rejasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o‘z korxonasiga inson organizmga ta’sir qiluvchi zaharli omillaming mavjudligi asos qilib olinadi. Nomenklatura chora- tadbirlari rejasiga bajarilishi lozim boMgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ular quyidagicha bo‘lishi lozim:

  1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Bunga qo‘shimcha himoyalovchi va muhofaza qiluvchi to‘siq qurilmalami o‘rnatish, muhofaza qilishning avtomatik turkumlarini qo‘llash, masofadan turib boshqariladigan asboblarni joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jarayonlami mexanizatsiyalash va boshqalar kiradi.

  1. Kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar. Bunga ishchilarga har xil zararli ta’sir qiladigan moddalardan muhofaza qiluvchi moddalar hamda moslamalar tayyorlash va qo‘llash, havo almashtirish tizimlarini o‘rnatish, eski turlarini qayta jihozlash, zamonaviy ishlachiqarish jihoz-dastgohlardan foydalanish, havo haroratini, tarkibini kuzatadigan asboblarni o‘rnatish va boshqalar misol bo‘ladi.


Yüklə 60,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin