4.4. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda zamonaviy, texnologiyalar va mashina-uskunalarning qo‘llanilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, ishlab chiqarish qonuniyatlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilinishini talab qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ko‘plab qoida, norma, yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan. Ammo, shunga qaramasdan, ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisalar uchramoqda. Shu sababli sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xilma-xilligini hisobga olib, o‘zi uchun mos keladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash yo‘riqnomaIari tizirni (MXST)ftashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o‘rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda ishchilar ushlab qolinadi.To‘liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo‘lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo‘lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda korxonaga keltirgan moddiy zararni ham to‘liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari chiqaradi. Bu holda korxona ma'muriyati tomonidan aybdorlik aybini tasdiqlovchi hujjatlar ko'rsatilishi shart hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilishning Davlat nazorat tashkilotlari
Mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlarini, mehnat qilish qonuniyatlarining bajarilishini ta’minlash uchun umumiy va maxsus nazorat tashkilotlari tuzilgan. Barcha vazirliklar, boshqarmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunchiligining to‘la-to‘kis bajarilishini nazorat qilish - O’zbekiston Prokuraturasiga yuklangan. Prokuratura tashkilotlari qonunlaming buzilmasligini reja asosida, mehnatkashlarning arizasi yoki korxona va ayrim shaxslarning ma’lumotlari asosida mehnatni muhofaza qilish talablarining qanday bajarilayotganligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiradi. Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi, rahbar xodimlarga ma’muriy jazo ko‘rilishini talab qilib, yuqori rahbar xodimlarga murojaat qiladi. Agar jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlansa (xavfsizlik tartib-qoidalari buzilsa), rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksining 286-moddasiga asosan maxsus nazoratni o‘z faoliyati jihatidan shu korxonalarga va vazirlikka bo‘ysunmaydigan maxsus davlat organlari va inspeksiyalari olib boradi. Mehnatni muhofaza qilishning maxsus davlat nazorat organlariga quyidagilar kiradi:
kasaba uyushmasi markaziy qo’mitasi texnik ispeksiyasi;
sanoatda xavfsiz ish olib borish va tog‘ ishlari xavfsizligi texnik davlat nazorati (Davkontex nazorat);
Davlat sanitar nazorati (Davsan nazorat);
Davlat energetika nazorati (Davenergo nazorat);
Davlat yong‘in xavfsizligi nazorati (Davyong‘in nazorat);
Tabiatni muhofaza qilish davlat nazorati;
Suv va suv manbalarining tozaligini himoyalash davlat nazorati;
-jamoat nazorati. Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat korxonasiga tarmoq bo'yicha ishchi va xizmatchilaming kasaba uyushmasi markaziy qo‘mitasi texnik nazoratchisi biriktirib qo‘yiladi. Ukorxonada mehnatni muhofaza qilish masalalarini kuzatib turuvchi davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari-baxtsizhodisalami tekshirish, hisobga olishning korxona ma’muriyati tomonidan to‘g‘ri olib borilayotganligini kuzatib borish, o‘lim bilan tugagan hamda og‘ir va baxtsiz hodisaga uchragan hollarda tekshirishda qatnashish, tekshirish materiallari va aybdor bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlami, aybdorlami jinoiy javobgarlikka tortish materiallarini tekshirish organlariga jo‘natishdan iborat. Kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi uskunalarni, qurilmalami ishga qabul qilish, foydalanishga topshirish davlat komissiyasi tarkibida qatnashadi.
O’zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va tog‘ ishlari nazorati. Bu nazoratning asosiy vazifasi tog‘-ma’dan sanoati, neft qazib chiqarish, metallurgiya, geologiya qidiruv, 70 KPa dan ortiq bosimda ishlaydigan bug‘ qozonlari va idishlari, 115°C dan ortiq haroratga ega bo‘lgan suv isitish qozonlari, bug1 va issiq suv quvurlari, yuk ko‘tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar ishlarini nazorat qiladi. Ular qozon va yuk ko‘tarish qurilmalarini qurish uchun sanoat korxonalariga ruxsatnoma beradi, inshootlami hisobga oladi, yaroqli ekanligini tasdiqlaydi.
Davlat sanitariya nazorati. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog'liq boigan sanitariya-epidemologiya xizmatlari orqali amalga oshiradi. Bu nazoratning asosiy vazifasi tashqi muhitni (suv havzalari, tuproq, atmosfera) sanoat chiqindilari bilan ifloslanmasligining oldini olishdan iborat. Shuningdek, korxonalaming sanitariya-gigiyenik holatini yaxshilash va kasb kasalliklarining kelib chiqmasligi chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati (SEX) xodimlari yangi qurilgan inshoot, korxonalami qabul qilishda ishtirok etadi, sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va zaharlanish holatlarini tekshiradi va ma’muriyat bilan birga ulami yo‘qotish, oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Davlat energetika nazorati. Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ulaming asosiy vazifasi elektr va issiqlik uskunalaridan to‘g‘ri foydalanishni kuzatish va ulaming xavfsiz ishlatilishiry ta’minlash borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlami amalga oshirishni kuzatib borishdan iborat. Bu nazorat turi nazorat vazifalarini amalga oshirish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami tuzatish va aybdorlarga jazo choralarini belgilash maqsadida nazorat tashkilotlari katta huquqlarga ega.
Jamoat nazorati - kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat turiga kiradi. Bu nazorat turi korxona mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi orqali nazorat ishlarini amalga oshiradi.
Mehnatni muhofaza qilish nazorati-mehnat qonuniyatlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi norma va qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning kelib chiqishini, kasb kasalliklarini kamaytirishni ta’minlovchi chora-tadbirlaming amalga oshirilishini nazorat qiladi. Jumladan, ishlab chiqarish jihozlari va qurilmalarining sozlanganligini, ishchilarning maxsus kiyim va shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanganligini, maxsus ovqatlaming o‘z vaqtida berib borilishini, sut bilan ta'minlanishini, ish kuchining davom etish soatlarini, dam olish kunlari va ta’tilning o‘z vaqtida berilishini, tanaffuslar, ayollar va o‘smirlar mehnatidan to‘g‘ri foydalanishni va boshqalami tekshirishda faol qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: |