Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari


II.BOB.Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ularning shakllari va koʻrsatkichlari



Yüklə 446,5 Kb.
səhifə6/12
tarix30.11.2022
ölçüsü446,5 Kb.
#120155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular

II.BOB.Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ularning shakllari va koʻrsatkichlari.
2.1.Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.

Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ularni umumlashtirish va ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Sanoatni konsentratsiyalashtirish va kombinatsiyalashtirish ijtimoiy mehnatni yirik korxonalarda mujassamlashtirishni ifodalasa, ixtisoslashtirish hamda kooperativlashtirish esa sanoat tarmoqlari tarkibida mehnat taqsimoti va ularning hamkorligini ifodalaydi.Mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi va uni umumlashtirish jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda munosabatlarining takomillashishida o‘z aksini topadi.


Ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakllari mustaqillik tufayli va milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish munosabati bilan o‘z mohiyati va mazmunini, maqsad va vazifalarini anchagina o‘zgartirdi. Ayniqsa ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish, kichik va o‘rta korxonalarning paydo bo‘lishi munosabati bilan ular o‘rtasida uyg‘unlashuv yuzaga keldi.Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllariga quyidagilar kiradi:

•konsentratsiyalashtirish;


•ixtisoslashtirish;
•kooperativlashtirish;
•kombinatsiyalashtirish;

Konsentratsiyalashtirish - bu bir xil, o‘xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir.Ixtisoslashtirish esa - bu alohida ishlab chiqarish sexlari, korxonalar, tarmoqlarni konstruktiv va texnologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki jarayonlarni bajarishga mujassamlashtirishdir.


Kooperativlashtirish – muayyan turdagi mahsulotni hamkor-likda tayyorlash bo‘yicha korxona (firma)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishidir.
Kombinatsiyalashtirish - turli tarmoqlarga mansub bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yoki jarayonlarni bir korxona miqyosida mujassamlashtirishdir.
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, Prezident asarlarida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Natijada ular oqilona ravishda, sanoat siyosatining barcha talablariga javob beradigan yo‘sinda rivojlanib bormoqda. Bu jarayonlarning zarurligi va ularni takomillashtirish masalalari milliy iqtisodiyot taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 446,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin