14
akkumulyator zaryadsizlanishi hisobiga kuchlanish asta sekin kamayib boradi).
O‘zgaruvchan tok vaqt bo‘yicha ma‘lum qoida bo‘yicha o‘zgaradi, ya‘ni
tokning miqdori vaqtning funksiyasi bo‘ladi. Amalda o‘zgaruvchan
elektr toki
deganda kuchlanishning vaqt davomida o‘zgarishi tushuniladi.
8 rasm. O‘zgarmas elektr toki (direct current-DC), o‘zgaruvchan elektr toki
(alternating current-AC) manbalari va kuchlanish diagrammalari.
U = F (t) (3.1)
bu erda U – tokkuchlanishning istalgan vaqtdagi
oniy qiymati, t – vaqt.
O‘zgaruvchan tok tushunchasi juda keng manoli bo‘lib yo‘nalishi,
son qiymati,
yoki xam yo‘nalishi xam son qiymati o‘zgarib turuvchi toklarni o‘z ichiga oladi.
Tokning o‘zgarish qonuniyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ayniqsa radiotexnikada
turlicha qonuniyatlar asosida o‘garuvchi toklar bilan ishlanadi. Masalan ovozning
yozuvi bunga misol bo‘ladi.
Amalda ishlatiluvchi o‘zgaruvchan elektr tokini uchta turga bo‘lish mumkin:
1 Faqt miqdori o‘zgaruvchan, (pulsatsiyalanuvchi) tok.
2. Miqdori va yo‘nalishi o‘zgaruvchan tok.
3. Davriy o‘zgaruvchan tok.
9- rasmda davriy (sinusoidal qonuniyat asosida) o‘zgaruvchan
tokning va
o‘zgarmas tokning vaqt bo‘yicha diagrammalari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: