Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/46
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135333
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Elektrotexnika

Kirxgof qonunlaridan
murakkab elektr zanjirlarini xisoblash va ularnielektr 
xolatlarini to‘la aniqlash uchun foydalaniladi. 
2.4. Elektr zanjirlarining ish rejimlari 
Elektr tokidan foydalanish deganda tok yordamida biror qurilmani 
ishlatishga aytiladi. Elektr qurilmalaridan foydalanganimizda uning normal ishlab 
turgan holati, o‘chirilgan holati va nosoz g’holatlari farqlanadi. Bunday holatlar 
elektrotexnikada elektr zanjirining nominal, salt va qisqa tutashuv rejimlari deb 
yuritiladi.
Nominal rejim.
Har qanday qurilma o‘zining ishlab chiqarish jarayoni bilan 
aniqlanuvchi xususiy kattaliklariga ega. Masalan, oddiy elektr lampasi o‘zining 
massa va geometrik o‘lchamlariga ega, bundan tashqari u ishchi kuchlanishi, 
quvvat, tola qarshiligi kabi elektrik kattaliklarga ham egaki, bu lampaning ishlash 
xususiyatilarini aniqlaydi. Amalda keng tarqalgan oddiy cho‘g’lanma tolali 
lampada 150 Vt, 225 V, IV 2014 yozuvlari bor deylik. Demak bu lampa 225V 
kuchlanishga ulanganda 150 Vt quvvat hosil qiladi, 2014 y. aprelda ishlab 
chiqarilgan. Quvvat formulasidan foydalanib lampadagi tokni topamiz
I = R / U = 150 Vt /225 V = 0,6 A, 
Om qonunidan foydalanib, lampa tolasi qarshiligini topamiz 
R = U / I = 225 V/ 0,6 A = 375 Om. 
Demak, berilgan lampa tolasining qarshiligi 375 Om va bu tola 225 V 
kuchlanishga ulanganda undan 0,6 A tok oqib o‘tib 150 Vt elektr quvvatini hosil 


13 
qiladi. Xuddi shu tushunchalardan elektr zanjirining, yoki elektr qurilmasining 
nominal ish rejimi tushunchasi kelib chiqadi. Berilgan lampa uchun 225 V 
kuchlanish nominal kuchlanish bo‘ladi. CHunki lampa tolasi shunday tanlanganki 
unga 225 V kuchlanishni ulasak 0,6 A tok oqib o‘tib 150 Vt nominal quvvat hosil 
bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma‘lumki nominal kattaliklar lampani ishlab chiqarish 
jarayoni bilan bog’liq va uni ishlab chiqaruvchi belgilaydi. Agar shu lampaga 
nominal 225 V dan kam kuchlanish bersak u 150 Vt quvvat hosil qila olmaydi
demak kerakli yorug’likni ham bera olmaydi. Agar 225 V dan katta kuchlanishga 
ulasak quvvat va yorug’lik berishi ham kuchayadi, lekin lampa tezda ishdan 
chiqishi mumkin. Ma‘lumki biz uchun lampaning ishlash muddati ham muhim rol 
o‘ynaydi. Ishlab chiqaruvchi lampa tolasini u 225 V kuchlanishda ishlaganda 
qancha vaqt ishlashini tekshirib, shu vaqtga kafolat beradi. Biz buni lampaning 
nominal ishlash vaqti deymiz.Demak lampa uchun ishchi kuchlanish, quvvat, tola 
qarshiligi, ishlash muddati nominal kattaliklar hisoblanadi va bu kattaliklar ishlab 
chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Lampaning ishlashi jarayonida bu kattaliklarni 
saqlash uchun manbaning kuchlanishi nominal qiymatda bo‘lishi kerak. Bunday 
xolat boshqa barcha elektr qurilmalari va zanjirlari uchun o‘rinlidir.
Xulosa qilib aytganda, elektr qurilmasidan foydalanganda elektr tokining 
parametrlari qurilma nominal parametrlariga mos kelishi nominal rejim deyiladi 
va qurilma me’yorda ishlaydi. Qurilmalarni nominal ish rejimini ta‘minlash 
qurilmadan va elektr energiyasidan unumli foydalanishning garovidir. 
Salt rejim. 
Qurilma hali tokga ulanmagan bo‘lsaiste’molchiningqarshiligi cheksiz 
katta va zanjirdagi tok kuchi nolga teng bo‘ladi. Bu xolat salt rejim deb 
yuritiladi.Salt rejim odatda manbaning parametrlarini, aniqrog’i manba 
kuchlanishini baholashda ishlatiladi. Manba kuchlanishi unga tashqi zanjir 
ulanmagan holatda o‘lchanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin