3
Reja:
1.
Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi.
2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar.
3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma‘lumotlar.
Kirish
Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr xodisalarini amalda ko‘rib, uni
o‘rganib, xatto undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning o‘rtalarigacha elektr
va magnit maydonlari aloxida o‘rganib kelingan va aloxida xodisalar deb qaralgan.
1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga tasirini o‘rgangandan so‘ng
elektr va magnit maydonlari yagona fizik xodisaning
ikki tomoni ekanligi
isbotlandi va elektr soxasida amaliy ishlar avj olib ketdi. 1831 yilda Faradey
elektromagnitik induksiya xodisasini kashf etdi. SHu davrdan boshlab
elektrotexnika
taraqqiyotida yangi, tezkor suratlar bilan rivojlanish bosqichi
boshlandi.
Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni asosida Maksvell o‘zining
mashxur elektromagnitik maydon nazariyasini yaratdi,
Gers elektromagnitik
to‘lqinlarni amalda o‘rganishga asos soldi. Ana shu tariqa 19-asrda sanoat
elektrotexnikasi paydo bo‘la boshladi. Elektr energiyasidan eng avval yoritish
(yoyli lampalar)
va telegrafda foydalanildi, so‘ngra cho‘g’lanma tolali lampalar,
elektr generatorlari, dvigatellari paydo bo‘ldi.
SHu davrdan boshlab elektr
energiyasi jamiyat xayotiga chuqur kirib bordi va elektr ta‘minoti xayotiy extiyojga
aylandi.
19 - asrning 80- yillarida o‘zgaruvchan tok generatorining, ayniqsa mashxur
rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan uch fazali tok ishlab
chiqarishning ixtiro qilinishi elektrotexnika taraqqiyoti va uning jamiyat xayotiga
kirib borishida yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. SHundan so‘ng
barcha
davlarlarda
intensiv
ravishda
elektrlashtirish
ishlari
avj
olib
ketdi.
Elektrostansiyalar qurilishi, uning quvvatini oshirish jadal rivojlanib bordi. Agar
19-asrning oxirida eng katta issiqlik elektrostansiyalarining quvvati 50 MVt
bo‘lgan bo‘lsa, 20-asrning 40-yillarida ularning quvvati 250 MVt gacha etdi, 60-
yillarda esa 600 MVt gacha ortdi, xozirgi kunda esa o‘nlab GVt ni tashkil qiladi.
Elektrostansiyalarning quvvati ularda o‘rnatilgan yakka generatorlar quvvati bilan
aniqlanadi, agar 20-asrning boshlaridagi dastlabki gidrogeneratorlarning
(gidroelektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan generatorlar) quvvati 2 MVt bo‘lgan
bo‘lsa, xozirgi kunda energetika tizimlarida 800
MVt va undan ortiq quvvatli
gidrogeneratorlar, 1200 MVt quvvatli turbogeneratorlar (issiqlik elektr stansiyalari
uchun mo‘ljallangan generator) ishlab turibdi.
Mamlakatni elektr energiyasi bilan taminlash xamma zamonlarda va xamma
davlatlarda xam eng dolzarb masala xisoblangan. Bugungi kunda, sir emaski,
sanoat taraqqiyoti va axolining turmush darajasi elektroenergetika taraqqiyoti bilan
bog’liq.
Shunday qilib, elektrotexnikaning taraqiyot bosqichlariga nazar solsak,
uning rivojlanishi xayotiy extiyojlardan kelib chiqishini ko‘ramiz. Ayniqsa,
4
bugungi, texnikaning intensiv taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyoti va xayotiy
extiyojlar elektroenergerika oldiga yangi talablar qo‘ymoqda. Bular elektr
energiyasiga bo‘lgan
extiyojning tinimsiz ortishi, elektr energiya ta‘minotining
sifat darajasiga bo‘lgan talablar (uzluksizligi, kuchlanishning me’rda bo‘lishi),
uning narxi, ekologik va xavfsizlik va xokazo boshqa talablardir.
Dostları ilə paylaş: