8
t
q
I
q - zaryat miqdori, t -vaqt
Agar elektronning zaryadi e = 1,6 • 19
-19
Kulonligini hisobga olsak,
o‘tkazgichdagi tok kuchi 1 A bo‘lishi uchun undan 1 s da
N=q / e= 1 Kl / 1,6 • 19
-19
Kl = 6,25 • 19
18
ta
elektron o‘tib turishi kerak.
1 A tok kuchi amalda juda katta tok hisoblanadi, masalan 20 mA tokni inson
tanasi sezadi, 50 mA tok xavfli hisoblanadi. Oddiy 100 Vt quvvatli lampa 220 V
kuchlanishda ishlab turganda lampa tolalar orqali 0,45 A tok oqib turadi.
Quvvat.
Elektr energiyasidan foydalanishda elektr tokining quvvati asosiy amaliy
ahamiyatga ega. Quvvat deb kuchlanishning tok kuchiga ko‘paytmasiga aytiladi.
Quvvatning o‘lchov birligi sifatida
Vatt qabul qilingan , qisqacha Vt yoziladi.
U
I
P
Iste’molchi uchlaridagi kuchlanish 1 V bo‘lib undan 1 A tok oqib o‘tayotgan bo‘lsa
bu iste’molchidagi elektr tokining quvvati 1 Vt bo‘ladi: 1 Vt = 1 • 1 A.
Elektr tokining bajargan ishi yoki energiya.
Elektr tokining bajargan ishi, yoki
egnergiyasi deb quvvatning vaqtga ko‘paytmasiga aytiladi:
A = R • t = I • U • t .
Energiyaning, yoki ishning o‘lchov birligi sifatida Joul (qisqacha J yoziladi) qabul
qilingan. 1 Vt quvvatli iste’molchidan 1 s da 1 J energiya ajralib chiqadi, yoki 1 J
ish bajaradi. Masalan 11 rasmdagi R qarshilikli lampaning quvvati 0,6 Vt, demak
bu lampa 1 s da 0,6 J, 10 s da 6 J, 1 soatda 2160 J va hokazo, ish bajaradi, yoki
energiya sarflaydi. Ish va energiya fizik jihatdan bitta manoni bildiradi.
Odatda
manbaga nisbatan aytilganda energiya, iste’molchiga
nisbatan aytilsa ish
tushunchalari qo‘llaniladi. Masalan 11- rasmdagi sxemaga nisbatan qo‘llasak:
akkumulyatordan 1 soatda 2160 J energiya ajralib chiqmoqda,
yoki boshqacha
aytganda, sxemadagi R qarshilik 1 soatda 2160 J ish bajaradi.
Dostları ilə paylaş: