Исследование в XXI веке апреля, 2023 г 357 Oʻzbek tilshunosligining shakllanishida professor ayub gʻulomovning



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix10.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#139160
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8
Turdiyeva Iroda (3)


часть 
1
 
«
Новости образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апреля
, 2023
г 
358 
Shu ma'noda oʻzbek tilshunosligining zamonaviy fan yoʻnalishi darajasida shakllanishi 
va rivojlanishining ilk sahifasi sifatida tarixda qolgan XX asr boshlaridagi tilshunoslik 
merosini tadqiq etish milliy manfaatlarimizni ta'minlash, ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash 
ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻzbek tilshunosligida bu davr tili va tilshunosligi keng 
koʻlamda oʻrganilmoqda. Turkologiyada, jumladan, oʻzbek tilshunosligining rivojlanishiga 
hissa qoʻshgan olimlarmiz, tilning barcha qirralarini ochib bergan, jahon tilshunosligi 
qatoriga qoʻshishga muyassar boʻlgan. Biroq tilshunoslik sohasi bilan shugʻullangan 
jonkuyarlarning ilmiy asarlarini oʻrganish masalasi tizimli yoritilgan emas. 
XX asrning boshlarida shakllana boshlagan oʻzbek nazariy tilshunosligi bugungi kunga 
kelib, zamonaviy tilshunoslikning tarkibiy qismiga aylandi. Umumturkiy tilshunoslik uchun 
ham nazariy, ham amaliy manba boʻlgan M.Qoshgʻariy, A.Navoiy, Zamaxshariy, Abu Xayyon 
kabi zabardast olimlar ilmiy ishlarini eslamaslik mumkin emas. Zamonaviy oʻzbek 
tilshunosligi haqida fikr bildirilganda esa Fitrat, Elbek, Gʻozi Olim Yunusov, Ashurali Zohiriy, 
Abdulla Avloniy, Shorasul Zunnun kabi til ilmining nazariy rivojiga ma'lum darajada hissa 
qoʻshgan koʻplab oʻzbek fidoyi olimlar bilan bir qatorda E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, 
N.Kononov, V.V.Reshetov, S.N.Ivanov kabi rus olimlarining nomlarini ham tilga olib oʻtish 
zarur. XX asrning 20-30-yillarida ijod qilgan oʻzbek adiblarining badiiy, ilmiy va publitsistik 
asarlarini tadqiq qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Bunga M.Qurbonova, 
B.Toʻychiboev, M.Yoʻldoshev, Yo.Sayidov, F.Bobojonov, D.Ne'matova, T.Togʻaev, 
Z.Chorieva, L.Jalolova va boshqalarning ishlarini koʻrsatish mumkin. Mustaqillik yillariga 
nazar soladigan boʻlsak, oʻzbek tilshunosligiga hissa qoʻshgan olimlarda ilmiy asarlari 
oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan ayrim ishlar qilingan. Tilshunosligimizning ilmiy-nazariy 
tadqiqot obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar XX asrning 30-yillaridan boshlab 
jiddiy oʻrganila boshlandi. Aynan shu davrda oʻzbek tilshunosligida rus olimlari 
A.N.Kononov, S.E.Malov K.K.Yudaxin, E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.Reshetov kabi yirik 
tilshunoslar bilan bir qatorda oʻzbek tilshunosligida oʻz maktabini yaratgan olim 
A.Gʻulomov iste'dodli tilshunoslar F.Abdullaev, T.Ibrohimov, A.Ibrohimov, S.Usmonov, 
F.Kamolov, T.Salimov, U.Tursunov, E.Fozilovlar qatorida edi. Olim oʻzbek tili grammatik 
qurilishi tizimini yaratish maqsadida jahon lingvistik tahlil va tasnif usulini asosiy mezon 
sifatida belgilab, oʻz qarashlarini sinxron-formal tasnif metodi vositasida yaratdi. Olimning 
ishlariga sinchkovlik bilan e'tibor qaratilsa, oʻzbek ilmiy tilshunosligi taraqqiyotida ham 
sistem struktur, ham substantsional tilshunoslikning haqiqiy asoschilaridan ekanligiga amin 
boʻlamiz. Sinxron-formal tasnif metodi XX asrning 40-80 yillariga qadar oʻzbek 
tilshunosligida 
yetakchilik 
qilganligiga 
qaramay, 
70-yillardan 
boshlab 
Sh.Shoabdurahmonov, Gʻ.Abdurahmonov, M.Asqarova, O.Usmonov, A.Rustamov, 
M.Mirzaev, F.Ubaeva, A.Xojiev, M.Mirtojiev, I.Qoʻchqortoev kabi va ulardan keyingi bir 
qator etakchi olimlar ishlarida kuzatildi. 
Oʻzbek tilshunosligidagi yechimini topmayotgan muammolar xususida olimlarimiz 
tunu kun izlanishlar olib bormoqdalar. Jumladan, tilshunos olimlaridan biri B.Toʻychiboev 


Международный научный журнал

9
(100), 
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin