Международный научный журнал
№
9
(100),
часть
1
«
Новости образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апреля
, 2023
г
357
OʻZBEK TILSHUNOSLIGINING SHAKLLANISHIDA PROFESSOR AYUB GʻULOMOVNING
OʻRNI
Turdiyeva Iroda
Guliston davlat universiteti
Lingvistika:oʻzbek tili yoʻnalishi
2-kurs magistranti
Annotatsiya
:
Maqolada XX asr oʻzbek nazariy tilshunosligi taraqqiyotini A.Gʻulomov
ilmiy qarashlarisiz tasavvur etib boʻlmasligi bayon qilingan. XX asrning 40-80-yillar oʻzbek
milliy tilshunosligining ana shu vakili ilmiy merosi haqida imkon doirasida toʻliq ma'lumot
berishga, jiddiy ilmiy qarashlariga, ularga nisbatan bildirilgan mulohazalarga munosabat
bildirishga harakat qilingan.
Kalit soʻzlar:
lingvistik tahlil, tasnif usuli, sinxron-formal tasnif, morfologiya, sintaksis,
leksika, stilistika.
Ayyub Gʻulomovich Gʻulomov – tilshunos olim, oʻzbek ilmiy grammatikasining
asoschilaridan biri.
Ayyub Gʻulomovning ilmiy asarlari oʻzbek tilshunosligining fonetika va grammatika,
leksikologiya va soʻz yasalishi, uslubshunoslik va nutq madaniyati,etimologiya va
leksikografiya sohalari, oʻzbek tili tarixi va dialektologiyasi masalalariga bagʻishlangan.
Uning «Oʻzbek tilida kelishiklar» (1941), «Oʻzbek tilida koʻplik kategoriyasi» (1944), «Sodda
gap sintaksisi» (1948), «Oʻzbek tili morfologiyasiga kirish» (1953), «Feʼl» (1954), «Sodda
gap» (1955) kabi asarlari oʻzbek tili ilmiy grammatikasining shakllanishiga asos boʻlib xizmat
qildi. Gʻulomov oʻrta maktablarning 5—9-sinflari uchun «Oʻzbek tili darsligi» (oʻtgan
asrning 70—90-yil larida 20 martaga yaqin nashr etilgan) va oliy oʻquv yurtlari uchun
«Hozirgi oʻzbek adabiy tili» (1961; 2-nashri — 1965) kabi darslik va bir qancha
qoʻllanmalarning, 2-jildli «Oʻzbek tili grammatikasi» (1975—76) ning mualliflaridan biridir.
Milliy taraqqiyot milliy til mavqei va nufuzi yuksalishida yaqqol koʻzga tashlanadi.
"Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi-milliy yuksalish davri talablaridan kelib
chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar
amalga oshirilmoqda"[1].
Mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlar oʻzbek tilining ham Davlat tili sifatidagi
maqomini mustahkamlash, uning mavqeini koʻtarish boʻyicha qabul qilingan qonun va
qarorlar tilshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining yangi bosqichga koʻtarilishiga
sabab boʻldi. "Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy
manfaatlarini ta'minlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini
asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir"[2].
Международный научный журнал
№
9
(100),
Dostları ilə paylaş: |