Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Asosiy tushuncha va atamalar 
Mulk, davlat mulki, munitsipal mulk, davlat tadbirkorligi, davlat mulkining iqtisodiyotni 
tartibga solinishiga ta`siri, davlat tadbirkorligining bozorga ta`siri, davlat mulkini uning 
tasrrufidan chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish,mulkni ijaraga berish, investitsion 
majburiyat asosida mulkni xususiylashtirish. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Davlat mulki nima va u qanday vazifalarni bajaradi? 
2.Davlat mulki iqtisodiyotni tartibga solishda qanday rol o`ynaydi? 
3.Davlat tadbirkorligi deganda nimani tushunasiz? 
4.Davlat tadbirkorligi iqtisodiyotni tartibga solishga qanday ta`sir ko`rsatadi? 
5.Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mohiyati nimadan 
iborat? 
6.Davlat mulkini xususiylashtirish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qanday 
ta`sir ko`rsatadi? 
7.O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishdan ko`zlangan maqsadlar nimalardan 
iborat? 
8. O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari qanday amalga oshirildi?
9.Davlat mulki qanday boshqariladi? 
10.Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish samaradorligini oshirish uchun 
nimalarni amalga oshirish kerak? 
5. IQTISODIYOTNI DASTURLASh, PROGNOZLASh VA REJALAShTIRISh 


5.1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish 
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat shakllaridan biri dasturlash va 
rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining 
mavjudligi, iqtisodiyotga yo`llanadigan kapital mabla`glar harakati va oqibatlarining uzoq 
muddatliligi hamda bozor kon`yunkturasini o`rganishi bilan ifodlanadi. Shu boisdan barcha 
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va 
rejalashtiriladi. 
Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqa muddat (1-2 
yil), o`rta muddat (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) mo`ljallanadi. Bunda mavjud o`tgan davrdagi 
iqtisodiy rivojlanish holati, bozor kon`yunkturasining o`zgarib borish tendentsiyalariga 
asoslanib, kelajaqdagi iqtisodiy ahvolning qanday bo`lishi, qanday natijalarga olib kelishi 
mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolyatsiya usuli deyiladi. Olingan ma`lumotlarga 
esa xususiy ishbilarmonlarning kapital mabla`glar sarflash rejalarini turli so`rovlar orqali 
o`rganib borish orqali aniqlik va tuzatishlar kiritiladi. 
Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda 
iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko`rsatiladi. Maqsadlarni amalga 
oshirish uchun kapital mabla`glar sarflash rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab 
o`rtasidagi nisbatlar o`rganiladi. Turli ishlab chiqarish bilan import o`rtasidagi bo`gliqlik, 
ishlab chiqarish bilan iste`mol, ishlab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import 
o`rtasidagi bo`gliqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ro`yxatini 
o`tkazish muhim ahamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan, aholini 
ro`yxatga olish amalga oshirilgan. Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida 
rejalar qabul qilinadi. Ilgari ma`muriyatchilikka, buyruqbozlikka asoslangan jamiyatda 
iqtisodiy rejalar direktiv xarakterga ega bo`lib, yuqoridan belgilanib, quyidagi xo`jalik 
bo``ginlari uchun majburiy edi. 
Bozor iqtisodiyoti va mulkning ko`p shakllari mavjud bo`lgan sharoitda esa dastur va 
rejalar davlat korxonalari uchun direktiv, xususiy sektor uchun esa taklif, indekativ xarakterga 
ega bo`ladi. Ishbilarmon, tadbirkorlarning rejalarga amal qilishlarini ra`gbatlantirish 
maqsadida ularga turli imtiyozlar, ya`ni soliq to`lashda, kredit, subsidiyalar, xom ashyo, 
yoqil`gi-energiya, asbob-uskunalar olishda, tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar berilishi 
lozim bo`ladi. 
Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi 
mumkin bo`lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlarining oldini 
olishga qaratilgan bo`ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalarning 
tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ularni ra`gbatlantirish, moliyalashtirish 
imkoniyatlariga hamda rejalarning ilmiylik darajasiga bo`gliq bo`ladi. 
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini tartibga solishni ta`minlashda Iqtisodiyot vazirligi muhim 
rol o`ynamoqda. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning 
kontseptsiyalari qisqa va uzoq muddatli rejalari, respublika va mintaqalarga oid tarmoq dasturlarini 
ishlab chiqish; aholini sotsial himoyalashga oid takliflarni asoslab berish, mehnat faoliyati va 
tadbirkorlik imkoniyatlarini ko`paytirish, iqtisodiy ahvolni so`glomlashtirish yo`llarini belgilash; 
bozor munosabatlariga o`tishning asosiy qoida va yo`nalishlarini . shakllantirish va unga mos 
ravishda xo`jalik mexanizmi, boshqaruv shakllari va uslublarini takomillashtirish; xalq xo`jaligi 
tuzilmasini qayta qurishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarini oqilona joylashtirishga oid takliflar 
tayyorlash; xalq xo`jaligi balanslarini tuzish asosida iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid 
takliflarni ishlab chiqish; eksport-import ishlarini davlat yo`li bilan tartibga solish va ra`gbatlantirish 
sohasidagi yo`nalishlarni belgilash. Iqtisodiyot vazirligi ushbu vazifalarni bajarish orqali iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida muhim o`rin tutadi. 
 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin