1.Boshqa jadval.
2.Ro’yxat.
bilan bog’lash orqali.
1.Boshqa jadval bilan bog’liqlikni o’rnatish. Avval “Millatlar” nomli bo’ysunuvchi jadvalni hosil qilib olamiz. Jadvalimizda 2 ta maydon «MK» -kalit maydon, “Millatlar nomi” -oddiy matnli maydonlarni qo’shamiz.
Jadvalni “Millatlar” nomi bilan saqlaymiz. Ma`lumotlarni kiritib, jadvalni to’ldiramiz.
Keyingi qadamda “Asosiy” jadvalimizni ochamiz, maydon turini “Podstanovka i otnosheniye” (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”) tanlaymiz.
“Ma`lumotlar boshqa jadval yoki so’rovdan olinadi” qismini tanlaymiz. Keyingi qadamda bog’lanish uchun “Millatlar” jadvalini tanlaymiz.
“Millatlar” jadvalidagi mavjud 2 ta maydonni tanlaymiz.
Biror maydon bo’yicha ma`lumotlarni saralashni (o’sish yoki kamayish tartibida) qo’llash imkoni mavjud.
Kalit maydonni yashirib, “Millatlar nomi” ustuni kengligini kerakli o’lchamga keltirib olamiz.
“Asosiy” jadvalimizga qo’shilayotgan maydon nomini “Millati” deb kiritib “Gotovo” (“Tayyor”) tugmasini bosamiz.
“Asosiy” jadvalimizga “Millati” maydoni qo’shiladi. “Asosiy” va “Millatlar” jadvallarini o’zaro bog’lash orqali, talabalar millatini tanlash orqali kiritish imkoni yaratildi.
Yuqoridagi amallarni yana bir marotaba takrorlab, “Kurslar” jadvalini hosil qilamiz va “Asosiy” jadval bilan bog’lagan holda, “Asosiy” jadvalda “Kursi” maydonini hosil qilamiz.
2. Ro’yxat bilan bog’liqlikni o’rnatish.
“Asosiy” jadvalimizni ochamiz, maydon turini “Podstanovka i otnosheniye” (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”) tanlaymiz.
Talabalarning doimiy yashaydigan viloyatini nomini saqlovchi maydonni hosil qilaylik. Avval ustunlar sonini kiritib, so’ngra qiymatlarni kiritib chiqamiz.
“Ogranichitsya spiskom” (“Ro’yxat bilan cheklanish”) – avvaldan kiritilgan qiymatlar bilan cheklanish. Bizning misolimizga ko’ra, talabaning yashaydigan viloyatining nomi faqatgina ro’yxatdan tanlab olinadi. Agar (“Ro’yxat bilan cheklanish”ni tanlamasak, u holda boshqa qiymatlarni ham kiritish mumkin bo’ladi.
“Razreshit neskolko znacheniy” (“Bir nechta qiymatlarga ruxsat berish”)- maydonda bir nechta qiymatlarni tanlab, saqlashga ruxsat berish. Misolimizga ko’ra agar talaba bir nechta viloyatlarda istiqomat qilgan hollarda qo’llaniladi.
Shu usuldan foydalanib, talabaning yashash tumanini saqlovchi maydonni hosil qilamiz. Bunda 2 ta “Tuman nomi uchun kalit maydon” va “Tumanlar nomi” ustunlaridan foydalanaylik.
Keyingi qadamda aynan qaysi ustun qiymatlari “Asosiy” jadvalimizda saqlanishini ko’rsatamiz. Keyingi qulayliklar uchun qiymati saqlanadigan ustun sifatida “Tuman nomi uchun kalit maydon” ni tanlaymiz.
“Tumani” maydoni uchun bir nechta qiymatni saqlashni tanlab olamiz.
“Asosiy” jadvalimizga “Tumani” maydoni qo’shildi.
Dostları ilə paylaş: |