Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarshi siysati



Yüklə 483,75 Kb.
səhifə12/14
tarix22.12.2022
ölçüsü483,75 Kb.
#121637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-tema.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarsh

Aholiga pullik




20,6




21,3




12,9




13,4




16,1
















xizmatlar ko’rsatish




















































































































































Jadvaldan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dunyo miqyosida yalpi talab, savdo va investisiyalar hajmining sezilarli darajada qisqarishi yurtimiz iqtisodiyotiga ham o’zining ta’sirini ko’rsatdi. Xususan, inqirozdan oldingi 2007 yilda chakana savdo aylanmasi va aholiga pullik xizmatlar ko’rsatishning qo’shimcha o’sish sur’atlari darajasi (tegishli ravishda 21,0 va 20,6 foiz)ning keyingi yillarda sezilarli pasayishi kuzatildi. Biroq, shunisi e’tiborga loyiqki, shunday murakkab va qiyin sharoitda ham iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalarida iqtisodiy o’sishning yuqori va barqaror sur’atlari saqlanib qolmoqda.
III. INQIROZGA SABAB BO`LUVCHI BOSHQA OMILLAR.
3.1. “COVID-19” sabab vujudga kelayotgan global iqtisodiy inqiroz(qiyosiy tahlil)


2019-yilning oxirida Saudiya Arabistoni va ­Rossiya Federatsiyasi OPEK+ formatida neftning narxi va uni qazib olish hajmi borasida kelisha olmagani bilan xalqaro tovar bozorida inqiroz yuzaga keldi. 2020-yil avvalida esa Xitoyda koronavirus epidemiyasi avj oldi. Shu ikki yirik muammo birgalikda misli koʻrilmagan global retsessiya­ga zamin yaratmoqda. AQSH va ­Yevropaning yirik ommaviy axborot vositalarida esa shu mavzuga bagʻishlangan maʼlumotlar va tahlillar tinimsiz berib borilyapti.
Maʼlumki, “dunyo fabrikasi” deya nom olgan Xitoydek mamlakatda ikkinchi global iqtisodiyotning toʻxtashi jahon bozorida talabning keskin tushib ketishiga olib keldi. Oqibatda XXR iqtisodiyoti bilan oʻzaro hamkorlikda bogʻlangan ­barcha davlatlarda ham iqtisodiy nisbatlar tarozisi asta-sekin iqtisodiy turgʻunlik hududiga kira boshladi.


Xitoy iqtisodiyoti qayta oyoqqa turayotgan boʻlsa-da, ammo AQSH va Yevropadek “jahon doʻkonlari” yopilmoqda. Global maydonda xalqaro transport va turizm tarmoqlari deyarli toʻxtadi. Okean orti va qitʼada avtomobil sotish hajmi 75 — 80 foizga tushib ketdi. Umumiy ovqatlanish tizimi toʻla karantin rejimiga oʻtdi. Aksariyat korxonalarda masofadan turib ishlash tizimi joriy etildi. Umuman olganda, hali jahon bozorida yalpi tushkunlik qayd etilmagan boʻlsa ham, bugun barchamiz global iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlari va sohalarining yangi inqiroz pallasiga kirayotganini kuzatib turibmiz.
Shu paytgacha jahon iqtisodiyotining oxirgi 75 yillik rivojlanish davrida eng katta tahlikali voqelik sifatida biz 2008-yili boshlangan global moliyaviy inqirozni eslar edik. Oʻsha davrda jahon moliyaviy bozorlaridagi beqarorlik ancha keskin tus olgandi. Xususan, AQSH fond bozorlarida indekslar bir kunda 83 foizgacha tushib ketgan, neftning narxi 140 dollardan 30 dollarga “qulagan” ekani yuqorida aytib o`tildi.
2020-yilda boshlanayotgan inqiroz esa oʻz koʻlami va shiddatiga koʻra yana-da xavfli koʻrinish olishi mumkin. Bugun dunyo mamlakatlari ishchilari va xizmatchilarining 81 foizi karantinda ekanligi fikrimizga yaqqol dalildir.
Qiyosiy tahlil qilib koʻrsak. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi davrida AQSH hukumati “Polson rejasi” nomi bilan tanish boʻlgan yirik bank-moliya institutlari va kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 750 mlrd. dollar miqdoridagi ­dastlabki dasturni eʼlon qildi. Bu oʻsha paytdagi mazkur birinchi iqtisodiyot YAIMning 5,2 foiziga teng edi.
2020-yilda esa Prezident ­Donald Tramp AQSH tarixida ­misli koʻrilmagan iqtisodiy yordam va ragʻbatlantirish tashabbusi — 2,2 trln. dollar hajmidagi ­(YAIMga nisbatan qariyb 10,3 foiz) ijtimoiy-iqtisodiy dasturining qabul qilinishiga erishdi. Bu mablagʻ 2008-yilgi inqirozga qarshi dasturdan ikki marta koʻproq ekanining oʻziyoq eshik qoqib kelayotgan xatarning naqadar jiddiyligidan dalolat beradi. Jahon savdo tashkiloti xalqaro savdo hajmi, hatto 32 foizga qadar tushib ketishi mumkinligini bashorat qilyapti. “Blumberg” axborot agentligining dastlabki tahlillariga koʻra, jahon iqtisodiyoti ushbu inqirozdan 5 trillion dollarga yaqin zarar koʻrishi mumkin, AQSH, Germaniya va Fransiya kabi yirik iqtisodiyotlarda ikkinchi chorakdan boshlab jiddiy iqtisodiy yoʻqotishlar bashorat qilinmoqda. ­“Vashington post” gazetasida yozilishicha, ­AQSHda joriy chorakda ishsizlik 30 foizga qadar koʻtarilishi mumkin.
evropada iqtisodiy xavfning yana-da kuchliligiga munosib ­ravishda Yevropa Markaziy bankining 750 mlrd. yevro hajmidagi muammoli aktivlarni sotib olishdek iqtisodiy ragʻbatlantirish dasturi, Germaniya, Fransiya, Buyuk ­Britaniya, Italiya, Ispaniya va ­Yevropadagi boshqa mamlakatlar inqirozga qarshi tashabbuslari ham­ohang yangray boshladi. Birgina Fransiya yoki Italiyaning oʻzida qariyb 250 mlrd. yevroga teng iqtisodiy dasturlar toʻgʻrisida fikr yuritilmoqda. Bu roʻyxatni Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va ­Janubi-Sharqiy Osiyoning qolgan davlatlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning jahon iqtisodiyoti, xususan, kichik va oʻrta biznes subyektlari, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash loyiha­lari ­bilan yana davom ettirish mumkin.
020-yilda boshlanayotgan global iqtisodiy inqiroz 2008-yildagisidan nimasi bilan farq qiladi?
U bir tomondan, AQSH va ­Yevropa Ittifoqi oʻrtasida, ikkinchi tomondan esa Yevropa Ittifoqi aʼzo­lari ichida jiddiy inqiroz davrida ­kelisha olmaslik muammosi mavjudligini namoyish etyapti. Bundan tashqari, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rossiya va Xitoy global toʻrtligi orasida ham ayrim jiddiy munozalar koʻtarilish ehtimoli global iqtisodiy ­inqirozga yana-da salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Eng muhimi shundaki, bu safar eshik qoqib kelayotgan global ­inqirozning nafaqat Oʻzbekiston uchun ham xavfliligi tan olinyapti, balki unga qarshi mutanosib va tezkor choralar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozga qarshi choralar koʻrish xavf boshlanganidan keyin 3 oy oʻtib eʼlon qilingan boʻlsa, (inqiroz 2008-yil avgustda boshlangan edi, unga qarshi dastlabki dastur 18-noyabrda qabul qilingan), 2020-yilgi global inqirozga qarshi choralar nihoyatda tezlik bilan, global xavf eʼlon qilinishi bilan atigi 1 haftada (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini 11-martda eʼlon qilgan boʻlsa, Oʻzbekistonda unga qarshi dastur 19-martda qabul qilindi. Bunday xavf tugʻilishi va unga qarshi tayyorgarlik koʻrish ­lozimligi esa 29-yanvardan boshlangan edi, yaʼni aksariyat rivojlangan davlatlardan qariyb 2 oy oldin) tayyorlanib, aholi orasida va iqtisodiyotda sarosimaning ­oldini olishga mustahkam zamin yaratildi.



Yüklə 483,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin