Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə33/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

"Haftiyak". UP asrdayoq Eron pedagoglari tomonidan tuzilgan bu o`quv kitobi, salkam o`n to`rt asr davomida Eron, Markaziy Osiyo, Sharqiy Xitoy, Hindiston va boshqa musulmon o`lkalarida ilk alifbe vazifasini o`tab keldi. Haftiyak-forscha tojikcha so`z bo`lib, Qur'onning ettidan biri degan ma'noni anglatadi. Unda eng asosiy suralar jamlangan bo`lib, taxtaxonlik tugashi yoki u bilan baravar o`qitila boshlangan. Bolalar undagi suralarni birin-ketin hijjalab qiroat qilganlar, dastlabki paytda undagi har bir qaror abjad hisobi asosida o`rganilgan va bu abjadxonlik deb yuritilgan. Bunda alif-bir, be( ) -ikki, jim( ) -uch, dol( ) -to`rt, he( ) -besh, vov( ) - olti, ze( ) -etti, he( ) -sakkiz, va to( ) -to`qqiz ma'nolarini anglatishi tushuntirilib, ularni ko`paytirish ham xuddi shu qarorlarni o`zaro urushtirish asosida yuzaga keltirilgan. Chunonchi, babdu q 2 x 2 q 4; bajven q2 x 3 q 6; ba d xuq2 x4 q8; bax'enq2x5q10; bavyabiq 2x6q12 kabi. Lekin bunday o`qish va hisoblashni bolalar behad qiyinchiliklar bilan anglaganlar.
Haftiyak 13-14 suralarigacha taxtaxonlik bilan baravar o`qilgan, harfni harf bilan urishtirib o`qish etakchilik qilgan. Bunda belgi ifoda etadigan tovush emas, balki harfning nomiga e'tibor berilgan. Aytaylik, "maktab" so`zi o`qiladigan bo`lsa, mim va qof mak hamda te va be -tab demak, shu ikki hijo birgalikda maktab tarzida qiroat qilingan. Boshqa usullarda ham taxminan shunday yo`l tutilgan- harflar nomlari aytilgan holda ularni bir-biriga qo`shib, so`zni tiklash yo`lidan borilgan. Shu boisdan bolalar so`z shaklini esda saqlashga e'tibor berib, suralarni asosan yodlaganlar, uning mazmunini tushunib olishga u qadar ahamiyat bermaganlar.
"Yosin" va "Taborak" suralaridan boshlab hijjalab emas, balki so`zlarni o`qish usuliga o`tilgan. Qay bir o`quvchining zehni o`tkirroq, xotirasi mustahkamroq bo`lsa, suralarni tezroq yodlashga ulgurgan. Shu bois "Haftiyak"ni o`rganish ikki yilgacha cho`zilgan. Uni boshdan oxirigacha yodlab ulgurganlargina xatmi kutub qilib, shundan keyingina Qur'oni karim mutolaasini boshlashgan. Shu ma'noda "Haftiyak" nafaqat ilk o`qish kitobi, balki bolalarni Qur'oni karimni o`qishga shaylaydigan, uning ruhiga olib kiradigan ilk islomiy saboq vazifasini o`tagan.
Qur'on nozil qilina boshlagan kezlardayoq sura va oyatlarning mazmunini tushunish uchun sahobalar payg`ambarlardan ularni izohlashni so`rab borganlar. Islom ahkomlari xususida payg`ambar va'zlar aytgan, shu asosda islom ta'limotini ommaga yoyish avj olgan. Natijada Muhammad alayhissalomning muborak so`zlari, naqli va xabarlari yuzaga kelganki, bular hadislar deb yuritila boshlangan. Ilk maktablarda ham "Haftiyak" va Qur'oni karimni o`qish va o`qitish jarayonida sura va oyatlar mohiyatini tushuntirishda hadislardan ifoda etishga to`g`ri kelgan, shu tariqa ommaviy hadisxonlikdan farqlanuvchi maktab hadisxonligi yuzaga kelgan. "Chor kitob" paydo bo`lguniga qadar Qur'ondan keyin hadis sabog`i an'anaga aylangan va bu an'ana tolibul ilmlarni diniy-axloqiy ruhda tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etgan.

Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin