Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə40/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Milliy uyg’onish harakati nima va uning o’zbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli.
2. Milliy matbuotda bolalar adabiyoti haqidagi bahslar qachon boshlangan?.
3. Abdulla Avloniy nega ilk bolalar shoiri va islohotchi pedagogi sifatida e’tirof etiladi?
4. Hamza-ma’rifatparvarlik adabiyotining taniqli namoyondasi ekanligini asoslang?.
5. ”Turkiy guliston yoxud axloq”-qanday va kimning asari?
6. Nima sababdan Sadriddin Ayniy-bolalarning zullisonayn adibi deyiladi.
7. 1920-30-yillardagi o’’zbek bolalar nasri va uning taraqqiyoti haqida fikr yuriting.
8. 1920-30-yillardagi o’zbek bolalar she’riyatidagi obrazlar olami to’g’risida ma’lumot bering?
9. 1920-30-yillardagi o’zbek bolalar dramaturgiyasidagi izlanishlarga munosabat bildiring .
10. “Qiz bola yoki Xolida” hikoyasi qaysi adib qalamiga mansub va bosh g’oyasi nima?
Mavzuga oid adabiyotlar:22, 65, 9, 11, 40, 65, 57, 65, 86, 7, 8, 16, 65
Elbek-bolalar shoiri, nosiri va islohotchi muallimi
20-yillarda chinakam shakllanish jarayoniga kirgan o’zbek bolalar adabiyotini Elbek ijodisiz tasavvur qilishning iloji bo’lmasa-da, Stalincha qatog’on uning muborak nomini salkam yarim asrcha muddat davomida ta’qiqda tutdi. Shunisi ajablanarliki, sobiq mustabid tuzum o’ziga sadoqat ko’rsatganlarning aksariyatiga shafqatni ravo ko’rgan emas, hattoki o’z dohiylariga ham! Aks holda ijtimoiy kelib chiqishi oddiy dehqon bolasi bo’lib, butun ongli faoliyatini «proletariatning yengish» marshini kuylashga safarbar etgan begunoh bir fidoyi xizmatkorini mahv etarmidi?! Elbekning o’z qo’li bilan bitilgan nola-yu, zorlarga to’la mana bu tarjimai holini kuzating-chi, mahv etishga vaj bo’ladigan biror dalil topa olar ekanmisiz? «Men, - deb yozadi u, - Toshkent uezdi, Iskandar volosti (hozirgi Bo’stonliq tumani – O.S.) Xumson qishlog’ida 1898 yilda1 kambag’al oilasida tug’ildim. 1905 yilda (7 yoshimda) qishloq eski maktabiga 4 yil o’qib, o’quv-yozuvni o’rgandim. Otamning mendan boshqa bolalari bo’lgani uchun bizni boqa olmasdi. Men yoshlikdan dehqonchilik ishlariga berildim. 1910-11 yillarda juda qiynaldik vash u natijada boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga majbur bo’ldim.
Toshkenga 1911 yilda birinchi martaba keldim. Bunda bir kishiga qarol bo’lib ishladim. Shu vaqtda Toshkentda jadid maktablari ko’p edi. Bularning eski maktablardan yaxshiroq ekanini angladim. O’zimning qiynalishim va qarollikda kaltaklar ostida qolishim uy xo’jayinidan meni qochishga majbur etdi. Shu yili eski shahar Devonbegi mahallasidagi Xoniy maktabiga o’qishga kirdim.
O’qishga kirish meni ko’p sevintirdi, lekin moddiy yo’qdan ko’p siqilganlik ancha xafa qilardi, hatto qish kunlari oyoq yalang qoldim, yotar er yo’q, ba’zan o’rtoqlarim uyida, ko’pincha maktab hujralarida eski namat orasida o’ralib yotib qish o’tkazdim. Yozda qishloqqa ketardim, shaharda qolgan vaqtlarimda esa imorat ustalariga g’isht tashib, mardikorlik qilardim.
Uzluksiz qiynalish meni asabiylashtirgan edi. Dars chog’ida muallimlarning kelishmagan qiliqlariga qarab tez qo’zg’alardim, ular bilan janjallashardim. Shu ish uchun meni «axloqsizlikda» ayblab maktabdan haydadilar. Men ko’chalarda aravalar ustida yurishga majbur bo’ldim. Oradan bir necha vaqt o’tgach, yana maktabga olindim. Maktabga kirgan kunimdanoq, she’rlar, parchalar yozishga boshladim. To’rt yillik boshlang’ich maktabni ikki yilda tugatdim va 1914 yilda Shayontohur Tarnobosh mahallasidagi 7 sinfli «Namuna»ga kelib kirdim. Bu yangi kirganim maktab o’sha zamonning o’rta darajadagi maktabi bo’lib, bunda o’qishlar, darslar ancha tuzuk edi. Men 5 sinfga kirmasdan to’g’ri 6 sinfga o’tdim va 2 yildan so’ng bu maktabni tugatib muallim bo’ldim».2 Bu Abdulla Avloniy tashkil etgan usuli jadidiya maktabi bo’lib, ta’lim-tarbiya ma’lum maqsadga yo’naltirilganligi va zamon talablari darajasiga muvofiqlashtirilganligi bilan o’quvchilarda milliy uyg’onish ruhini singdirardi. Elbek esa moddiy ahvolini yo’lga qoyish maqsadida darsdan bo’sh vaqtlarida goh bosmahonada ishlar, goh gazeta sotar, shu zaylda kechayotgan ijtimoiy jarayondan voqif bo’lar, mashaqqatli hayot qozonida qaynab borar edi. U shu xildagi ma’naviy o’sish zamirida muallimlik darajasiga etib keldi, aniqrog’i, chekan barcha azoblarining mukofoti sifatida hayotning o’zi uni muallimlik martabasi bilan yarlaqadi.
Muallimlik – Elbek uchun hayot va ijod uyg’unlashgan qismat bo’ldi. U 1917 yildan muallimlik qilishga kirishdi, 40 yillik umrining 22 yilini shu kasbga bag’ishladi; bu kasbda qancha bo’lsa-da, muallimlik o’z ustida muttasil ishlash va o’qib-o’rganish ekanligini sira unutmadi, 1919 yilda 8 oylik kursni bitirib, erlar bilim yurtida, so’ngra Narimonov nomidagi pedagogika texnikumida o’qituvchi bo’lib ishladi. Xuddi ana shu davrda u ma’naviy va ijtimoiy hayotga faol ishtirok eta boshladi va shunday muallimlik faoliyati tufayli shaxs va arbob sifatida tanila bordi. 1921 yilda Fitrat rahbarligida tuzilgan «Chig’atoy gurungi»ning faol a’zosi, 1921 yilda Turkiston Maorif Xalq Komissarligi qoshidagi Ilmiy Kengashning o’zbek bilim hay’ati raisi sifatida xizmat qila boshladi.
Muallimlik uni ham badiiy ijod, ham ilmiy ijod sari etakladi. Badiiy ijodga havas unda, o’z e’tiroficha hali Xoniy maktabida o’qib yurgan kezlarida – taxminan 14 yoki 15 yoshdaligida uyg’ongan esa-da, «1917 yildan boshlab yozuvga» chinakamiga berildi. Endi asl ismi Mashriq, otasiniki Yunus bo’lsa-da, elga va dardkash tutinganlikni ko’zlab, Elbek taxallusini qo’llab «she’rlar va ba’zan hikoyachalar yoza boshladi». Shu zaylda birin-ketin uning «Armug’on» (1921) masallar, «Ko’zgu» (1925), «Yolqinlar» (1927), «Sezgilar» (1927), «Bahor» (1929), «Mehnat kuylari» (1930), «She’rlar» (1934), «Chirchiq boylarida» (1935), «G’unchalar» (1935) she’rlar to’plamlari, «Qo’shchi Turg’un» (1925), «Dadamat» (1936) hikoyalar majmualari, «Tozagul» (1934), «Bog’bon», «Etik», «Mergan» (1935) poemalar alohida kitoblar tarzida arab va lotin alifbolarida bosilib chiqdi. Uning she’rlari «Chig’atoy gurungi» uyushmasi chop etgan «O’zbek yosh ijodkorlari» (1922) to’plaidan joy oldi. Yangi-yangi she’r, hikoya va maqolalari o’sha davr matbuotida tez-tez bosilib turdi, o’zi ham o’zbek matbuotining faol namoyandasiga aylanib «Inqilob», «Maorif va o’qitg’uvchi», «O’zbekiston Sovet adabiyoti», «Bilim o’chog’i», «Yangi yo’l», «Alanga», «Uchqun» (Buxoro Xalq Respublikasi Maorif nazorati organi) singari qator jurnallarni tahrir hay’ati ishida qizg’in qatnashdi, shu zaylda Respublika matbuotining yuzaga kelishi va shakllanishida, o’zbek jurnalistikasining qaror topishi va rivojlanishida munosib hissa qo’shdi.
Elbek o’zbek tilining xalqimiz milliy qiyofasini ifoda etish uchun astoydil kurashdi, bu tilni kamsituvchilarga qarata 1922 yilda shunday satrlarni bitgandi:
Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat:
Kimlar erur turk tilini sotuvchi!
Bulbul kabi sayrab turg’on bu tilni
Uyalmayin bu o’lkadan otuvchi.
Boldan totli, jondan tunuk turkchani
Tushunmaydi xo’rlab-xo’rlab yotg’uchi
Ochunlarda boyligini ko’rasdan
Kimdir bunga: «Yordi, yormas degan!»
Mungli qushim, ularni qoy, sen sayra,
Turk tilining dong’in chiqar ko’klarga…
«Til» she’rian keltirilgan parchadan anglashtirayotirki, unda ifodalangan g’oya istiqlol g’alaba qozonib, milliy tilimiz davlat tili maqomini olgan Ayni zamonda ham o’z dolzarbligini yo’qotganicha yo’q. Zotan, davlat tili – istiqlol tili degani ham. Binobarin, bunday tilning mustamlakachilik tamg’asi bo’lmish kirill alifbosidan qutulmog’i, mustaqilligini ifodalovchi va jahoni taraqqiyot sari yurishini ta’minlovchi yangi yozuv shakliga o’tishi hayotiy zaruriyatdir. Elbek mansub bo’lgan avlod Oktabr to’ntarishidan keyingi siyosiy-ijtimoiy hayotni boshda mustaqillik g’alabasi tarzida chnglish anglatganidan xuddi shu chngi imlo uchun kurash boshlagan edi. «Lotin harflarini qabul etish bilan imlomizni anarxiyadan qutqarg’umiz, tilimizning ohangini saqlagumiz, Ovruponing ilm doirasiga yaqinlashgumizdir», – deb orzu qilgan edi Abdurauf Fitrat. (Qarang: «Ozod Buxoro», 1926 y. 3 iyun soni). Elbek ana shu orzuning ushalishi yo’lida ustozi yonida kamarasta turib xizmat qildi. Til va imlo masalalarini yorituvchi «Til», «Imlo masalasi», «Imlo va til quriltoyi chaqirilishi oldidan» (1920), «O’zbek imlo qurultoyi va uning qoldirgan ta’siri», «Alifbe masalasi» (1921), «Turk tillarining qonunlari to’g’risida» (1922), «Til darsligi», «Otilmagan sopqon» (tilga oid darslik haqida, 1923), «Tilimizdagi yangiliklar» (1924), «Yana til – imlo masalasi» (1925), «Imlomiz ustida bir necha so’z» (1927), «Til imlomiz ustida» (1929), shuningdek, o’zbek folklor iva etnografiyasi yuzasidan to’plagan materiallari asosida «O’zbek folklori lug’ati» (1922), «O’zbek xalqining izohli lug’atiga oid materiallar» singari o’nlab maqolalarni yozdi. Elbek til taraqqiyotini jamiyat taraqqiyotidan ayri tasavvur qilmadi.
Elbek o’zbek halqining boy og’zaki ijodiyotini to’plash va o’rganish ishiga ham tilshunos-muallim sifatida. Turkiston Maorif Xalq Komissarligi qoshidagi O’zbek bilim hay’atida ishlagan kezlaridayoq kirishgan edi. U Bo’stonliq atroflaridan turli qo’shiqlar, laparlar, og’zaki drama, maqol va matallar, topishmoqlarni maroq bilan to’pladi. Shu kuzatishlari jarayonida xalq adabiyoti juda boy bo’lishi bilan birga o’z davri va o’sha zamon kishilarining turmushlarini o’z ichiga olgan qimmatli adabiy vasiqalardir, degan xulosaga keldi. Binobarin, ularni to’plash, nashr etish va o’rganishga jadal kirishishi zarurligini uqdirib, 1922 yilda «Bilim o’chog’i» jurnalining 1-sonida e’lon qilgan «Lapardar» maqolasida shunday yozgan edi: Adabiy qimmatini o’z ichiga olgan, chuqur ma’nolari bilan ko’ngilni o’ziga tortadurg’on matal, ertak, cho’pchak, jumboq va laparlarimiz bugun o’z-o’zidan yo’qolib boradir.
Bularning kundan-kun yo’qolib ketmakda ekanini ko’rib turg’on biz o’zbeklarning, albatta, jim turmay, bularni to’plashg’a va kitob ravishda bostirib tarqatishg’a harakat etmagimiz tegish edi.
Bu kunlarda shu tilakni ilgarga surib harakat qilg’uchi O’zbek bilim hay’ati va Bilim kengashida ilmiy o’rinlar bor esa-da, bir tomondan, bularni to’plash shuncha qiziqqan kishilarning bilmaslig’i, 2-chidan, xalq adabiyotining eng yuksalgan o’rinlarining tengsiz bir holda qolib turg’onligi bu harakatlarg’a to’siq bo’lib turmoqdadir.» (96-b.). Elbek ana shu tashvishlari qobig’ida qolib ketmadi, o’zi amaliy faoliyatga kirishdi. Yoshlar ongini faollashtiruvchi o’zi to’plagan xalq topishmoqlari, maqollari va qo’shiqlarini jamlab «Topishmoqlar, maqollar va ashula to’plamim» nomi ostida 1923 yilda bostirib chiqardi. Bu kitob g’oyat qizg’in kutib olindi, unga O’zbekistonning boshqa joylaridagi folklor namunalarini qoyish istagini ifodalovchi takliflar ham bo’ldi. Bu taklifni inobatga olib Elbek Sirdaryo, Buxoro, Farg’ona, Xorazm va Samarqand shahar va qishloqlarini kezdi, folklor asarlarini yozib g’oyat yangidan to’plagan materiallarni qo’shgan holda 1928 yilda G’ulom Zafariy bilan hamkorlikda «Ashulalar» to’plamini nashrdan chiqardi, 1936 yilda yana yangi materiallarni qo’shib, shu to’plamni uchinchi nashrini amalga oshirdi.
Elbek xalq ertaklarini to’plar va o’rganar ekan, ularga o’zi o’zbekchaga o’girgan A.S.Pushkinning «Baliqchi va baliq haqidagi ertak», «Oltin xo’roz», «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» tajribasi asosida yondashib, ertak syujetini nazmda bayon etish an’anasini o’zbek bolalar dostonchiligini yuzaga keltirishga tatbiq etdi. Bu jihatdan uning 1935 yilda nashrdan chiqqan «Ertaklar» to’plamini tashkil etgan «Kambag’al yigit va par dasturxon», «Erksiz folchi», «Omonat» she’riy ertaklari alohida ahamiyatga molik.
Garchi «Kambag’al yigit va par dasturxon» shu nomdagi o’zbek ertagi asosida yaratilgan esa-da, unda A.S.Pushkinning «Baliqchi va aliq qidagi ertak» asari bilan qator mushtarakliklar bor. Pushkin ertagi markazida kambag’al cholu kampir va oltin baliq obrazlariga daxldor epik sarguzasht tursa, Elbek asarida kambag’al kampiru o’g’li va turna orasidagi munosabatdan tarkib topgan syujet harakatdadir. Hatto tuzoqqa ilingan turnaning tilga kirib ovchi o’g’longa qilgan murojaati bilan oltin baliqning baliqchi cholga qilgan iltijosida mazmun o’xshashligi bor:
Turna: - Hoy yigit, meni soyma,
Bo’shatib qoyib yubor.
Buning uchun sen mendan
Ne so’rasang shuni ol!:
Oltin baliq: - Qoyib yubor dengizga, bobo,
Katta to’lov to’layman senga,
Ko’ngling ne tilasa bergayman.
Syujetdagi tafovut shundaki, Pushkin talqinida bebiliska boylik qashshoq kampirni quturtiradi, Elbek talqinida xalq boyligini zo’ravonlik bilan tortib olgan ochko’z podshodan qasos olishga undalgan. Ochko’z podsho ovchi o’g’londan turna bergan par dasturxonni tortib olgach, turna ichidan askar chiqadigan qovoqni sovg’a qiladi. Shu askarlar zo’ravon, ochko’z podsho ta’zirini berib, kambag’al yigitga par dasturxonni qaytarishadi. Ertakda hak-huquq uchun kurash motivi ifodasini topgan.
«Erksiz folchi» she’riy ertagida ham ijtimoiy motiv ustuvor. Xalqning «soxta folbin» ertagi syujetini nazmda bayon etish asosida bitilgan bu she’riy ertakda nochorlikdan soxta fol ochish evaziga tirikchilik qilishga uringan, ammo kutilmagan omadi bilan podshoning yo’qolgan xachiri va qaroqchilar xazinadan o’margan bir qop oltinni topib nazarga tushgan, nihoyat yolg’oni chinga aylanib saroy folbini sifatida izzat-ikrom qozonsa-da, erkidan ayrilib tahlikada yashashga mahkum bo’lgan folbin qismati ko’rsatilgan. Qizig’i shundaki, folbin o’zining yolg’ondakam folchi ekanini har qancha takrorlamasin, na podshoh, na saroy ahli unga ishonishmaydi, uning yolg’on gapini esa rost o’rnida qabul qilishadi. Elbek bu bilan saroyning yolg’on va ig’volar maskaniga aylanganini, unda yolg’on rost o’rnini tamoman egallaganini fosh etadi.
Elbekning bu she’riy ertaklari badiiy saviyaiga ko’ra H.Olimjon, Mirtemir, S.Jo’ra, Q.Muhammadiy, Sh.Sa’dulla va Z.Diyorlarning 30-yillarda yaratgan she’riy adabiy ertaklari darajasida turmasa-da, o’zbek bolalar dostonchiligini rivojlantirish yo’lidagi izlanish sifatida e’tirofga sazovor.
Elbek o’zbek bolalari xalq qo’shiqlarini to’plash va nashr etishning ham tashabbuskorlaridan bo’ldi. U o’zi to’plagan material asosida 1937 yilda chop ettirgan «Bolalar qo’shig’i» to’plami o’zbek folklorshunosligi tarixidagi dastlabki urinish samarasi sifatida ahamiyatlidir. To’plamda 18 ta bolalar qo’shig’i jamlangan. Biroq ular hali folklor matnshunosligi jihatidan talab darajasiga keltirilmagan, natijada «Laylak va chittigul» qushiqlari matni ayqashib ketgan, «Boychechak» matnidan esa naqorati tushib qolgan. Bu Elbekning bolalar qo’shiqlari janriy xususiyatlarini aniqlashga iqtidori etmaganligi oqibatidadir, albatta.
Elbek bolalar adabiyotiga ana shunday saviya nazariy tayyorgarlik va amaliy tajriba bilan kirib keldi. Uning boshlang’ich maktab bolalari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari tuzish tajribasi bolalar yoshi xususiyatlari va qiziqishlarini inobatga olgan holda badiiy asarlar yozish iqtidorini, demakki, bolalar shoiri va bolalar yozuvchisi sifatidagi iste’dodini shakllantirishda muhim omil bo’ldi. Bu jihatdan «Bilim» darsligining ikkinchi kitobida keltirlgan «Odamlarning kuchi nimada?» hikoyami e’tiborga loyiq:
«O’rmonda yirtqich odamga aytadi: – Saqlan, qulimga tushma, seni chaynab tashlayman, qush aytadi: – Men ko’kka uchib ketaman, odam meni tutolmaydi. Baliq oylaydi: «Men suv tubiga suzib ketaman, odam meni tutolmaydi.» Qurt aytadi: – Men erga kirib berkinaman, kishi meni topolmas. Men kishiga kerak ham emasman.
Odam miltiq, tuzoq, qarmoq, ketmon yasadi. Yirtqish hayvonlarni topib otdi. Tuzoq quyib, qushlarni ilintirdi. Qarmog’iga tiqish uchun ketmon bilan er kovlab, qurtni topdi va baliqni suvdan ilintirib oldi: odamning kuchi yasagan qurollarida.»
Adibning mahorati shundaki, hayotiy saboq bolalarga xos mushohadakorlik zaminida ifodalangan. Yoki 1922-1925-1927 yillarda 25 ming nusxada bosilgan «O’zbekcha o’qish kitobi»ning birinchisiga kirgan «Yo’ldoshning tegirmoni», «Totli sho’rvo» va «Jo’jalar» hikoyalari ham shu xildagi fazilatlarga ega. Chunki «Yo’ldoshning tegirmoni»da bolalar ijodkorligi oyin jarayonida ochib beriladi: «Yoz boshida kunlar isib, suvlar ko’payib oqa boshlaganida bolalar turli oyinlar bilan mashg’ul bo’ladilar. Ba’zilari kurak bilan to’plagan suvlarini oqizadilar, ba’zilari suv damlaydilar. Bu oyinda har kim bilganini qilaturg’on bo’ladi. Yo’ldosh tegirmon qilmoqqa undadi. Bitta i olib, taxtadan qanotlar qoydi. So’ng sharsharakka qoydi. Sharsharakning suvi tabanliqg’a oqqanida qanotg’a tegib, ularni aylantirmoqg’a boshladi.» Adib voqea bayoni bilan cheklanmadi, Yo’ldosh xatti-harakatini tengqurlari nuqtai nazaridan belgilar ekan, buni qahramon xarakterini shakllanishidagi ta’sirini ko’rsatishga yo’naltirdi. Yo’ldoshning bu oyini tengdoshlari havasini uyg’otganidan qahramon taltaymadi, balki «Siz shoshmangiz, katta bo’lg’onimda yahsxi chinakam tegirmon yasarmen, o’zim tegirmonchi bo’larmen», - deya kamtarlik qiladi, bu ishidan qoniqmaganini bildirib, kelajakda yana ulkanroq orzularga qasam qilib yashayotganini izhor etadi. Muhimi ham shunda. Bolalarni orzular qanotida kelajakka tayyorlash, bunyodkorlikka chorlash.
«O’qurchoq» to’rtligi esa parallelizm negizida bitilgan bo’lib, ahloqiy-didaktik mazmunga ega. Butun to’rtlikda «qanot» so’zi rang-barang ma’noda tovlanadi:
G’oz qanoti oq bo’lur,
Er qanoti ot bo’lur.
Bolalarning qanoti –
Maktabda o’quv bo’lur.
Dastlabki satrda qanot – o’z ma’nosida, ammo oq rangdagi jilosi bilan hayrlilik, ezgulik sifatiga ega. Ikkinchi satr, aslida xalq maqoli bo’lib, unda «qanot» so’zi ko’chma ma’no kasb etgan. Ot – yigitning qanoti, demak, olis manzillarga tez etib borishi vositasi. Tezlik taqazosi qushning uchish vositasini otga ko’chirishni mantiqan talab etgan. Ammo o’quv ham qanot, u eng o’zg’iri, insonni ma’naviy yuksakliklarga ko’taradigan vosita. Bunda endi «qanot» so’zi ma’naviyat olamiga parvoz qilish ma’nosini anglatadi. Shu zaylda to’rtlikning ilk satridagi «ko’rimli» mazmun keyingilarida shu birgina «qanot» so’zi vositasida murakkablashib boradi, lekin voqeabandlikni yuzaga keltirganligi tufayli bola idrokiga inadi. O’z navbatida she’rning voqeaband mazmunga ega bo’lishi – unda epiklik alomatini ta’minlabgina qolirmaydi, balki uning bolalarbopligini, aniqrog’i, undagi mazmun va obrazlarning «ko’rimliligini» - bola idrokiga mosligini belgilaydi. Elbekning o’zi ham bu hodischani chuqur anglaganini «Armug’on» to’plami so’zboshisida shunday e’tirof etgan: «Zamon kishilarihozirgi turmushga hamda o’zlarining qo’ngillariga to’g’rilab yozilgan kitoblarni axtarmoqqa boshladilar. Mana, men ham shuning kabi elimizning istagan narsalariga, oz bo’lsa-da, ko’mak etmoq umidi bilan ushbu kitobchani el bolalarining qarashlariga otmoqqa botirlik qildim…»
«… el bolalarining qarashlariga» mo’ljallangan bu kitobcha faqat masallardan tartib berilgan shoirning ilk to’plami bo’lib, qisqa muddatda ikki marta (1921 va 1923 yillarda) nashr etildi. Shuni ta’kidlash joizki, elek butun faoliyati davomida 30 dan ziyod masallar yozdi, ularni «Armug’on»dan boshqa «Ko’zgu» (1925), «Yolqinlar» (1925) va «G’unchalar» (1935) kabi to’plamlarida ham e’lon qilib turdi va shu asosda o’zbek masalchiligini rivojlanishining yangi bosqichiga olib chiqdi. Elbek bu masallarni yaratishda xalq og’zaki ijodi, o’zbek mumtoz adabiyoti va I.A.Krilov masalchiligiga xos an’analardan ijodiy foydalandi. Chunonchi, «Sichqon xotinning qiz uzatishi», «Qora qushlar ila toshbaqalar» masallari uchun «Kalila va Dimna»da mavjud bo’lgan sichqon hotinning qiz uzatishi, qarg’a va toshbaqa syujetlaridan foydalangan. «Olaqarg’a va Qurbaqa» masalini esa I.A.Krilovning «Qarg’a va Tulki» masalidan ijodiy ta’sirlanib yozgan. Zotan, u I.A.Krilovning «Fil va Laycha», «Ko’zgu va Maymun», «Tulki va uzum», «Eshak bilan bulbul», «Bo’ri bilan Turna» masallarini o’zbek tiliga o’girish jarayonida mahorat sirlarini o’zlashtirgan, lekin o’ziga xos ijod yo’lidan borgan.
«Olaqarg’a va Qurbaqa» masalida maqtovdan taltayib ketib, o’ljasidan ajralib qolgan Olaqarg’aning gumrohligidan kulinadi. Olaqarg’a Qurbaqani tutib olib, daraxt shoxiga qo’narkan, Qurbaqa undan qutilishni ko’zlab Olaqarg’ani maqtay boshlaydi:
Dedi: – Ey barcha qushning sen go’zali!
Dunyoda ko’rmadim men senday qushni…
Senga teng yo’q erda emas, ko’k ustida,
Qani biroz sayrab bergil, men eshitay.
(«Armug’on», 1923, 22-bet)
Olaqarg’a bunday maqtovdan erib ketib sayramoqqa kirisharkan, og’zidan Qurbaqa tushib ketadi va suvga sho’ng’ib undan qutuladi.
Shoir maqtanchoqlik fojeasini boshqa bir asari – «Sholi va Kurmak» masalida ham ochib beradi. Masal Sholi va Kurmak orasidagi munozara asosida qurilganligidan mumtoz adabiyotimizdagi munozara janriga hamohang. Lekin undan keltirib chiqarilgan bosh g’oya – sholikorni qadrlash, shu asosda sholikorlik mehnatiga muhabbat uyg’otish motivi masalga xos mantiqiy yakun tarzida namoyon bo’ladi.
Professor Abdurahmon Sa’diy: «Masalchilikni Elbek boshladi. Tarjima yo’li bilan emas, balki, mustaqil tug’dirish yo’lini tutdi. Hali bu yo’lda undan boshqa kishi ko’rinmaydi», - deb yozgan edi. (Qarang: «O’zgarishchi yoshlar» jurnali, 1924, 7-son, 50-b.). Chindan ham 20-30-yilarda Elbek «Maymunning qoziligi», «Jinning olov yoqishi», «Kampirning tovuqlari», «Ikki tulki», «Kuchsizlar dunyosi», «Er bilan tog’ o’rtasida», «Elkan bilan kema», «Qora qushlar bilan toshbaqalar», «Ot bilan Odam», «Chumoli ila Chivin», «Quyruqsiz maymun», «Qaysi biri bo’ri» singari xilma-xil mavzu va turli-tuman saviyadagi masallarni yaratdi. Ularda to’g’rilik va adolat uchun kurash g’oyalarini ilgari surdi. Rost, uning she’rlari va masallarida bo’lganidek, professor Mamajonov qayd etganidek, gohida «Obrazlarning mavhumligi, notabiiyligi, soxta ramziylik va ayniqsa, bayonchilik, cho’ziqlik, nasihatgoylik, naturalistik tasvir mavjud edi. Ularda fikriy reallik, hissiy o’tkirlik, obrazlilik va quymalik etishmasdi. Fakt va voqeani qofiyali misraga solish, voqeani ipidan ignasigacha bayon qilishga berilish bor edi». (Qarang: «Sharq yulduzi», 1978, 11-soni, 219-bet). Ammo bu uning ayrim masallaridagi g’oyaviy niyatni qizil mafkuraga mos kelmaganligidan buzib talqin qilishgan, sal bo’lmasa shoirni millatchilikka ayblashga huquq bermaydi. Afsuski, SH.Xolmatov shoirning «Qaysi biri bo’ri?» masaliga shu nuqtai nazardan yondoshib, asosiy xulosalar chiqaradi. Buning uchun gapini daromadli qilib uzoqdan boshlaydi: «Ma’lumki, eski ziyolilarning bir qismi sotsialistik revolyutsiyani tan olmay, unga oppozitsion pozitsiyada turib olgan edi. Ularning qarashlarida inqilobiy g’oya lardan farqli tomonlari ko’p bo’lib, bu o’tish davrining murakkabliklarining bir ko’rinishi edi. Hali proletar ideologiyasi pozitsiyasiga o’tib ulgurmagan ba’zi shoir va yozuvchilar ijodida 20-yillar boshida ba’zan yotg’oyalar o’rin olganligini ham shu bilan izohlash mumkin. Ushbu olning mevasi o’laroq o’sha davrlarda adabiyotning boshqa janrlarida bo’lgani kabi masalchilikda ham ayrim ideologik buzilishlar sodir bo’ldi. Elbekning ijodi bundan mustasno emas edi. Masalan, uning «Qaysi biri bo’ri?» masalini ko’zdan kechiraylik. Elbek bu masalida allegoriya niqobi (ostida) o’zbek xalqining eksekspluatarlarning asriy zulmidan ozod etishda bir tan – bir jon bo’lib kurashgan rus va boshqa xalqlarga shubha bilan qaraydi. Ularni bo’riga o’xshatib tasvirlaydi». (Qarang: «O’rta Osiyo xalqlari adabiyotlarida masal janri», Samarqand, 1989, 179-180-b.). Qayta qurish avjga kirib, milliy istiqlol shabadasi ufurib kelayotgan 80-yillarning ikkinchi yarmida bildirilgan bu mulohazalarning stalincha qatag’on shiddat olgan 1936-38 yillardagi bir sharoitda «Yosh leninchi» gazetasida bosilgan «Elbek ijodi haqida» degan maqolada bildirilgan tubandagi mulahazadan nima farqi bor? Unda Elbekka shunday siyosiy ayb qoyilgan: «Fitratning eng sodiq shogirdi Elbek aksilinqilobchilarning qonli lagerida turib partiyaga va sovetlarga qarshi zaharli she’r, masal, maqolalar yozdi. Aksilinqilobchilarning gazeta, jurnallari ko’pincha Elbekning she’risiz chiqmas edi. Elbek o’zining istar o’tmishda, istar hozirgi ijodi bilan sovetlarga qarshi dushman tegirmoniga aktiv ravishda suv quyib keldi.» (1937, 20-avgust soni). Holbuki, I.A.Krilovning «Bo’ri bilan Qo’zichoq» masali ta’sirida yozilgan «Qaysi biri bo’ri» masalida Elbek bolsheviklarning erk va istiqlol haqidagi va’dalariga shubha bilan qarashi ifodalangandi. Chindan ham Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olib, Bo’rining Qoyga nisbatan zo’ravonlik munosabatini o’rnatgan edi. Bolsheviklar esa Turkistonni chorizm asoratidan qutqaramiz deb endi uni o’zi yangicha mustamlakachilik asoratiga giriftor qila boshlagan edi. Elbek, xuddi shu holatni payqadi va masalda majoziy obrazlarda ifodaladi.
Masalda ifodalanishicha, Bo’ri changaliga tushgan Qo’zini endi emoqchi bo’lganda, «chetdan birov shovqin solib» xalal beradi. Bo’ri qoyni tashlab qochadi. Qoy bo’lsa, qutuldim, deya oylaydi. Lekin o’shal «shovqin solgan» kishi ham qoyni uyga keltirib, pichoq bilan uni tez soyib tashlaydi. Elbek ana shundan kelib chiqadigan qissadan hissani bo’g’izlanayotgan Qoy tilidan shunday bayon etadi:
Bo’rimi yo aytgil endi kim vahshiy,
Qutqarding sen meni Bo’ri tishidan.
Hamda qo’rqinch shul o’limning vahmidan
Eng o’ng o’zing Bo’ridan-da o’zdirding,
Ko’rdim endi chin Bo’ri ham sen o’zing!
Salkam 75 yillik bolsheviklar siyosati Elbek qarashlarining to’g’riligini tasdiqlab turibdi, binobarin, bu masaladan g’oyaviy chalkashlik qidirish asossizdir.
Elbek bolajonlar uchun talay quvnoq she’rlar yozib, «Ko’zgu», «Yolqinlar», «Bahor», «G’unchalar» singari to’plamlarida e’lon qildi. Bu she’rlarida kichkintoylarni tabiat bilan tanishtirishga, ularda hasharotlarga, o’simliklarga, qushlarga mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish evaziga Vatanni sevish sabog’ini berishga intildi. Chunochi, «Lolazorda» she’rining lirik qahramoni Lola dengiz yuzida sizib olgan taassurotini shunday ifodalaydi:
Chiqqan edim dalaga,
Ko’zim tushdi bolaga.
Bordim-da, uzdim-oldim,
Oy, qiziq holga qoldim!

Shoirning bolalarga mo’ljallab yaratgan avtobiografik xarakterdagi «O’tmishim» (1929), «Chirchiq» (1929), O’zbekiston (1934), «Bog’bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) singari poemalari, «Qo’shchi Turg’un» (1925), «Mashoqchi Erbo’ta» (1926) va «Dadamat» (1936) kabi hikoyalari badiiy jihatdan anchagina bo’sh, voqelik ifodasi sayoz. Ular Elbekning o’zbek bolalar dostonchiligi va hikoyachiligini rivojlantirish yo’nalishidagi izlanishlari sifatida ahamiyatli. Zotan, Elbekning o’zi ham bu asarlarga bir tajrifa sifatida qaraydi. Chunonchi «Qushchi Turg’un» kitobchasida yozgan so’zboshida shunday bir e’tirof bor: «Qo’lingizdagi bu kichik hikoya er islohoti munosabati bilan yozilgandir. Men garchi hikoya yozish to’g’risida tajribali bo’lmasam-da, o’zimdagi tabiiy zavq bilan yozishga tutindim. Tug’ilgan o’rnimning dehqonlar orasida bo’lishi va o’zimning-da, shu dehqonlarga mansub bo’lishim bu hikoyani yozishga jur’at ettirdi. Men bunda moda holiga kirgan dehqon otini o’zimga taqmoq uchug emas, balki dehqonlarga muhabbat va ularning ezilishlari to’g’risida yuragimdan o’rin olib qolgan hasrat yuzasidan buni yozdim…» Ammo taassuflar bo’lsinkim, dehqon va uning bolalari iztiroblarini alamzadalik bilan izhor eta boshlagan asli dehqondan chiqqan bu qalam sohibi 30-yillarning o’rtalariga kelib Stalincha-qatag’onlarga yoqmay qoldi. Shunda o’z g’oyalariga Sadoqat bilan xizmat qilayotganligiga qaramay, Elbekdan ayb izlay boshladilar, bu o’sha kezlarda uning qaynog’asi – O’zbekiston Kompartiyasining qishloq xo’jalik boyicha kotibi Mirmuslim Shermuhammedovning «xalq dushmani» sifatida hibsga olinishi o’ziga xos turtki bo’ldi. Elbekni ana shu bahonada qamadilar. Professor S.Mamajonov Elbek qamalishi sababaini shunday izohlaydi: «Elbekning qamalishi to’g’risida ikki xil taxmin, ikki xil faraz boradi. Biri – uning «xalq dushmani» sifatida qamalgan Mirmuslim Shermuhammedovlar oilasiga yaqinligi – qarindoshligi … , ikkinchi asosiy faraz ham haqiqatga yaqinroq. Goyo «xalq dushmani» sifatida surgun qilingan yozuvchilar oldidan bir odam ozodlikka chiqib kelgan emish, bu odamdan yozuvchilar tayinlashgan emishki, sizlarning oralaringizda sotqin, tuhmatchi bor. Bizni o’sha qamagan, undan ehtiyot bo’lib yurishsin, shu gapni Elbekka ayti qoying, deyishgan emish va u kelib Elbekni topib, bu omonatni – sirni aytgan ekan va haligi sotqin bundan xabardor bo’lib, Elbekni ham qamatib yuborgan emish». («Qarang: «Yosh Leninchi», 1989, 1 iyul soni»). Bunga yuqorida keltirilgan «Yosh Leninchi» gazetasining 1937 yilning 20 avgustida bosilgan maqoladagi siyosiy aybni ham qoyish lozim. Shunda Elbekni yo’qotish rejasi naqadar puxta ishlanganligi ravshanlashadi.


Elbek olis Sibirga surgun qilindi. Professor S.Mirvaliev yozganiday, 1938 yilda emas, 1939 yilda qor sahrosi Kalimada dahshatli qiynoqlarda jon taslim qildi (Qarang: «O’zbek adiblari, Toshkent: «Fan», 1993, 38-bet»). Elbek o’z adabiyotiga ishonardi. Bu xususda she’rlaridan birida shunday satrlar bitgandi:
Bu mening qo’lim-la, yaratilgan gul,
Qanday qila olay, mening sovg’am shu.
Ne baxtki, u ekkan «gul»lar adabiyotimiz chamanzorida qayta tarovatlana boshladi, Elbekning o’zbek bolalar adabiyoti bunyodkorlari sifatidagi mavqei mustahkamligini qaytadan tasdiqladi.

Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin