Jaloliddin Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qolgan jangchilarini to‘plab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qildi.
Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonda davlat barpo qiladi.
Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tganlar.
Jaloliddin Manguberdi Hindistonda uch yil hukmronlik qiladi.
Eron va Kavkazdagi g‘alabalar.
Shunday qilib, Kirmon, Fors, Isfahon Xorazmshohga tobeligini izhor etib, umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi kurash istagini bildirishdi. Jaloliddin bu yerlarda birlashgan davlat tuzishga kirishdi.
Jaloliddin bu yurishga umumrahbar bo‘lishni o‘ylab, Bag‘dod xalifasi Nosirga maktub yo‘llaydi.
U xalifani umumiy dushman – mo‘g‘ullarga qarshi kurashga undaydi.
Bag‘dod xalifasi tobora kuchayib borayotgan sulton Jaloliddin Manguberdi qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga raxna solish siyosatini tutdi.
Xalifa Nosir bu yo‘lda qurolli kurashdan ham qaytmadi.
Uning Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborgan 20 minglik qo‘shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor keltirildi.
1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi.
Tabriz va G‘azna ham Xorazmshohga taslim bo‘ldi.
Ozarbayjon egallangach, Jaloliddin Manguberdi o‘z qo‘shinini Gurjiston tomon boshlaydi. 1226-yilda Gurjiston to‘liq egallanadi.
Ichki ziddiyatlar.
Jaloliddinning ukasi G‘iyosiddin Pirshoh birinchi bo‘lib xiyonat yo‘liga o‘tdi. U o‘z lashkarlari bilan akasi qarorgohini tark etdi. G‘iyosiddin akasiga hasadi qo‘zg‘ab, o‘zi mustaqil davlat barpo etish va Jaloliddin kabi shuhrat qozonishni istadi.
Atigi o‘ttiz uch yil umr ko‘rgan, ammo nomi ellarda mashhur bo‘lgan, Chingizxonni lol qoldirgan, o‘z yurtini beadad sevgan oxirgi Xorazmshoh Sulton Jaloliddin Manguberdi yorug‘ dunyodan ko‘z yumdi.
Jaloliddin Manguberdi o‘n bir yil davomida mo‘g‘ullarni nafaqat O‘rta Sharqqa, balki Sharqiy Yevropaga ham qo‘ymadi.
Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlati (1097–1231)ning ko‘p yillik tarixi o‘sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilgan qator asarlarda o‘z aksini topgan.
Mashhur shoir va adib Maqsud Shayxzoda 1944-yilda “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini yozgan.
Maqsud Shayxzoda
O‘zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi.
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi.
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesalar yaratildi, 2000-yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.
Savol va topshiriqlar:
1. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindiston hududini qay tariqa egallaydi?
2. Ayting-chi, nega Jaloliddin Manguberdi Hindistondan ketishga qaror qiladi?
3. Nega Bog‘dod xalifasi mo‘g‘ullarga qarshi kurashishdan ko‘ra Jaloliddin Manguberdiga qarshi kurashishga intildi?
4. Ozarbayjon va Gurjistonga qarshi harbiy yurishlarning sabablari nimalardan iborat edi?
5. Jaloliddin davlatida nega ichki ziddiyatlar kelib chiqqan? Nima deb o‘ylaysiz, uning oldini olish mumkinmidi?