birinchi yo‘nalish (fatatistik yo‘nalish) Bunda tashqi vaziyat shaxsni boshqaradi, uning xulqiga ta’sir etadi va faqat shu muhit ta’sirida harakat qilishga majbur qiladi. Bunda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi yoki shaxsga uning aybisiz ayb qo‘yiladi;
ikkinchi yo‘nalish (indoterministik yo‘nalish) Bunda inson faoliyati hech narsaga bog‘liq bo‘lmaydi, u har doim mustaqil tarzda o‘z xohishiga ko‘ra harakat qiladi;
uchinchi yo‘nalish. Bunda inson faoliyati tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi, uning ijtimoiy qobiliyati, shaxsiy ehtiyoji har qanday holatda qanday harakat qilish kerakligini belgilaydi. Bu shaxsning erkinligi bo‘lib, u mustaqil harakat qiladi va o‘z harakati uchun mustaqil javob beradi.
NOTA BENE!
Jinoiy javobgarlikning yuridik jihati jinoiy javobgarlikning nima uchun, qanday qilmish uchun va u qaysi sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga kelishini belgilaydi. Jinoyat kodeksining 16-moddasida belgilanishicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etishga asos bo‘ladi.
Bu norma jinoiy javobgarlikning faktik va yuridik asosini belgiilaydi.