Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun ikkita belgi mavjud bo‘lishi lozim


Yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish



Yüklə 45,09 Kb.
səhifə8/15
tarix31.12.2021
ölçüsü45,09 Kb.
#112882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
1 — копия (3)

Yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish

2001-yil 29-avgustda Jinoyat kodeksiga yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish haqidagi 66–modda kiritildi. Unga ko‘ra, birinchi marta Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish uchun asos bo`ladi.[141]

Yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, aybini bo‘yniga olib arz qilishga o‘xshaydi va xuddi shu kabi belgilarga ega. Ammo yarashganlikning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, bu uni aybini bo‘yniga olib arz qilish asosida javobgarlikdan ozod qilishdan farqlash imkonini beradi. Yarashganlik asosida javobgarlikdan ozod qilish zararni qoplash va jabrlanuvchi tomonidan ayblanuvchini kechirish asosida amalga oshiriladi. Aybini bo‘yniga olib arz qilishda esa, dastlabki tergov yoki sud tomonidan amalga oshiriladi.

Ayblanuvchi va jabrlanuvchining yarashganligi qonuniy va ixtiyoriy bo‘lganligini belgilash uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:

1)     jinoyat kodeksining 661-moddasida ko`rsatilgan jinoyatlardan birining sodir etilganligi;

2)     aybini tan olishi;

3)     yetkazilgan zararning qoplanishi.

 

 

 



   Jinoiy javobgarlik tushunchasi

Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo‘lib, jinoyat huquqining asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.

Bizga ma’lumki, “jinoiy javobgarlik” atamasi yuridik adabiyotlarda turlicha. Jumladan, u asosiy jinoiy javobgarlik; jinoiy javobgarlikka tortish; jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deb talqin qilinadi.

Davlatning majburlov chorasi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazmaslik va huquqbuzarliklarning oldindani olishdan iboratdir.




Yüklə 45,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin