Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jis­



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə42/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

3. Xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jis­moniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyatlari.
1989-91 yillar milliy qadriyatlarni o’rganish, ularni imkoniyat darajasida qayta tiklash amalga oshirilishi bilan e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarning tarkibidan o’rin olgan xalq milliy o’yinlariga e’tibor kuchaydi. SHu sababdan respublika hukumatining qaroriga asosan, 1991 yil boshida Xalq milliy o’yinlari respublika Assotsiatsiyasi uyushma ma’nosida tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi xalq orasida keng qo’llanilib kelinayotgan milliy o’yinlarni o’rganish, ularning tarbiyaviy jihatlarini targ’ibot qilish va ommaviy tadbirlar o’tkazib borishdan iborat qilib belgilandi. SHu bilan birga, xalq milliy o’yinlarini Markaziy Osiyo va undan ham kengrok mintaqalarda musobaqa tarzida o’tkazishni yo’lga qo’yish belgilandi. SHunga asosan, 1991 yilning aprelida Qozog’istonda o’tkazilgan Xalq milliy o’yinlari anjumani va sport musobaqalarida yurtimiz vakillari ilk bor ishtirok etdilar.
Xalq milliy o’yinlari Assotsiatsiyasining bevosita tashabbusi va Davlat sport qo’mitasi hamda Madaniyat ishlari vazirligi rahbarligida 1991 yil 25 aprelda Jizzax viloyatining Forish tumanida ilk bor halq milliy o’yinlari musobaqasi o’tkazildi va u har yili bahorda (aprel-may) Forishda an’anaviy ravishda o’tkazib borildi. Bu musobaqa keyinchalik «Alpomish o’yinlari festi­vali» (Termiz-1998, Farg’ona-2000) nomini oldi. Xalq milliy o’yinlaridan "Kop’kari", "Poyga", «Buron», «Mindi», «Tuqqiz tosh» musobaqalar dasturga kiritildi. 1999 yildan boshlab (Jizzax) har ikki yilda bir marta (2001 yilda SHaxrisabz) Tumaris o’yinlari respublika festivali o’tkazilmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, 1991 yildan (Jizzax, Termiz, Toshkent, Farg’ona, Qarshi) buyon Xalq milliy o’yinlariga bag’ishlab ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazib kelinmoqda. Ularda xalq milliy o’yinlarining mazmuni, ularni sport darajasiga chiqarish, shu sohada mutaxassis kadrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash singari katta muammolar muhokama etilmokda.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi
Respublikada Xalq milliy o’yinlari bo’yicha musobaqalar, festivallar o’tkazilishi, ilmiy tadqiqotlarning natijalari va eng muhimi milliy qadriyatlarni jahon miqyosiga chiqarishdagi sa’y-harakatlar milliy sport turlariga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. Buning boisi shun­daki, respublika viloyatlarining ko’pgina hududlarida milliy kurash ommalashib ketgan. Katta to’ylarda albatta kurash musobaqalari o’tkaziladi. Kurashda g’olib polvonlarga sovrin uchun ot, tuya, xo’kiz, gilam va boshqa qimmatbaho buyumlar, katta miqyosdagi pullar qo’yiladi. Bu jihatlar kurashchilarning moddiy mafaatlarinigina ko’zda tutmasdan, balki to’yga tashrif buyurgan mehmonlar, kurashixlosmandlarini xursand qilish uchun qo’llaniladi.
O’zbekistonning mustaqilligi yillarida kurash bo’yicha turli rasmiy musobaqalar, Halqaro turnirlar, Pre­zident sovrini uchun birinchiliklar o’tkazish an’anaga aylandi. Bunday ulug’vor tadbirlar kurashning xalqaro sport maydonlariga dadil chiqishiga yo’l ochib berdi.
O’zbekiston Prezidentining farmoni, Vazirlar mahkamasining kurashni rivojlantirishga doir qarori /1998 yil/ bu sohadagi faoliyatlarni keskin o’zgartirib yubordi. Natijada, 1999 yil mayda Toshkentda o’zbek kurashi bo’yicha birinchi jahon chempionati o’tkazildi. Bu tadbir respublika aholisini g’oyat quvontirdi. O’zbek kurashini 70 dan ortiq davlat tan oldi va ular o’zlarida Kurash federatsiyalari, Assotsiatsiyalarini tuzdilar. SHu sababli O’zbekistonda Halqaro Kurash Assotsiatsiyasi tashkil etildi /1998 yil/. Natijada 2000 yil Antaliya (Turkiya) shahrida ikkinchi jahon chempionati o’tkazildi. 2001 yil Vengriyada III jahon chempionati bo’lib o’tdi.
O’zbek kurashini o’z yurtlarida rivojlantirish uchun O’zbekistondan polvonlar, mutaxassislar, murabbiylarni taklif qilishmoqda. Bu, birinchi navbatda, Xindiston, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda amalga oshirildi.
2000 yil oktyabrda Angliyada o’zbek kurashi bo’yicha «Islom Karimov» nomi bilan xalqaro turnir o’tkazildi. Bunda ilk bor 13-14 yoshli o’g’il va qiz bolalar ishtirok etdi. SHuningdek mutlaqo og’ir vaznda kurash musobaqalari qizg’in o’tkazildi.
E’tirof etish kerakki, o’zbek kurashi (Buxorocha usul) va belborli kurash (Farg’ona usuli) O’zbekiston Prezidenti va hukumatining diqqat-e’tibori va nazoratidadir. CHunki milliy qadriyatlarimizni jahonga tanitish. O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarish, madhiyasini chet mamlakatlarda baralla yangratishda o’zbek kurashining nufuzi va mohiyati tobora oshib bormokda. Bu, o’z navbatida, mamlakatimizning jahon xalqlari orasidagi obro’sini oshirish, shon-shuxratini olamga yoyishning ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin