3. Qo’mitaning huquqlari va javobgarligi Qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek o’zining hududiy bo’linmalari, o’ziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan va boshqa tashkilotlardan Qo’mita vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha hujjatlar, statistic ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar, xulosalar va boshqa axborotni so’rash, talab qilish va olish;
Jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi taqdimnomalar ni tartibda ko’rib chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborish;
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni, shujumladan mintaqalarni rivojlantirish bo’yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga xarajatlar smetalarini ko’rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
Xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va xalqaro huquqnormalariga muvofiq jismoniy tarbiya va sport masalalari bo’yicha boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlik to’g’risida shartnomalar tuzish;
olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatlar berish, ilmiy va ekspert ishlarini olib borish, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqishi uchun, shuningdek sportning xorijiy namoyondalarini Qo’mita tizimiga kiradigan ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslari o’tkazish uchun shartnoma asosida taklif etish;
belgilangan tartibda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlari o’tkazilishini tashkil etish;
Qo’mita tizimiga kiradigan idoraviy mansub sport tashkilotlari va ta’lim muassasalari uchun zarur texnik uskuna, sport uskunasi, inventor sport formasi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;
Xalqaro va respublika chempionatlarini, kuboklar, turnirlar, shuningdek sport-ommaviy tadbirlarni o’tkazishda g’oliblar va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdordagi medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;
sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatning boshqa mutaxassislariga, shuningdek sport muassasalarining sport jamoalariga respublika sport unvonlari va malaka toifalari berish, kuboklar, medallar, znachoklar, ko’krak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
tashkilotlarning jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya ommaviy tadbirlarni o’tkazishi, jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini har xil tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabilarda ishtirok etishga tayyorlash uchun ularga Qo’mitaning mablag’larini ajratish;
festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar g’oliblari, sovrindorlari, ishtirokchilari va faxriy mehmonlarini estalik medallari, diplomlar, kuboklar, sovg’alar bilan mukofotlash;
o’zvakolatlari doirasida konferentsiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan shunga o’xshash tadbirlarda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan aloqalarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida reklama va boshqa targ’ib qiluvchi mahsulotlarni (mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga yo’naltirilgan reklama, audio-video materiallar va broshuralar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallari) chopetish, ko’paytirish, yaratishga mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlaro orqali buyurtma joylashtirish;
Qo’mitaning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub bo’linmalarida ishlashi uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Jismoniy tarbiya-sport faoliyati sub’ektlaridan ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishini talab qilish;
Trenerlik faoliyati bilan shug’ullanishga ruxsatnomalarni va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlari pasportlarini belgilangan tartibda berish, ularning amal qilishini to’xtatib qo’yish va to’xtatish, ushbu ruxsatnomalarni bekor qilish;
Jismoniy tarbiya va sport sohasining alohida fidoyilik va mehnatsevarlikni namoyon qilgan yangi iqtidorli namoyondalari va xodimlari nomzodlarini belgilangan tartibda mukofotlarga taqdim etish.
Qo’mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Qo’mita o’z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari bilan birgalikda qo’shma qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar chiqarish huquqiga egadir.
Qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4. Qo’mita faoliyatini tashkil etish Qo’mitaga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Qo’mita O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar birinchi o’rinbosarga va ikki nafar o’rinbosarga ega bo’ladi.
Rais:
Qo’mita faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Qo’mitaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Qo’mita vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi;
Raisning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarining, Qo’mitaning, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, vazifalari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida Qo’mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari shtat jadvalini, shuningdek O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan Qo’mitaning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Qo’mitaning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari bo’linmalarining tuzilmasini va ular to’g’risidagi nizomni, shuningdek Qo’mitaning idoraviy mansub tashkilotlari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Qo’mitaning markaziy apparati xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar hamda viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi raisi lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishini kelishadi;
Qo’mita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni hammaga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari Qo’mitaga va tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkentshahri hokimliklariga bo’y sunadi va hisobot beradi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining Ijro etuvchi apparati O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasiga hisobot beradi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga rahbarlik qilishni Qo’mita raisining o’rinbosari ijro etuvchi director amalga oshiradi. Ijro etuvchi director Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi nomidan ish ko’radi, mehnat to’g’risidagi qonunlarga muvofiq xodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shtat jadvalini, ijro etuvchi apparatni va mintaqaviy filiallarni joriy ta’minlashga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini belgilangan tartibda tasarruf etadi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi raisi Qoraqalpog’iston Respublikasi yo’qori Kengashi tomonidan Qo’mita raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Qo’mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari o’z faoliyatini Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Qo’mita tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Qo’mitada rais (hay’atraisi), uning birinchi o’rin bosari va ikki o’rinbosari (lavozimbo’yicha), shuningdek Qo’mita faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Qo’mitaning tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Qo’mita raisining taqdim nomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi:
Ushbu Nizomda belgilangan Qo’mita faoliyatining asosiy yo’nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Qo’mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qaytatayyorlash;
Ijro intizomini mustahkamlash va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Qo’mitaning rahbarlari va mutaxassislarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Hay’at Qo’mita vakolatiga tegishli bo’lgan boshqa masalalarni ham ko’rib chiqishga haqlidir.
Hay’at majlislariga Qo’mita vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi boshqa organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko’pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Qo’mitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Rais va hay’at a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. Hay’at a’zolari ham o’zfikr-mulohazalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Qo’mitani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-MA’RUZA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETUVCHI DAVLAT IDORALARI Reja: O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy vazifalari.
Xalqta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki.
Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar.
Ichki ishlar, mudofaa, qishloq va suv xo’jaligi, yengil sanoat, madaniyat ishlari va boshqa sohalar bo’yicha idora qiluvchi vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari.