8.2. Xarakatni bajarishning oliy maqomi Shakllangan xarakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi xarakat akti yoki xarakat faoliyatini
bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi xar qanday sharoitda shuullanuvchi malakani egallashga va
uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda, xarbiy, sport soxasida) odatlantirish va o‘rgatishdir. Faqat shu
xoldagina malaka o‘zining amalliy qimmatiga ega bo‘ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shuullanuvchi ishonch
bilan balandlikdan sakrab o‘ta olsayu, lekin o‘sha malakani tabiiy to‘siqlardan o‘tishda amaliyotda (xayotda) qo‘llay
olmasa, bunday malakaning qimmati past bo‘ladi.
Xarakatni oliy tartibda bajara olish – bu o‘zlashti-rilgan, o‘rganilgan xarakatlarni oz kuch sarflab,
sarflanadigan energiyani o‘ta iqtisod qilib turmushda aniq qo‘llay olishdir.
Bunday ijro malakasi shakllangan xarakat malakasi asosida va nisbatan yuqori darajadagi maxsus bilimlar
evaziga vujudga keladi. Aslida taolimning (o‘qitishning) pirovard maqsadi xam xarakatni oliy tartibda bajara olishga
o‘rga-tishdir.
Xarakterli belgilari. 1. Oliy tartibda xarakat qila olish ongning xizmat faoliyatini yuqori darajasi xisobidan, xolatni oboektiv taxlili
qila olish, eng zaruri vaqt difitsitini eotiborga olgan xolda malakani shunday qo‘llaydiki, u albatta eng yuqori samaraga
olib kelishi.
2. Xarakat faoliyatini tashkillovchi xarakat aktlarini avtomatlashgan xolda, ongning nazorati ostida, kerak
bo‘lsa ko‘nikmagan sharoitda korreksiya talab qilinganda xam bajarilishi.
3. Oliy tartibdagi xarakatni qila olish faqat to‘la (bir butun) xarakat faoliyatlarini bajarishdagina namoyon
bo‘lishi.
Oliy tartibdagi bajara olishning shakllanishi jismo-niy tarbiyaning amalliy axamiyatini ifodalaydi, sport maxo-
ratini oshirishning rezervi xisoblanadi. Xarakat malaka-lariga qo‘yilayotgan talablarning xarakteri bajara olishning oliy
tartibini uch turga ajratish imkonini beradi.
O‘rganganidan, egallaganidan qila oladigandan, atrof muxitni talablari bilan muvofiq, parallel yoki turli xil
ketma-ketlikda samarali foydalanish lozim bo‘ladi. Masalan, yugurish malakasini tabiiy to‘siqlardan oshishda qo‘llash.
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki bir necha shakllangan malakalardan foydalana olish, masalan yugurib ketayotib
uloq-tirish.
Ikki yoki bir-necha shakllangan malakalardan ketma-ket samarali foydalana olish. Masalan, dumbaloq
oshishlardan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish.
Xarakat malakasining shakllanishi va takomillashishi qonuniyatlari xarakat faoliyatlarini o‘qitishning xar bir
xolatida namoyon bo‘ladi. Lekin uning shakllanishi, takomil-lashishi va so‘nishining davomiyligi (uzunligi) juda xam
turlicha va o‘quvchining qobiliyatiga, ayniqsa, malakaning o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘qituvchining shaxsi va taolim
metodi-kasining takomillashuviga, ortib borayotgan xarakat tajribasi va x.k.ga boliqdir.