Xorijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari
Havaskorlik va professional sport. So'nggi davrda sport keng qanot yozib taraqqiy qila boshladi. Kollejlar va universitetlardagi sport keng jamoatchilik doirasiga yoyilib, jismonan chiniqish va faol dam olish vositasiga aylana bordi. XIX asr oxirlarida sport havaskorlik va professional darajasiga chiqib oldi. Bu 1894-yil Parijda havaskorlik sportining tamoyillarini o'rganish va uni keng yoyishga bag'ishlangan Xalqaro Kongressda rasmiy tasdiqlangan.
Professional sport. Sport klublar, uyushmalar, sport sindikatlari va trestlari (horijdagi faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar) tomonidan sportning bu yo’nalishi tashkil etiladi. Professional sportchilar shaxsiy va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar, xodimlar bilan shartnomalar (kontrakt) tuzadi va ularga xizmat qiladi. Bu jihatlar jahonning barcha mamlakatlariga xos xususiyatga aylandi. Ya’ni eng
yetuk va ishonchli sportchilar kelishilgan narxda sotib olinadi yoki sotiladi. Bunda sportchilarning shaxsiy roziligi, xohishi va tashabbusi asosiy rol o’ynaydi. Professional sportning yana bir o’ziga xos jihati borki, sportchilar cheklanmagan yoki havaskorlik sportidagi qoida yoki normativlardan ustunroq bo’lgan holat-larda (vaqt, texnik-taktik qoidalar va hokazolar) bel-lashadilar. Masalan, og’ir va mutloq og’ir vazndagi boks, tennis va boshqa sport turlarida bu jihatlar ko’proq kuchaydi.
Xulosa qilib aytganda, horijiy mamlakatlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari boTsada, ular xalqaro sport harakatlari talablari doirasida amalga oshiriladi. Ularning eng asosiy maqsadi katta va professional sportni rivojlantirish, uning negizida esa jis oniy trabiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni ko’paytirish ko’zda tutiladi.
XULOSA Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalkdarning kundalik faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni o’zada ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi va taraqqiyot yo’li uzoq darvlarni hamda juda ko’p turli-tuman faoliyatlarni o’z ichiga oladi.
E’tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSH, YAponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Franqiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o’zining salmokdi o’rni va har tomonlama mavqei jihatidan e’tiborga loyiq bo’lgan Rossiya, Xitoy, Hindiston, Arab mamlakatlari o’rtasida sport sohasida o’zaro aloqalar mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda. Jahon xalqdari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. U xalklarni faqat sportdagi faoliyatlari bilangina emas, balki turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda progressiv g’oyalari bilan ham o’zaro bog’laydi.
Nima uchun xorij davlatlartida sport rivojiga bunchalik e’tibor berilishini mana hunday nazariy muxokama va ishlab chikarish jismoniy tarbiyasining iktisodiy samaradorligi bilan tushuntirish lozim buladi. Sportning uziga xos yana bir ajoyib tomoni shuki, sport u yoki bu ijtimoiy tuzumning afzalligini deyarli xar kuni yuz millionlab odamlarda juda kurgazmali tarzda, ya’ni, mexnatkashning salomatligida, umrbokiyligida, tula-tukis xayotida namoyon qiladi.
Ilg`or kapitalistik mamlakatlar katta sport rivojlanishini tezlashtirish choralarini kurayotganlari bejiz emas. Shu maksadda muayyan siljishlar ruy beryapti va xozirgi zamon ilmiy-texnika revolyutsiyasi erishgan yutuklarni xisobga olgan xolda sport moddiy-texnika bazasini takomillashtirish ta’minlanmokda. Ammo bu jarayon kuprok foyda olish manbai sifatida kechmokda. Monopoliyalar urtasida sport asbob va anjomlari sotish bozori uchun keskin kurash kuloch yozgan. Bu xakda I. S. Stekov tuplagan faktlar kizikarlidir. Masalan, Buyuk Britaniya bozorlari uchun Italiya firmasi «Valsport» va Garbiy Germaniyaning sport poyabzali ishlab chikaruvchi «Adidas» firmasi kurash olib bormokdalar. «Adidas» firmasining egasi Xorst Dassler esa Ralf Bostan uchun maxsus tufli tayyorlab berdi. Bu «Adidas» firmasi maxsuloti uchun muvaffakiyatli reklama yaratdi, unga esa juda katta foyda keltirdi. Garbiy Germaniyaning «Puma» firmasi egalariga shu firma tikib bergan tuflini upayotgan Eysebio fotosurati juda katta foyda keltirdi. 1968 yilgi Kishki Olimpiadada tor changisi sporti buyicha uchta oltin medal soxibi bulgan Kil uchun changi yasab bergan «Rassional» frantsuz firmasi uz maxsulotini sotishda katta muvaffakiyatga erishib tor changichilari uchun jixozlar sotish buyicha jaxon bozorida uzok yillar davomida ustunlikka erishdi, deb yozadi.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish Vazifalari hal etiladi.
O’qituvchi yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki AQSh o’rta maktablarida o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik kasb-hunar, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda: qishloq xo’jaligi biznes ta’limi savdo va sanoat qurilish bo’yicha hunar,kasb-kor asoslari o’rgatiladi.