Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə112/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

12-Mavzu. Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati.
Reja:


  1. Pulsometriya (jismoniy yuklamalarning organizmga ta’sirini aniqlash)ning qo‘llanilishi,

  2. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari, o‘quvchilarning xulqi, darsni umumlashtirish haqida ma’lumotlar berish.



Pulsometriya o’tkazish uslubiyati
Jismoniy tarbiya darslarida pulsometriya olib borishdan, ya’ni tomir urishini o’lchashdan asosiy maqsad darsdagi yuklamaning o’quvchilar yoshiga, tayyorgarligiga, mashg’ulot o’tkaziladigan joy sharoitiga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Pulsometriya ma’lumotlarini to’g’ri tahlil qila bilish esa talabalarga keyinchalik o’z harakatlarini ob’ektiv baholash, har bir sinf uchun yuklamalarni to’g’ri rejalashtirish, boshqarish usullarini egallashga yordam beradi.
Kuzatuv sekundomer yordamida bir o’quvchi ustida olib boriladi. Buning uchun o’qituvchining topshiriqlarini faol bajaradigan o’quvchi tanlab olinadi. Ushbu o’quvchi kuzatuv ob’ekti haqida oldindan ogohlantirilishi kerak.
Puls birinchi bor darsga qo’ng’irok chalinishiga 5 daqiqa qolganda o’lchanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatiluvchi o’quvchining tinch holatda, ya’ni uning puls ko’rsatkichi me’yor holatida ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
“Puls” so’zi lotinchadan tarjima qilinganda “turtki” ma’nosini berib, tomir urishi, yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi, kengayib-torayishi demakdir.
Puls asosan bilakning ichki yuzasida, bilak arteriyasi sohasida aniqlanadi. Buning uchun tekshiriluvchining bilak bo’g’imi qo’l bilan shunday ushlanadiki, bosh barmoq bilakning ichki tomonida, boshqa barmoqlar bilan esa uning yuzidagi urib turuvchi bilak arteriyachasi paypaslab topilib, bir oz bosiladi. Puls 10 sekund mobaynida o’lchanadi.
Tomir urishini quyidagicha o’lchash tavsiya etiladi:
1.Agar ish doimiy xususiyatga ega bo’lsa, saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va h.k. orasida har 3 daqiqada, 3 daqiqadan kam oraliqda tomir urishini o’lchash maqsadga muvofiq emas, chunki o’quvchini tomir urishini o’lchash uchun tez-tez jalb etish darsdagi haqiqiy yuklamani aniqlashga yordam bermaydi.
2. Darsning har bir qismi tugaganidan so’ng.
3. Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, yugurib kelib sakrash, estafeta bosqichini tugatish va h.k., murakkab mashqlarni bajargandan so’ng.
Olingan ma’lumotlarni hisoblashda 10 sekunddagi tomir urishining natijasini oltiga ko’paytirib, bayonnomaning beshinchi ustuniga, uning foizlardagi (%) o’zgarishini oltinchi ustuniga yoziladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki tinch holatda o’lchangan tomir urishi 100 % deb olinadi. Ikkinchi marta o’lchangan tomir urishining dastlabkisiga nisbatan necha foiz oshganligini aniqlash uchun nisbat tuzilib, ishlanadi. Masalan: bayonnomadagi tinch holatda o’lchangan tomir urishi 1 daqiqada 90 marta, ikkinchisida 103 marta bo’lsin.
Shunga qarab nisbat tuziladi:
90 - 100 % 103x100
103 – X Xq ------------- q 114,4 %.
90
Uchinchisida 108 marta bo’lsa, yana nisbat tuzamiz:
108x100
90 - 100 % Xq ----------------- q 120 % va h.k.
108 - X 90

Yuqoridagi vazifalar bajarilganidan so’ng, olingan ma’lumotlar asosida tomir urishining egri chiziqli chizmasi chiziladi.


Yuqoridagi hujjatlarga asoslanib, oxirida darsdagi yuklamaning yozma tahlili bajariladi. Bunda quyidagilar yoritilishi kerak: darsning vazifalari, darsning turi, o’quvchilarning darsgacha bo’lgan faoliyati. Dars davomida tomir urishining o’zgarishi va uning sabablari, darsning alohida bir qismida va butun dars davomidagi og’irlikning maqsadga muvofiqligi. Darsning oxiridagi tomir urishi soni va uning jismoniy tarbiya darsidan keyin 5 daqiqa davomida tiklanishi. Tahlil yakunida kuzatuvchi o’quvchilarning darsdagi yuklamasi bo’yicha o’zining mulohazalarini, takliflarini yozishi kerak.
Tomir urishini o’lchash bayonnomasi, tomir urishining egri chiziqli chizmasi va olingan ma’lumotlarning tahlili qo’shilgan holda bir butun hujjatni tashkil etadi.
To’liq tugallangan hujjat kuzatuvchi tomonidan imzolanadi va darsni o’tgan o’qituvchiga tanishib chiqish uchun beriladi. U, o’z navbatida, hujjat bilan tanishib, o’zining mulohazalarini bildiradi va hujjatga imzo chekadi.
Umumta’lim maktablari o‘quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiyaning shakllariga quyidagilar kiradi: mashg‘ulotgacha gimnastika mashqlari, jismoniy mashq daqiqasi, tanaffuslar vaqtidagi o‘yinlar, kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport soati, sayrlar.
Maktabda darsdan avval o‘tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi dars oldidan o‘tkaziladi. O‘quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika o‘quvchilarning diqqatini faoliyatga jalb etadi va ularni darsga tayyorlaydi. Darhaqiqat, maktabga bolalarning ba’zi birlari oldin kelsa, boshqalari gimnastikaning boshlanish paytiga etib keladi. O‘quvchilarning ba’zilari maktabga kelgunga qadar o‘ynab, yugurishga ulgurgan bo‘lsa, boshqalari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, ayrimlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar, ya’ni dars boshlanishidan oldin hamma o‘quvchilarning ham diqqati bir erga to‘planmagan bo‘ladi. Shuning uchun ularning diqqatini jamlash va aqliy mehnatga tayyorlash lozim. Ana shuning uchun ham mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalarni tinchlantiradi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, tetiklashtiradi.
Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani har bir maktabda o‘tkazish shart. Maktab ma’muriyati va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bu tadbirni yaxshilab yo‘lga qo‘yish uchun o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar, ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Agar pedagoglar yig‘ilishida darsdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika jiddiyroq muhokama qilinsa, bu holda gimnastika maktab hayotiga tezroq singadi.
Mashg‘ulotgacha gimnastika o‘tkazilishi maktab direktorining buyrug‘i bilan e’lon qilinsa, yanada yaxshi bo‘ladi, chunki bu holda o‘quvchilarning intizomi yaxshilanib, bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini o‘tkazish uchun eng yaxshi o‘quvchilar va faollarni o‘ziga yordamchi qilib tayyorlashi kerak.
O‘quvchilarga mashq majmualarini jismoniy tarbiya darslarida o‘rgatish mumkin. Ular esa bu majmualarni uyda o‘zlari mustaqil ravishda puxtalaydilar. Jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan o‘quvchilar shifokorning maslahati bilan uyda har kuni ertalab gigienik gimnastika mashqlari majmuasini bajarishlari lozim.
Ko‘pchilik maktablarning tajribasiga asosan, o‘quvchilarda darsdan oldin o‘tkaziladigan gimnastikaga havas uyg‘otish uchun sinflararo musobaqa tashkil etilib, maxsus salomatlik burchagi tuzish, unga natijalarni yozib borish shart. Buning uchun faollardan hakamlar tanlanib, ular har bir sinfning mashqlarni bajarishi, xulqi, faolligini baholaydilar. O‘quvchilarning uyushqoqligi ko‘p jihatdan ular bilan olib borilgan tayyorgarlik ishlariga bog‘liq bo‘ladi. Mashqlarni bajarish uchun har bir sinfga maydondan alohida doimiy joyni ajratib qo‘yish lozim. Mashqlarni jamoatchi faolning navbatchi o‘qituvchiga raport berishidan boshlash kerak. Gimnastika mashqlari musiqa bilan o‘tkazilsa yanada yaxshi bo‘ladi.
Darsdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika 8—10 minut davom ettiriladi. Kichik sinflarda mashqlarni bajarish vaqti 5-7 minutgacha qisqartiriladi. Har bir mashqlar kompleksini o‘quvchilarga 10-15 kun davomida bajartirish mumkin. O‘quvchilarda mashq bajarishga bo‘lgan havasni oshirish maqsadida har ikki-uch kundan keyin majmuaning biror qismini o‘zgartirib turish lozim.
Oltinchisi – siltanish harakatlaridan iborat bo‘lgan mashqlardir. Bunday mashqlar natijasida bo‘g‘imlar chaqqon ishlaydi, bilak, oyoq va ko‘krak qafasi yaxshi rivojlanadi.
Yettinchisi – sakrash, yugurish va chaqqonlik bilan cho‘nqayish mashqlari bo‘lib, ular nafas olish va qon aylanishini, barcha ichki a’zolarning faoliyatini kuchaytiradi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin