Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlikning vositalari. Amaliy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulot shakllari



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə120/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

2.Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlikning vositalari. Amaliy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulot shakllari.
Darsdan tashqi jismoniy tayyorgarlik butun o’qish jarayonida olib boriladiva u kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi ni to’ldirish uchun xizmat qiladi.
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligida darsdan tashqari o’qituvchi topshirig’iga asosan shaxsiy reja bilan bajariladi. Darsdan tashqari kasbiy amaliyjismoniy tayyorgarligni o’tkazishning asosiy vazifasi kelajak professionalfaoliyati uchun muhim bo„lgan ruhiy-jismoniy sifatlar va harakat malakalariningtakomillashtirishdan iborat. Shu bilan birga kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligio’quv yurtlarida, o’qish mobaynida, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik,sog’liqnimustahkamlash, jismoniy va aqliy ish bajarish qobiliyatinita’minlashga qaratilgan bo’ladi.
Darsdan tashqari kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi bilan shug’ullanganda talabalarni jismoniy tarbiyalashning quyidagi shakllariqo’llaniladi: ertalabki gigienik badan tarbiya, yil davomida har xil mashqlarbajarish, kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi dasturi bo’yicha maxsusmashg’ulotlarni mustaqil ravishda bajarish.
Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari talabalariga quyidagi kundalikjismoniy tarbiya to’plami tavsiya qilinadi:
1. Ochiq havoda ertalabki badan tarbiya.
2. Suv tadbirlari.
3. 1,5-2 km masofaga o’rtacha tezlikda yugurish va yurish.
4. Yurak-qon, nafas olish tarmoqlari, ko’rish, qo’l, barmoqlarharakatining aniq bo’lishi.
5. 1-2 daqiqa davomida nafas olish va yaxshi ko’rishnirivojlantiruvchi mashqlarni mustaqil bajarish.
6. 1,5-2 km yurib, chuqur nafas olish, ko’rish, qiziquvchanlik, fikrlashmashqlarini bajarish.
7. Dush.
8. Uyqudan oldin 2 km yurib, sayr qilish.


3.Ba'zi bir kasb egalarining kasb-amaliy jismoniy tayyorgarligi. Xirurg. shofer. o'qituvchi kasbi bo'yicha professiogramma tuzish.
Har bir kasb uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari tanlangan mutaxassislikka o‘rgatish jarayonida va mehnat jarayoning o‘zida orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta’lim jarayoni nima xsus jismoniy mashg‘ulotga qo‘shib olib borilsa, ish operatsiyalarini o‘rganib olish ancha tezroq bo‘ladi. Ko‘pincha jismoniy fazilatlarning yetarli darajada taraqqiy etmagani kasbiy mahoratga erishish yo‘lida yagona to‘siq bo‘ladi. Ko‘p hollarda jismoniy mashg‘ulot qilmagan kishini mutlaqo ishga qo‘yib bo‘lmaydi (reaktiv aviatsiya uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlarning qo‘llanishi professional ta’lim saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina iqtisodiy foyda keltiradi, chunki bunda o‘quv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablag‘lar kamayadi.
Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, u hech qachon insonni jismoniy tarbiyalashning mustahkam asosi bo‘lgan umumiy jismoniy tarbiya o‘rnini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik uchun ham asos bo‘lib xizmatqiladi.


Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin