Jismoniy tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi nazariyasi bir qator maxsus ilmiy fanlar majmui bilan chambarchas bog‘langandir.
Bu fanlar majmuidan biri ijtimoiy-gumanitar xarakterdagi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi, umumiy pedagogika, maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi, jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi, bolalar psixologiyasi fanlar jismoniy tarbiyani tashkil qilish va rivojlantirishning ijtimoiy qonuniyatlarini, jismoniy mashqlarning inson ruxiyatiga ta’sirini, shuningdek pedagogik ta’sir vositalari, ko‘rinishlari va usullarini xayotda qo‘llash yo‘llarini o‘rganadi. Boshqa biologik va bir biriga tutash bo‘lgan tabiiy –ilmiy fanlar jimoniy mashqlar fiziologiyasi va biomixa-nikasi, dinamik anotomiya, biokimyo, tibbiyot, pediatriya, jismoniy mashg‘ulotlar gigienasi, badantarbiyada shifokor nazorati, davolash jismoniy tarbiyasi, odamning biologik rivojlanish jarayonini o‘rganadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ilmiy fanlarning har bittasi jismoniy tarbiyaning ma’lum bir tamonini o‘rganadi, lekin tarbiyaning barcha natijalari majmuiga erishish uchun xizmat qiluvchi pedagogik ta’sirlar tizimiga asos bo‘la olmaydi. Bu vazifani bajarish maxsus pedagogik fanning, ya’ni bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va uslubiyatining zimmasiga yuklanganki, bu fan jismoniy tarbiyaga talukli bo‘lgan boshqa fanlardagi boshqa yutuqlarni umumlashtirish xususiyatiga ega.
Bolalar organizmi har xil yoshdagi fiziologiyasi va bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini o‘rganishga mukammal yondoshib olishga qodir va o‘z aro bir biriga bog‘liq bo‘lgan ilmiy fanlar maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasining tabiiy ilmiy va psixologik pedagogik negizini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra bola organizmi faoliyati oliy asab faoliyati tamonidan boshqariladigan fiziologik, funksional va ruxiy jarayonlarni o‘z aro bir biri bilan bog‘lovchi yagona tizim deb etirof etiladi. Fiziologik va ruhiy jarayonlarni yig‘ib qaytaruvchi reflektor faoliyati bilan qios qilsa bo‘ladi, faqat shunisi borki, bu faoliyat turicha munosabatlarda ifodalanadi. Shuning uchun faoliyatni psixologik jixatdan tadqiq qilish fiziologik tadqiqotning tabiiy davomi xisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bola ruxiy faoliyatining neofiziologik mexanizmlari shartli refleks bilan ifodalanar va bu narsa butun bo‘lajak davrda tashqi muxit ta’sirida ya’ni tarbiya jarayonida shakillanar ekan.
Fanning bu sohada erishgan zamonaviy yutuqlari buyuk rus fiziologlari I.M. Sechenev, I.P.Pavlov, V.M. Bextaraevlarning oliy asab faoliyati xaqidagi talimotlariga suyanadi. Bu olimlarning shogirdlari va izdoshlari N.I. Krasnogorskiy. N. I. Kasatkin, A.N. Krastovnikov va boshqalar o‘z ustozlarining ta’limotlarining bolaning asab faoliyatiga muvofiq ravishda rivojlantirdilar.
L.S. Vigotiskiy, A.N. Liont’e, S.L. Rubinshteyn kabi psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, “Mantiqiy fikrlash, ijodiy tasavvur, ma’lum maqsadga qaratilgan ifoda quvvasi kabi odamzodga xos layoqatlardan birontasi xam bolaga tug‘ilgan chog‘idanoq tayyor xolda berilmaydi, balki u layoqatlar butun xayot davomida shakillanar ekan, ya’ni bolalar o‘z ajdadlari tamonidan asrlar moboynida g‘amlangan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirgan chog‘idagina yuqorida zikr etilgan layoqatlarga sozovor bo‘lar ekan”.
Dostları ilə paylaş: |