Mehr tuyg’usi inson uchun ulug’ ilohiy tuhfadir. Bu tuyg’udan inson o’zini mahrum qilsa, bu dunyoning o’zida do’zax azobi o’rtanishida qoladi. Chunki inson birovga mehr baxsh etmay, birovdan mehr ko’rmay yashay olmaydi. Riyozat yo’li va mehr tuyg’usi barcha yosh uchun xosdir. Ammo insn oila qurgach, uning hayotida halol rizq bilan turmush o’tkazmoq, farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish kabi jiddiy sinovlar paydo bo’ladiki bular endi ibrat va ilmning o’zi bilan bo’ladigan savdolar emas. Ilm yo’lida ham riyozat chekiladi, ammo halol rizq bilan ro’zg’or tebratish, solih farzandlar o’stirib, voyaga etkazish bu aslida Borliq haqiqatini amaliy faoliyat jarayonida butun vujudingiz bilan his qilishga olib keluvchi haqiqiy ma’rifat maktabidir. Aslida aqlimizni peshlab, insonlar jamiyatini Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz tushunganidek tushunsak edi allaqachonlar ko‘p muammolarimiz echilgan bo‘lur edi. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merostuganmas xazinadir. Ularda nafaqat bir inson, balki butun insoniyat o‘tmishi, buguni va kelajagi yaxlit namoyon bo‘lgan. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashini voqelik mohiyatining o‘zak qonuni sifatida idrok etilishi barcha narsa-odisalar mohiyatini juftlikda ko‘rib, ularni albatta bir-biri bilan cheksiz kurash holatida tasavvur qilishga olib keladi. Nazariyada, albatta, zid tomonlar bir -birini taqozo qilishi tan olinadi,
Ular
barchasi bir bo‘lib, yaxlit voqelikni tashkil etadi. Navoiy “Mahbub ul-qulub” da bu qarashni bevosita, ochiq ijtimoiy tahlil orqali ifodalagan. Unda o‘sha davr jamiyatiga xos qirq toifaga ta’rif beriladi va ularning turli jihatlari mukammatavsiflanadi. Har birining tabiatidagi fazilat va qusurlar xolis ochib tashlanadi.
Turkiy tildagi mumtoz adabiyot ijtimoiy masalalarga doimo jiddiy e’tibor berib kelgan. Biz toshbitiklar va Yusuf Xos Hojib asaridan buni yaxshi bilamiz. Ammo Nizomiy “Xamsa”sidan boshlangan badiiy tafakkurning murakkab izlanishlari ijtimoiy mavzuni -davlat, jamiyat va shaxs ma’naviyati orasidan uyg‘unlik masalasini benihoya teran tahlil qilib berdi va bu tahlil Alisher Navoiy ijodiga kelib aytish mumkinki, bir millat yoki mintaqa emas, xatto jahon ahlma’naviyati rivojida butkul yangi, yuksak kamolot bosqichini mukammal namoyon qildi. Navoiyning butun merosi devonlaridagi g‘azal, qit’a, qasida, tarje’band va soqiynomalar, dostonlari va nasriy asarlari, ilmiy ijodi - barchasi yaxlit bir manzara - Navoiy davridan bir necha asrlar keyin - bizning zamonamizdavoqelikka aylanishi mumkin bo‘lgan Yangi bir ijtimoiy ma’naviy uyg‘unlikdan bashorat qiladi. Qonun ustuvorligiga asoslangan, haqiqiy fuqarolar jamiyati desa arziydigan, tom ma’noda ijtimoiy adolat va xalq hokimiyati amal qilayotgan, davlat, jamiyat, xalq ma’naviyatining yuksak uyg‘unligi asoslari bundan 500 yil ilgari shu daraja yorqin tasavvur etilgani va badiiy ifodalab berilgani insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Navoiy yaratgan uyg‘un jamiyat manzarasi qanday belgilarga ega? Avvalo, bu manzara xayoliy (utopik) emas, voqe’ asosga qurilgan manzaradir.Ikkinchidan, bu manzara moddiy tenglik va behisob to‘kinchilik holati emas, ma’naviy voqelikdir. Uchinchidan, Navoiy yaratgan ijtimoiyma’naviy uyg‘unlik manzarasi zo‘rlik, muayyan kichik bir guruhning zo‘ravonligi yo‘li bilan joriy etilgan majburiy tenglik jamoasi emas, umumbashariyatning cheksiz adashuvlar, og‘ir mashaqqat va iztiroblararo necha asrlar davomida astasekin va ixtiyoriy erishgan ma’naviy kamolot holatidir. Unda hali ham adashuvlar, qiyinchiliklar, iztiroblar, yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin, ammo bahamjihatlik, insonlarning bir-irini tushunishga intilishi oxirnatijada g‘olib chiqish ehtimoli kengaygan, shunga muvofiq ma’naviy muhit shakllangan. Bu jamiyatda mulkdor ham bor, mulksiz ham, ammo har ikkovi ham o‘z ixtiyori bilan ushbu holatni kasb etgan. Bu jamiyatning har bir a’zosi o‘zligini anglab etgan, o‘z mavqeiga ega: davlat arbobi ham, olim ham, dehqon ham, savdogar ham; go‘dak ham, keksa ham; erkak ham, ayol ham. Hech kim birbiriga xasad qilmaydi, qo‘lidan kelmagan yumushga da’vo qilmaydi, o‘z yukini boshqaga ag‘darmaydi, ko‘tara olmaydigan yuknielkaga olishga behuda urinmaydi. Chunki insonlarda borliqning Oliy Haqiqatini tushunish bor, unga cheksiz intlish bor, nafaqat aql, balki butun vujud bilan, butun ehtiros bilan anglab etilgan imon, e’tiqod bor.
Bunday xislatlarni cheksiz sanash mumkin, ammo Navoiy yaratgan bu manzarani yaqqol ko‘rish uchun nima talab etiladi, shoir o‘zi bu darajada bashoratga qanday erisha olgan? - degan savol tug‘ilishi mumkin. Sababi bitta - barcha salaflari singari Alisher Navoiy ham o‘zidan oldin yaratilgan buyuk ma’naviy merosni imkoni darajasida mukammal o‘zlashtirgan, faqat aqli bilan emas, butun vujudi, borligi bilan, mehru samimiyati bilan o‘zlashtirgan, but imon, e’tiqod bilan Haqiqatni izlagan va Haqiqat unga yuz ochgan. Bu Allohning inoyati insonning samimiyati, o‘zligini anglashga cheksiz intilishi tufaylidir. Kimki ixlos bilan, imon va e’tiqod bilan, ezgu niyat bilan milliy va umumbashariy ma’naviy merosni o‘rganishga, uning mag‘zini anglab etishga urinsa, inshoolloh, unga ham Haqiqat jamoli nasib bo‘lgusidir. Ko‘pincha biz inson yaratuvchi deb gapiramiz, asli yagona yaratuvchi, ya’ni yo‘qdan bor qiluvchi Alloh taolodir, insonga esa Alloh yaratgan moddiy ashyolarni qayta ishlab o‘zgartirish qobiliyati berilgan. Navoiy nazdida, dunyoni obod qilishning ibtidosi ziroatdadir. “Mahbub ulqulub”ning bosh va suyukli qahramonlari, bizning tasavvurimizga ko‘ra, shoh va cultonlar, munajjim va voizlar emas, balki dehqon va darveshdir: “Dehqonki, dona sochar, erni yormoq bila rizq yo‘lin ochar...”
Dunyoga dil ko‘zi bilan qarashni o‘rgangan shoir dehqonni Odam atoga, o‘zgalarni uning qaramog‘idagi farzandlarga o‘xshatadi, olamning obodligini dehqon mehnatidan deb hisoblaydi. Tabiatdagi juda ko‘p jonzotlar ham dehqon mehnati samaralaridan bahramand bo‘ladilar.
Qadim ajdodlarimizning “Avesto” kitobida tabarruk hisoblangan zamin ayolga qiyos etiladi, uni erkalash, parvarish etish ulug‘ va muqaddas yumushsifatida dehqon zimmasiga yuklanadi. Ajdodlarimiz o‘zligini tanigandan boshlab er, suv va olovni ulug‘laganlar va dastlabki ikkisini pok saqlash , ezgu niyatlarda istifoda etish dehqon uchun ham huquq, ham mas’uliyat sanalgan.
Xulosa
Inson agar haq yo‘lida astoydil urinsa, ko‘p ish qo‘lidan kcladi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, g'aflat, shahvatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qattoli — xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona cmas. Shunga qaramay, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson o‘z huquqi va mas'uliyati me’yorlarini muayyan o'lchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitar tuzum davrida ayni shu mc’yorlaming asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma’naviy negizlariga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli oilalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo‘ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, ma'naviyatsiz, mustaqil o‘y-fikrsiz “komunizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida bo'lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning “parrak” lariga aylantirish niyatida edi. Va darhaqiqat, o’z manfur niyatlarini ancha-muncha amalga oshirib ulgurdi. XX asrning 70-yillariga kclib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda «manqurtlar saltunati» shakllandi. Keyinchalik O‘zbckiston Rcspublikasi Oliy majlisining birinchi yig‘ilishida Prczidcnt I. Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: "Bu tuzum o'z xalqining tarixini, uning ruhi vu urf odatlarini, o 'z avlod-ajdodini bilimaydigan manqurti insonga tayanardi".. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo'ysundirish asosan o‘shalarga ishonib topshirilgan edi. Allohga bcadad shukrlar bo’lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to‘liq tushib qolmadi.