Jizzax filiali


Globallashuv - hodisasi mohiyati



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/5
tarix23.11.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#119763
1   2   3   4   5
Global jarayonlar dialektikasi

1. Globallashuv - hodisasi mohiyati
Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televidenie va internetning roli har qachongidan ortadi. Misol uchun, 2002 yilgi Sidney Olimpiadasi musobaqalarining ochilish marosimini dunyo aholisidan 3 milliard 600 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan.
Rossiyalik olim Yu.Kashlev to‘plagan mana bu ma’lumotlarga e’tibor beraylik: Insoniyat XXI asrga 2,2 million radiopriemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan. Bundan 30-40 yil oldin buni tasavvur qilib ham bo‘lmas edi. Internet nomli magnatning paydo bo‘lishi 1995 yilga kelib undan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishini tashkil etishi, 1999 yilga kelib esa 171 million kishi undan foydalanishni o‘zlashtira olishi, 2002 yilga kelib internet abonentlari soni 500 millionga yetishi bu tizimning naqadar tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 2015 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 3 milliard kishi internetdan foydalana boshlagan. Boshqacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo‘ldi.
Bir paytlar qo‘shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega.
Globallashuv tushunchasi uning ma`no mazmuni va insoniyat taraqqiyotdagi o`rni masalasiga qiziqish ortib bormoqda. Globallashuv jarayoni er yuzidagi mamlakat va xalqlarni shu darajada uzviy bog`lab qo`ymoqdaki bu ni bashariyat tarixida shu paytga qadar hech qaysi vosita amalga oshira olmagan. Bu jarayon shunchalik kuchayib bormoqdaki hozirdanoq dunyoning biron bir hududi uning ta`siridan hali qolayotgani yo`q. O`tgan asrning oxirlarida paydo bo`lgan globallashuv atamasi jahon mamlakatlari iqtisodiy va ma`naviy hayotining yalpi umumlashib borayotganini ifoda etar edi. Globallashuv shunday jarayonni undan chetga turaman degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Mustaqillik davrida mamlakatlarimiz olimlari o`tkazgan va o`tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan darak beradi.
Globallashuvga berilgan ta`riflar juda ko`p lekin uning xususiyatlarini to`laroq qamrab olagani, bizningcha frantsuz tadqiqotchisi B. Bandi bergan ta`rifdir. Unga globallashuv jarayonining uch o`lchovli ekaniga urg`u beriladi.
Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
Globallashuv - jahonning gomogollashuvi va universallashuvi jarayoni
Globallashuv - milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni.
Bu ta`rifga keltirilgan globallashuv o`lchovlarining har o`lchashga nisbatan ham muayyan e`rozlar bildirishi mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak ularning har o`lchovi ham unda mavjud ekanini ko`ramiz. Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko`proq uchraydi.
Rossiyada bo`lib o`tgan Aksilgloballashuv sektorlari anjumanidagi ma`ruzasi A. Parshovil fikricha globallashuvnnig asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarga ishlab chiqarilgan.
O`tgan asrning oxirlarida paydo bo`lgan "globallashuv" atamasi jahon mamlakatlari iqtisodiy va moliyaviy hayotining yalpi umumlashib borayotganini ifoda etar edi. Bugungi kunga kelib esa u keng qamrovli tushunchaga aylandi. U davlatlar va xalqlar hayotining barcha sohalarida yalpi umumlashuv jarayonini anglatmoqda. Garchand globallashuv jarayoni birdaniga paydo bo`lib qolmagan, balki inson yaralgan paytdan boshlab sodda va tabiiy shaklda davom etib kelgan bo`lsada, hozirgi vaktda insonning o`z manfaatlari yo`lida tabiiy rivojlanish jarayoniga zo`ravonlarcha aralashuvi natijasida shiddatli ravishda tezlashib ketdi.
Albatta, bir tomondan qaraganda, bu jarayonning ijobiy jihatlari ham yo`q emas. Chunonchi, ko`pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuklarining jadal kirib kelishi globallashuv tufayli. Bu esa ularning iqtisodiy hayoti rivojiga, xalqlar turmush darajasining ortishiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu tariqa bashariyatning umumiy intellektual salo-hiyati yuksalishiga yordam bermoqda.
Ikkinchi tomondan, globallashuvning salbiy oqibatlari ham ko`zga yaqqol tashlanmoqda. Jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o`rtasida iktisodiy tafovutlarning kuchayishi, ayniqsa, zamonaviy telekommunikatsiya, komp`­yuter, internet vositalari orkali biron bir hududga xos milliy-ma`naviy qadriyatlarni o`zga xalqlarga singdirish va shu yo`l bilan jahonda nafaqat iktisodiy, balki milliy-ma`naviy hukmronlikni o`rnatishga urinish hollari ham kuzatilmoqda. Bu jarayon XXI asrga kelib XX asrdagiga Karaganda ham keng qamrov kasb etdi, ta`sir imkoniyatinm oshirdi, eng yomoni, ko`pgina rivojlangan mamlakatlar jahonda iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish, fan-texnika, texnologiya, ta`lim sohasida rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish, demokratik qadriyatlarni keng yoyish bahonasida milliy-ma`naviy ta`sir o`tkazishga harakat qilmokda. SHu jihatdan qaraganda, globallashuv jarayoni endigina rivojlanish yo`liga kirgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlardan ko`ra yuksak taraqqiy etgan davlatlar manfaati uchun ko`proq xizmat qilmoqda. Qudratli davlatlar, ulkan imkoniyatlariga tayangan holda, kam taraqkiy qilgan mamlakatlarning moddiy resurslarini o`zlashtirmokda, bozorlarini egallamokda. Bu esa iktisodiy zaif mamlakatlarning taraqqiyot borasida mustaqil yo`l tutish imkoniyatlarini cheklab ko`yayotir. CHunki ishlab chiqarishni tashkil kilish va amalga oshirish uchun zarur texnika, texnologiya hamda ilmiy ishlanmalar rivojlanayotgan mamlakatlarning o`zida tayyorlanmay, chetdan olib kelinmoqda. SHu tariqa rivojlanayotgan mamlakatlar yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarga bog`lanib qolishga,  yana ham aniqrog`i, qaramlikka mahkum bo`layotir. Boshqacha aytganda, globallashuv bosqinchilikning yangi bir shaklini boshlab bermoqda.












Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin