Jizzax politexnika instituti


Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni talabaning o‘zi tashkil qiladi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə100/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   245
Jizzax politexnika instituti

2. Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni talabaning o‘zi tashkil qiladi. Muvafaqqiyatga erishish uchun talabaning o‘zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘z ustida ishlashi kerak. Buni esa talabaning o‘zi rejalashtiradi va amalga oshiradi. Har bir talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo‘yicha tabaqalashtirgan holda rejalashtirishi kerak. Undan kelib chiqib, talaba o‘z haftalik rejasini kunlar bo‘yicha tuzadi. Mustaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda talabaga hech narsa bermayotganday, hech qanaqa yordami yo‘qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, a‘lochi talabalar o‘z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar.
O‘zlashtirish bo‘yicha fakultet muvaffaqiyatini ham talabalarning o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, uni bajarishi bilan bog‘lash mumkin.
Shuning uchun uni rejalashtirish, vaqtini ratsional taqsimlashda talabaga yordam berish lozim.
3. Sinf yoki auditoriyadа olib boriladigan darslar kabi aniq joy va vaqt belgilanmagan, lekin ularni bajarish muddati jihatidan beriladigan topshiriqlar orqali ta‘sir ko‘rsatiladi.
4. Mustaqil ishni bajarish uchun o‘quvchi-talaba o‘zini-o‘zi majbur qilishi kerak. Bunda ham subyektiv omil asosiy o‘rinda turadi. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etishda o‘qishni boshqa shakllariga o‘xshab, umumiy prinsiplar mavjud. Mustaqil ishni shu prinsiplar asosida tashkil qilish kerak. Mustaqil ishni tashkil etishda oddiy elementar prinsiplarni o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega va ana shu murakkab jarayonni to‘laligicha qamrab oladi.
Har bir talaba mustaqil ishni tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Unga qanday maqsad qo‘yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalanilishini aniq ko‘z oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas.


3. Mustaqil izlanishning ijоdiy shakllari
Ijоdiy ishlаrni bаjаrish o‘quvchi-tаlаbаlаrdа ijоdiy qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish, bilimlаrini kеngаytirish vа chuqurlаshtirish, аniq vаzifаlаrni bаjаrishdа ulаrdаn fоydаlаnish ko‘nikmаlаrini shаkllаntirishdа ulаrning аniq mаqsаdgа qаrаtilgаn mustаqil ishlаrni bаjаrishi аlоhidа o‘rin tutаdi.
O‘quvchi-tаlаbаlаrning mustаqil ijоdiy ishlаrigа rеfеrаt, kurs ishi, dоklаd, mаqоlа, tаqriz, essе, diplоm ishi, bitiruv mаlаkаviy ishlаri vа bоshqа ijоdiy ishlаr kirаdi.
Fanni mustaqil o‘rganishda mustaqil izlanish alohida ahamiyatga ega. Mustaqil ishlash, o‘qishdan mustaqil izlanishning asosiy farqi uni ilmiy yo‘nalishda bo‘lishi fanda, tajribada erishilgan eng so‘nggi yutuqlarni o‘rganishga diqqat qaratilishi hamda o‘z nuqtai nazarini bayon qilish va taklif, tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qilishidir.
Mustaqil izlanishning o‘quv shakllaridan biri kurs ishidir.
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayonida talabalar iqtisodiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishadi. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar mohiyatini tushunish murakkab nazariy muammolarni tahlil etish, uni amaliyotda tatbiq kilish haqida o‘ylashga, fikr yuritishga undaydi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin