Jizzax politexnika instituti


O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə13/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   245
Jizzax politexnika instituti

O‘qitish texnologiyasi va metodikaning asosiy farqlari
Ta‘lim texnologiyasi o‘ziga xos jihatlari bilan metodikadan farqlanib, 1) u eng avvalo dars jarayonini bir butun holda konstruktiv qurilishini ifoda- laydi, ya‘ni u darsning texnologik xaritasida aks ettiriladi. Qoyilgan maqsadga ko‘ra butun dars jarayonida bosqichma-bosqich bajariladigan ishlar loyihalashti-riladi.
2) Ta‘lim texnologiyasi o‘z ichiga:

  1. O‘quv predmeti, har bir o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha maqsad qo‘yish va uni vazifalar orqali ifodalash (ularning ro‘yxatini ishlab chiqish);

  2. Dars o‘tish shakllarini aniqlash;

  3. O‘quv maqsadiga erishish yo‘llarini - metodlarini tanlash, ishlab chiqish;

  4. Dars o‘tish vositalarini tanlash;

  5. Qo‘yilgan maqsadni topshiriqlarda ifodalash, ya‘ni maqsadni amalga oshirish va uni qay darajada bajarilganini nazorat qilish uchun topshiriqlar ishlab chiqish, tayyorlash;

  6. Nazoratni amalga oshirish va erishilgan natijani baholash:

a) Xususiy o‘quv maqsad-vazifalarni qayta ko‘rib chiqish va tuzatishlar kiritish;
b) Nazorat natijalarini tahlil qilish, muvofiq ravishda tuzatishlar kiritish kabilarni oladi.
Ko‘rinib turibdi, metodlar texnologiyaning tarkibiy qismi. Lekin shunga e’tibor qaratish kerakki, o‘qitish metodlari, bu - pedagogik texnologiyaning nerv tomirlari, chunki qo‘yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish aynan qaysi metodni qay tarzda qo‘llash hamda talabalar bilimini nazoratiga bog‘liqdir. Nazorat ham metodga tayanadi.
3) Qanday o‘qitish kerak? degan savolga ta‘lim texnologiyasida salmoqli qo‘shimcha bilan qanday qilib ko‘zlangan natijaga erishgan holda o‘qitish kerak, o‘quv jarayonini qanday tashkil etish kerak? degan nuqtai nazardan yondashiladi. Bu savollarga javob metodlarni tanlash muvofiq ravishda topshiriqlar ishlab chiqish orqali topiladi.
4) Aniq sharoitdan kelib chiqib, taxminiy emas, kafolatlangan, aniq natijaga erishish mo‘ljallangan pedagogik jarayon loyihalashtiriladi va uni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Bu hаm mеtоdlаr yordаmidааmаlgаоshirilаdi.
5) Erishilgan natijani takrorlash mumkinligi bilan farqlanadi, chunki tayyorlan-gan texnologik xarita asosida ko‘zda tutilgan metodlar, topshiriqlardan boshqa o‘qituvchilar ham foydalana olish imkoniga ega bo‘ladilar.
6) O‘quvchi-talaba, ya‘ni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyada ularning o‘qish-dagi muvaffaqiyati o‘z faoliyati evaziga ta‘minlanadi, buni ular tezda his qilishadi.
7) O‘qituvchi eksperiment emas, aniq belgilangan natija uchun harakat qiladi. Qo‘yilgan maqsadni yaratilgan sharoit va belgilangan vaqtda amalga oshirishga shubha qoldirmaslikka asoslangan o‘qitish modeliga tayanadi. O‘qituvchining o‘zini ham fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga,
vaziyatni tezda baholay olish, hozirjavob bo‘lish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin