Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning mаqsаdi – оmmаviy tа’lim shаrоitidа tа’lim jаrаyonining zаruriy sаmаrаdоrligini tа’minlаsh vа o‘quvchi-tаlаbаlаr tоmоnidаn o‘qishning ko‘zlаngаn nаtijаlаrigа erishish kаfolаtidаn ibоrаtdir.
2. Ta‘lim tizimiga yondashuvlar va ta‘lim texnologiyasida dars o‘tish metodlarining tutgan o‘rni
Ta‘lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni baholash mezonlari, dars o‘tishda o‘qituvchining alohida urg‘u beriladigan roli va boshqalarga ko‘ra o‘qitishga yondashuvni turli guruhlarga bo‘lish mumkin.
Bugungi kunda ta‘limga yondashuvlar nihoyatda turli - tuman. Ularni atroflicha o‘rgangan taniqli olim G. K. Selevko o‘zining “Sovremennie obrazovatelnie texnologii” kitobida pedagogik texnologiyalarni turli jihatdan yondashgan holda eng ko‘p (12) ta guruhga ajratadi. Ularni turli jihatdan guruhlarga bo‘lib, chuqur o‘rganish pedagogik texnologiyalar fanida amalga oshiriladi.8
Biz «Kаsbiy tа’lim metodikasi fani nuqtai nazaridan yondashib, o‘qitish metodlarini qo‘llash jihatidan hozirgi paytda keng foydalanilayotgan yondashuvlar haqida to‘xtalib o‘tamiz. O‘qituvchining tutgan o‘rni, qo‘yilgan maqsad, o‘qitish metodlari va boshqalarga qarab, ta‘lim jarayonini tashkil etishni eng оmmаviy yondаshuvlаrni: ko‘rgazmali - an'anaviy (tushuntiruv-illyustrativ) yondashuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy- ijodiy yondashuv hamda modulli yondashuvga diqqat qaratamiz. Ulаrning bir-biridan qanday farqlanishini quyidagi ularga berilgan qiyosiy tavsifi orqali ko‘rish mumkin.
Ko‘rgazmali- an'anaviy yondashuvga asoslangan dars o‘tishda o‘qituvchi bilim beruvchi sifatida tayyor bilimlarni bayon qilish orqali o‘quvchi, talabalar ongiga yetkazuvchi pedagogik jihatdan majbur qilishga tayangan, ko‘pincha o‘quvchi, talabalarning initsiativasi, mustaqillika intilishi bo‘g‘ilgan bo‘lsa, texnologik yondashuvda ta‘lim o‘quvchi shaxsiga qaratilgan, ta‘limga tizimli faoliyat sifatida yondashiladi.
Texnologik yondashuv ta‘lim jarayonini o‘zaro uzviy bog‘lik bosqichlarga ajratish, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun belgilanadigan amallarni bajarish va malum ketma-ketlikda amalga oshirishni loyihalashtirilgan ish va amallarni bir xil talab asosida bajarishni nazarda tutadi. O‘quv materiali ta‘lim maqsadiga mos tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |