7. Pedagog olimlar va amaliyotchilarni ishlab chiqarish texnologiyasini nazarda tutgan holda o‘quv jarayonini ham “texnologiyalashtirishga” urinishga nima undadi?
a. fan-texnika taraqqiyoti;
b. fanni, mavzuni o‘rganishga faollikni kuchaytirish zarurligi;
c. loyihada aks ettirilgan xom ashyo va unga ishlov berish operatsiyalari og‘ishmay bajarilsa belgilangan standartdagi mahsulot tayyorlanishi, ya‘ni mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanishi;
d. axborot oqimining kuchayishi va ularni o‘rganish zaruriyati.
8. Ta‘lim texnologiyasi metodikadan eng avvalo nimasi bilan farqlanadi?
a. dars jarayonini bir butun holda konstruktiv qurilishini, qo‘yilgan maqsadga ko‘rabutun dars jarayonida bosqichma-bosqich bajariladigan ishlar loyihalashtirilishini ifodalashi bilan;
b. ma‘lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish bilan;
c. ta‘lim va tarbiya umumiy tarzda qaralishi bilan;
d. ta‘lim jarayonida maqsadni tashxislash va rejalashtirish imkoni mavjudligi bilan.
9. Quyidagilardan qaysi biri an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning umumiy tomonlariga kirmaydi?
o‘quv jarayonini tashkil qilishdan maqsad – ta‘lim va tarbiya berish, ko‘nikma, malaka hosil qilish;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish (sinf, auditoriya, guruhlar tashkil qilish orqali);
o‘quvchi-talabalarning olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini nazorat qilish, baholash;
ta‘lim paradigmasi.
10. Ta‘limga uch xil yondashuv deganda qanday yondashuvlarni tushunamiz?
a. ko‘rganzmali an’anaviy yondashuv, texnologik yondashuv,
tadqiqiy-ijodiy yondashuv;
b. tushuntiruv-ko‘rgazmali yondashuv, an’anaviy yondashuv, tadqiqiy-ijodiy yondashuv;
c. texnologik yondashuv, izlanuvchan yondashuv, tadqiqiy-ijodiy yondashuv;
d. tushuntiruv-ko‘rgazmali yondashuv, an’anaviy yondashuv, texnologik yondashuv.
Dostları ilə paylaş: |