Kichik guruhlarga bo‘linib ishlashning ko‘satilgan ijobiy tomonlari, afzalliklari bilan birgalikda kamchiliklari ham bor. Ular barcha interaktiv metodlarga xos 2-cxemada (82 bet) ko‘rsatilgan. Barcha interaktiv metodlarga xos ko‘rsatilgan kamchiliklardan tashqari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Birinchidan, hamma o‘quychi-talabalar ham darsga faol qatnashmasligi mumkin. Buni har bir kichik guruh uchun hamda qatnashchisi uchun baholash mezoni ishlab chiqish bilan minimallashtirish mumkin.
Ikkinchidan, o‘qituvchining dars o‘tishdagi, hatto murakkab masalalarni muhokama qilishda ham roli minimal bo‘lishi.
Uchinchidan, talabalar bir-biriga bilmaganini o‘rgatadi. Lekin yangi tushuncha, yangi o‘quv materiali berilganda fanning mazmunini chuqur va yaxshi tushuna-digan o‘qituvchi bo‘lishi kerak. Auditoriyada kichik guruhlarga bo‘linib, birga-likda masala, mashq yechish mumkin. Bunda talabalar berilgan topshiriqni ma‘nosiga tushunishdimi yoki yo‘qmi tekshirish, uni bajarishga aniq vaqt belgilash, talabalar o‘rtasida muloqot tashkil etish kerak.
To‘rtinchidan, qo‘yilgan masalani kichik guruhda muhokama qilish uchun qo‘shimcha auditoriya talab qilinadi. Ayniqsa mozaika modelida albatta qo‘shimcha sinf, auditoriya bo‘lishi zarur. Shuning uchun kichik guruhlarga berilgan topshiriqni darsdan tashqari paytda muhokama qilib, seminar darsida oxirgi kichik guruhlar taqdimoti muhokamasini o‘tkazish mumkin.
Beshinchidan,
Topshiriqning bitta auditoriyada muhokama qilinishi shovqin-suronni kucha-yib ketishiga olib keladi. Har bir kichik guruh uchun alohida auditoriya ajratish-ning imkoni yo‘q.
Metodning kamchiliklariga nisbatan afzallik tomonlari ko‘p. Kamchiliklarni bartaraf qilish imkoni bor. Shuning uchun ham ta‘lim jarayonida bu metod keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatlari keng.
Xulosa
Darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish o‘quvchi talabalarni hamkorlikda ishlashni eng yuqori darajada olib chiqadigan metod hisoblanib, uni bir necha modellari variantlari mavjud. Metodni qo‘llash natijasida talaba-larda birgalikda ishlash ko‘niemasi shakllanadi. Hamkorlikda ishlash, o‘r-ganish jarayonida talabalar o‘zaro o‘qituvchi va o‘quvchi bo‘lib bilmaganla-rini bir-birlaridan o‘rganishadi .
Kichik guruhlarda dars olib borish, tayyorgarlik ko‘rish; axborot bilan ta‘minlash, topshiriq ustida ishlash, kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish, fazalariga bo‘linadi.
Bu metodning afzallik va kamchilik tomonlari mavjud, lekin kamchi-liklariga nisbatan afzalliklari ustun bo‘lmb, uni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llash imkoni ham katta
Dostları ilə paylaş: |