O‘yinning didaktik maqsadi. Talabalarni bilimlarni o‘rganish, tushunish, amaliyotda olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini qo‘llash, ularni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini kengaytirishga qaratilgan.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi. Mustaqillikni, irodani tarbiyalash, ma‘naviy, estetik dunyoqarashni shakllantirish, jamoaga kirishib keta olish -kommunikabellikni tarbiyalash.
O‘yinning ривожлантирувчи maqsadi. Ыйинорщаливощеа, ьодисаларнимуьокама, таьлилщилиш, хулосачищариш, щарорщабулщилишга, унгатурлинущтаиназарданщарашгаыргатади.
Barcha talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta‘minlashda modellashtiruvchi o‘yin metodining oldiga tushadigani yo‘q.
2. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo‘llashning asosiy bosqichlari
Hozirgi paytda dars o‘tishda bu metoddan nisbatan keng foydalanilmoqda. Modellashtiruvchi o‘yinlar talabalarga abstrakt iqtisodiy tushunchalar, real hayotdagi iqtisodiy voqea-hodisalarni ifodalash, ularning mohiyatini tushunishga yordam beradi.
Modellashtirish metodi asosiga qurilgan dars mo‘ljal (orientatsiya)dan boshlanadi. O‘qituvchi talabalarni amaliy o‘yin, uning maqsadi va foydalaniladigan tushunchalar bilan tanishtiradi.
O‘qituvchi biron bir mavzu, savolni modellashtiruvchi o‘yinlar yordamida o‘tkazishni mo‘ljallar ekan, eng avvalo, unga tayyorgarlik ko‘rishi керак. Modellashtiruvchi o‘yinning qanday o‘tkazilishi yozma matnda ko‘rsatiladi. Shuning uchun mavzular bo‘yicha maxsus ish o‘yinlari avvaldan ishlab chiqilishi, o‘yin ssenariysi yozilishi zarur.
Modellashtiruvchi o‘yin o‘tkazilayotganda darsning maqsadini yaxshi tushunmaslik oqibatida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni to‘g‘rilash, hamda qarama-qarshi muloqot o‘rnatish imkoniyatini qoldirishni ko‘zda tutishi kerak.
Modellashtiruvchi o‘yin asosida dars o‘tishda talabalar o‘yin jarayonida ham bilim oladi. Muhokama qilish jarayonida o‘qituvchi tomonidan berilgan savollar talabalarga o‘yin davomida bajarilgan ishlar, voqealarni umumlashtirishga, darsning asosiy mazmunini tahlil qilishga yordam berishi kerak. Talabalar to‘qnashgan qiyinchiliklar, o‘zi uchun ochgan yangiliklarni aniqlash, o‘yinni real hayot voqealari bilan taqqoslash, o‘tilayotgan darsning mazmuni bilan bog‘lash asosida ko‘rsatilgan asosiy iqtisodiy tushunchalarning mag‘zini chaqish, anglab yetish hamda xulosa chiqarishga yordam berishi kerak.
Мodellashtiruvchi o‘yin boshqa o‘yinlardan farq qilishini tushuntirish kerak. Masalan, kim birinchi bo‘lib masalani yechadi, yoki krossvord tuzadi va hokazo. Bular, asosan, qandaydir bir musobaqani ifodalaydi. Modellashtiruvchi o‘yinlarga esa, albatta, real ijtimoiy yoki iqtisodiy jarayonni soddalashtirilgan ifodasi, unda qatnashish imkonini beradigan o‘quv tajribasi sifatida qarash mumkin.
o‘yinni tayyorlash va o‘tkazishni ouyidagi bosqishlarga bo‘lish mumkin
Dostları ilə paylaş: |