49
5§. Erkin yog’ kislotalarini yo’qotish
O’simlik yog’larida ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalari bo’ladi, ularni
miqdori yog’ning sifatiga bog’liq. Erkin yog’ kislotalarining bo’lishi yog’ sifatini
yomonlashtiradi ozuqaviy qimmatini kamaytiradi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan
yog’ning kislota soni 0.2-0.3 mg KOH dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog’
kislotalarini yuqotish zarurligi kelib chiqadi.
Sanoatda quyidagi usullar ishlatiladi.
1.
Erkin yog’ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya).
2.
Yuqori temperaturada va vakuum ostida erkin yog’ kislotalarini
yukotish (distillyasiyali rafinatsiya).
Ishqorli rafinatsiya keng tarkalgandir. Bu usulda yog’ kislotalarini yog’da
erimaydigan tuzi ya’ni sovun hosil bo’ladi.
RCOOH + NaOH RCOONa + H
2
O
Uning suvli eritmasi katta zichlik xisobiga yog’dan ajraladi. Ajralgan
sovunli massa soapstok deyiladi.
Sovun, uzining yuqori absorbsion xususiyatiga ko’ra yog’dan quyidagi
aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oksillar, shilimshik moddalar, bo’yovchi
moddalar va x.k. Shuningdek sovun parchalari mexanik aralashmalarni ham ushlab
qoladi.
Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog’ (trigliserid)ni sovunlaydi. Ayrim
vaqtda yog’ni okartirish uchun ishqorni ko’p miqdorda qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: