15
standartlari va texnik shartlar bilan belgilanadi. Yog’ va moylardagi zaharli
elementlar, pestisidlar va mikotoksinlar miqdori “Oziqa mahsulotlarining oziqaviy
qiymati va xavfsizlik gigiyenasi talablari”da ko’rsatilgan me’yordan oshib
ketmasligi lozim. Yog’larning ko’rsatkichlari texnologik jarayonlar davomida va
tayyor mahsulot holida tekshirib boriladi.
Rafinatsiyalanmagan yog’ va moylarni sifatini aniqlashda ta’mi, hidi, rangi,
tiniqligi, kislota va perekis sonlari, fosforli birikmalar miqdori, sovunlanmaydigan
lipidlar va namlik, hamda ekstraksiya moyi uchun chaqnash harorati aniqlanadi.
Hayvon yog’lari, qattiq va gidrogenlangan o’simlik moylari uchun
qo’shimcha ravishda erish harorati, qattiqligi, titri va boshqa ko’rsatgichlar ham
aniqlanadi.
Yog’li xom ashyo tarkibiga, yog’ va moylarni qayta ishlash chiqindilari, ya’ni
ishqorli rafinatsiyada hosil bo’ladigan soapstok, moy tutqichlarda yig’ilgan moylar,
yog’li pogonlar va boshqalar ham kiradi. Yog’li chiqindilarning yog’ kislota tarkibi
turli xil bo’lib, qayta ishlanayotgan yog’li xom ashyo turiga bog’liq bo’ladi. Odatda
turli yog’ va moylar chiqindilari yig’ilgan holda qayta ishlanadi.
Yog’li chiqindilardan tabiiy ko’rinishida yoki yog’ kislotalari holida sovun
pishirishda foydaniladi.
Dostları ilə paylaş: