93
adsorbsiyali rafinatsiyada tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo’lgan qutblangan
adsorbentlardan foydalaniladi.
Buning uchun aktivlangan, oqlovchi tuproqlar ishlatiladi. Bu tuproqlar tabiiy
bentonit tuproqlar – alyumosilikatlardan olinadi.
Yog’ni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan adsorbentlar yuqori
adsorbsiyali sig’imga va aktivlikka, rivojlangan yuzaga ega bo’lishi, yog’ sig’imi
katta bo’lmasligi va yog’ bilan kimyoyaviy reaksiyaga kirishmasligi va yog’dan
oson ajralishi kerak.
Yog’ni qayta ishlash sanoatida MDHda ishlab chiqilgan aktivlangan tuproq-
askanit ishlatiladi. Uning yog’ sig’imi – 75%ni tashkil qiladi. Aktivlangan ko’mir
yog’dagi karotinoidni yaxshi, xlorofillni yomon yo’qotadi. Shuning uchun
aktivlangan ko’mir bilan aktivlangan tuproq aralashmasini ishlatish tavsiya qilinadi.
Sorbent miqdori yog’dagi bo’yovchi moddalar miqdoriga va talab
qilinayotgan oqartirish darajasiga bog’liq. U 0,5dan 5% oralig’ida bo’ladi.
Oqlash jarayonining samaradorligi oqlangan yog’ni rangi, ishlatilgan
sorbent miqdori, yo’qotish va chiqindilar me’yoriga va oqlangan yog’ni chiqish
miqdoriga qarab aniqlanadi.
Oqlash jarayonida aktivlangan tuproq ishlatilganda biroz izomerizasiya va
bir muncha tarkibida ketma-ket bog’li yog’ kislotalari bo’lgan gliseridlar hosil
bo’lishi kuzatiladi. Bu esa oqlangan yog’ va moylarni sifatini pasayishiga va
saqlanish muddatini qisqarishiga olib keladi.
Yuqorida ko’rsatilgan holatlar va yog’ sig’imini kattaligi, iloji boricha
oqlash uchun ishlatiladigan aktivlangan tuproq miqdorini kamaytirishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: