Katalitik modifikasiyalash


 Soya moyini rafinatsiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

8.2. Soya moyini rafinatsiyalash

Soya moyining gliserid tarkibi doimiy bo’lmay, u urug’ navi va uning o’sish 
shart-sharoitlariga bog’liqdir. Ko’pincha soya moyida quyidagi kislotalarning 
gliseridlari bo’ladi: palmitin (2,4-6,8%), olein (32-35,6%), linol (52,5-57%), linolen 
(2-3%). To’yingan yog’ kislotalarining umumiy miqdori 8%dan 12%gacha .Gliserid 
tarkibi bo’yicha soya moyi kungaboqor moyiga yaqin va shuning uchun ham uni 
rafinatsiyalashning mexanizmlari va texnologik sharoitlari kungaboqar moyining 
rafinatsiya sharoitlaridan farq qilmasligi kerak. Soya moyida ko’p miqdordagi 
fosfatidlar, sovunlanmaydigan, bo’yovchi moddalar bor.Soya moyini rafinatsiya 
qilishning asosiy maqsadi shundan iboratki, gidratasiyalash orqali fosfatidlardan 


102 
to’liq tozalash va aktivlangan oqlovchi tuproqlar bilan moyni oqartirishdan iborat. 
Gidratasiya va tuz-suv asosli neytrallash va oqlash jarayonlarining shart-sharoitlari 
kungaboqar moyi uchun qo’llanadigan sharoitlarga o’xshash. 
Soya moyini avval vakuumda sentrifugalab, rangsizlantirib, keyin neytrallash 
va dezodorasiya qilish usuli [38] yaratilgan. 
A.M. Neshem yangi va tozalik darajasi past bo’lgan soya dukkaklaridan 
olingan soya moyini limon kislota ishtirokida va uning ishtirokisiz turli xil sirt aktiv 
moddalari(SAM) yordamida rafinatsiyalash samaradorligini o’rgangan[39]. Muallif 
30 g moyga 60 
0
S haroratda, tarkibida 0,1% yoki 40 mg limon kislota eritmasi 
bo’lgan, 2% li SAMning suvli eritmasini qo’shib, 15 minut aralashtirgan. 1 soat 
tindirgandan so’ng moydagi fosfatidlar miqdori tahlil qilingan. Yangi dukkaklardan 
olingan 
moyni 
limon 
kislota 
yordamida 
rafinatsiyalash 
samaradorligi, 
alkiloksazalin, polimerli sulfonat, alkilsulfat va lesitin kabi SAMlar qo’shilganda 
ortadi. Sezilarli darajada buzilgan dukkaklardan olingan moylarni alkilsulfatlar 
yordamida rafinatsiyalanganda samaradorlik past bo’ladi. Juda yuqori darajada 
buzilgan dukkaklardan olingan moy rafinatsiyalanganda gidratlanmaydigan 
fosfatidlar va xom lesitin miqdori ko’p bo’lishi, hamda uzoq vaqt saqlangan va 
buzilgan dukkaklardan olingan moyni rafinatsiyalash samarasiz ekanligi aniqlangan. 
Mualliflar kungaboqar moyini rafinatsiya qilishda avval kislotali agentni suvli 
eritmasi bilan ishlov berish, fosfatidlarni cho’ktirish va mumsimon moddalarni 
ajratish, so’ng moy massasiga nisbatan 500:1-1500:1 nisbatdagi perlit bilan ishlov 
berib oqlash usulini ishlab chiqishgan. Kislotali agent sifatida 0.005-0.5%
miqdorida limon kislotasi qo’shiladi [40]. 
Tarkibida kalsiya va magniy mavjud bo’lgan mexanik usulda olingan xom 
soya moyini qayta ishlash usuli patentlangan [41]. Usul quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: gidratlanadigan fosfolipid smolalarini ajratib olish maqsadida xom soya 
moyini suv yoki tarkibida organik kislota(masalan sirka kislota) bo’lgan suvli eritma 
bilan aralashtirish; xom moydan smolani ajratish va dastlabki ishlov berilgan soya 
moyini olish; olingan moyni ishqorning suvli eritmasi bilan yaxshilab aralashtirish 
va tarkibida magniy va kalsiy mavjud bo’lgan soapstok olish; moydan soapstokni 


103 
ajratish. Ishqorning suvli eritmasida suv va ishqoriy metall gidroksidi yoki ishqoriy 
metall metasilikati bo’ladi. 
Jahonda ishlab chiqariladigan o’simlik moylarining ichida birinchi o’rinni 
soya moyi egallab, uning salmog’i 35% dan ko’proqni tashkil qiladi. Ikkinchi 
o’rinda esa palma moyi (25% ga yaqin), uchinchi o’rinda kungaboqar moyi (17% ga 
yaqin) turadi. 
Soya moyi oziq-ovqatga ishlatiladi va undan turli oziq-ovqat mahsulotlari 
tayyorlashda foydalaniladi. Soya fosfatidlari shokolad, non mahsulotlari 
tayyorlashda va konditer sanoatida keng qo’llanadi. 
Soya moyi texnik maqsadlarga ham ko’p miqdorda ishlatiladi, ya’ni sovun 
pishirishda, lak-bo’yoq ishlab chiqarish, to’qimachilik, kimyo va boshqa sanoat 
tarmoqlarida qo’llanadi. 
Undan tashqari, soya moyi asosida plastmassa, kleyonka, linoleum, surkash-
moylash moylari va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Soya urug’i yer yuzida 
ekiladigan yerlarni deyarli 1% ni, ya’ni taxminan 55 mln. gektarni tashkil qiladi. Bu 
esa jahon miqyosida olinadigan jami hosilning taxminan 0,2% ni tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda soya urug’ini yetishtirishda AQSh dunyoda birinchi o’rinni 
(jami soya ekini maydonining 40%ni va olinadigan hosilning 50% ni), Braziliya 
ikkinchi o’rinda (ekin maydonining taxminan 19%ni va hosilning 19% ni), Xitoy 
uchinchi o’rinni (taxminan ekiladigan yerlarni 13% ni va hosilning 8,5% ni), 
to’rtinchi o’rinda Argentina (ekiladigan yerlarni 10% ni va hosilning 11% ni), 
beshinchi o’rinni Hindiston (ekiladigan yerlarni 9% ni va hosilning 3,4% ni) 
egallaydi. Yevropa ittifoqi davlatlarida soya urug’ini yetishtirishda jahonda 
ekiladigan yerlarni 1,5% ni ajratgan bo’lib, hosilning 1% ni yig’ib olinadi. 
Ye.V. Shklyayev va b. [42] soya moyiga gidrotermik ishlov berish va 
gidratlash jarayonini birgalikda o’tkazib, sanoat miqyosida tekshiruv olib borishgan. 
Ular tomonidan texnologik parametrlar va sifat ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, har 
xil ishlov berilgan soya moylarini turlariga qarab narxi shakllanishidagi ziddiyatlar 
tahlil qilingan. Me’yoriy-texnik hujjatlarni kompleksi bayon etilib, ularni qo’llangan 
taqdirda ziddiyatlarni yo’qotishga olib kelishi ko’rsatilgan. 


104 
Ekstraksiya soya moyini [43] tarkibida CaCO
2
bo’lgan deionizlangan suv 
bilan rafinatsiyalash jarayoni tadqiq etilgan bo’lib, bir xil sharoitda tarkibida FeCl
2
bo’lgan suv bilan rafinatsiyalangan moyning oksidlanish tezligi, tarkibida NaCl, 
CaCO
3
yoki MgCO
3
bo’lgan suvga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. 
K. Ivanov va b. [44] soya moyini gidrogenlash va rafinatsiyalash 
bosqichlariga antioksidant moddalarning ta’sirini o’rganishgan bo’lib, ma’lum 
bo’lishicha moy tarkibidagi og’ir metallarni miqdori asosan gidrogenlangan soya 
moyining rafinatsiyalash sharoiti va rejimiga bog’liq ekan. Texnologik 
jarayonlarning har xil bosqichlarda tokoferol va fosfatidlarning o’zgarishlari turlicha 
bo’lib, gidrogenlangan soya moyini oksidlanishga barqarorligi pastligi aniqlangan. 
Buning asosiy sababi gidrogenlangan moylarda qoldiq og’ir metallar miqdorining 
ko’pligi degan xulosaga kelingan. 
Xorijiy olimlar tomonidan [45] yangi va sifatsiz soya urug’idan olingan moyni 
limon kislotasi va SAM ishtirokida rafinatsiyalash jarayonining samaradorligi 
o’rganilgan. Yangi soya urug’idan olingan moylarni limon kislotasi yordamida 
rafinatsiyalashning samaradorligi SAM qo’shilganda yuqori bo’lgan. SAM sifatida 
alkiloksazaminlar, sulfat polimerlari va lesitin ishlatilgan. Biroz buzilgan soya 
urug’idan olingan moyning rafinatsiyalash samaradorligi alkilsulfat qo’shilganda 
kamroq bo’lganligi qayd qilingan. O’ta buzilgan soya urug’idan olingan moyni 
rafinatsiyalanganda uning tarkibida gidratlanmaydigan fosfatidlar mikdori ko’p va 
SAM qo’shilganda rafinatsiyalash jarayoni biroz yaxshilanishi aniqlangan. Xom 
lesitinni yangi soya urug’idan ajratilgan fosfatidlardan olish samaradorligi yuqoriroq 
bo’lsa, uzoq muddat saqlangan va buzilgan soya urug’idan olinganda samaradorlik 
juda past bo’lishi aniqlangan. 
Tadqiqot ishi [46,47] da soya moyini suv bug’i bilan rafinatsiyalash va 
gidratlangan moyning sifatiga ta’siri o’rganilgan. Yaratilgan usulning iqtisodiy 
samaradorligig hisolangan va kislota soni past bo’lgan soya moyini rafinatsiyalashda 
qo’llash mumkinligi aniqlangan. 
S.N.Volotovskiy va b. [48] soya moyini rafinatsiyalash jarayonining 
rejimlarini o’rganishgan. Ular soya moyi tarkibidagi fosforli moddalarni va temir 


105 
moddasini to’liq ajratish uchun limon kislotasining eritmasidan foydalanish 
maqsadga muvofiq deb topishgan. 
V.T. Zolochevskiy va boshqalarning ishlari [49] da soya moyini gidratlashga 
gidrotermik ishlov berishning ta’sirini optimal sharoitlari aniqlangan bo’lib, harorat 
101,5-102,5 
o
C, suv miqdori 3,5-4,3%, kontakt davomiyligi 7-8,2 minut. 
Gidrotermik ishlov berish jarayoni gidratlangan moy tarkibida fosfolipidlar 
miqdorini kamayishiga olib kelishi ko’rsatib berilgan. 
Soya moyini ishqor eritmasi ta’sirida uzluksiz rafinatsiyalash uchun [50] 
issiqlikni regenerasiyalash texnologiyasi joriy qilingan. Bu usul energetik jihatdan 
oldingi, issiqlikni regenerasiyalamasdan ishlatilgan jarayonlarga qaraganda ancha 
foydali ekanligi ko’rsatilgan. 
Amerika assosiasiyasining asosiy vazifalaridan biri [51] soya urug’ini sifatini 
oshirishdir. Shuning uchun Amerika assosiasiyasining a’zolaridan bir guruhi qator 
ekstraksiya texnologik uskunalari bilan tanishdilar va ularning ish jarayonlarini 
bosqichma-bosqich ko’rib chiqdilar. Tanishish natijasida olingan ma’lumotlarni 
muhokama qilish uchun 1989 yil 22 sentyabrda Turkiya o’simlik moylari 
assosiyasiyasi bilan birgalikda seminar o’tkazildi. Bunda soya moyini sifatini 
oshirish uchun tavsiyalar berildi va rafinatsiyalash va gidrogenlash texnologik 
jarayonlarini to’g’ri o’tkazilsa, sifatli moylar va margarin mahsulotlarini olinishiga 
erishish mumkin degan xulosaga kelindi. 
Neytrallangan moylarni degazasiyalangan suv yoki elektrolitlarni suvli 
eritmalari bilan yuvilsa, moyning chiqish miqdori oshadi, sifati yaxshilanadi, moy 
tarkibidagi suv kamayadi va oqava suvlarni hajmi kamayadi [52]. Soya va raps 
moylarini laboratoriya qurilmasida 60°C haroratda, 75% li H
3
PO
4
kislotasi bilan 
qayta ishlanib, ishqor eritmasi bilan neytrallab, yuvilib, 10% li limon kislotasi bilan 
90 °C da ishlov berilib, oqlanib, 210-240 °C haroratda dezodorasiya qilinsa, 
rafinatsiyalanmagan va rafinatsiyalangan moylar tarkibidagi P, Ca, Mg, C, Fe, Cu, 
Zn, Mn, Co metallarni miqdori turlicha bo’ladi. Undan tashqari ularning kislota 
sonini, karbonil soni, perekis soni va organoleptik ko’rsatkichlari ham turlicha 
ekanligi kuzatiladi [53]. 


106 
Tadqiqot ishi [54] da soya moyini oqlashda pigmentlarni g’ovakli yutib 
oluvchi yordamida yo’qotish effekti ya’ni kritik ko’rsatkichlari ko’rib chiqildi. 
Sorbentni 3ta namunasini taqqoslash yo’li bilan samaradorligi aniqlandi. Eng yaxshi 
xususiyatlarga g’ovaklari 8-32 angstrem o’lchamdagi sorbent – atapulgit eganligi 
ko’rsatib berildi. 
E.O. Aluyor va boshqalar[55] soya mag’zidan ekstraksiya usulida moy 
olishgan va moyni rafinatsiyalashgan. So’ng olingan xom va rafinatsiyalangan 
moylarni fizik va kimyoviy xususiyatlarini o’rganishgan. Rafinatsiyadan so’ng 
moyning kislota soni 2,89 mg/KOH dan 0,42 mg/KOH gacha, fosfolipidlpr 23.11% 
dan 5,53% gacha, mis miqdori 0,37% dan 0,036% gacha va temir miqdori 3,98% 
dan 0,31% gacha kamaygan. Tadqiqot natijalaridan ko’rinib turibdiki, moyning 
sifati rafinatsiyalangandan so’ng oshadi. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin