Katalitik modifikasiyalash


Kungaboqar va maxsar moylarini rafinatsiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

8.3. Kungaboqar va maxsar moylarini rafinatsiyalash 
Mualliflar kungaboqar moyini rafinatsiya qilishda avval kislotali agentni suvli 
eritmasi bilan ishlov berish, fosfatilarni cho’ktirish va mumsimon moddalarni 
ajratish, so’ng moy massasiga nisbatan 500:1-1500:1 nisbatdagi perlit bilan ishlov 
berib oqlash usulini ishlab chiqishgan. Kislotali agent sifatida 0,005-0,5% miqdorida 
limon kislotasi qo’shiladi [56]. 
Muallif kislota soni 5 mg KOH va tarkibidagi fosfatid miqdori 0,1% dan ko’p 
bo’lgan 1 kg kungaboqar moyini 85 
0
C haroratda moy massasiga nisbatan 4% 
miqdoridagi pH>7 bo’lgan aktivlangan suv bilan yuvib, olingan moyni 130 g/l 
konsentrasiyali kaustik soda eritmasi bilan neytrallagan. Olingan moy pH>7 bo’lgan 
aktivlangan suv bilan yuvilgan va quritilgan. Soapstokdagi chiqindilar miqdori 
an’anaviy usuldagiga nisbatan kam bo’lgan[57]. 
Tadqiqot ishi[58]da maxsar moyining ishqoriy rafinatsiyasi tadqiq qilingan. 
Moyni neytrallash 160-170 g/l konsentrasiyali NaOH eritmasi bilan davriy usulda 
olib borilgan. Moy neytralizatorla 30 
0
C gacha qizdiriladi. Keyin aralashtirgan holda 
unga ishqor qo’shiladi ishqor berilishi tugamaguncha qizdirish to’xtatilmaydi. Biroq 
moyni harorati 70 
0
C dan oshib ketmasligi kerak. So’ng qizdirish to’xtatilib, 


107 
aralashtirish 30 minut davom etadi. Moyni yuvish va quritish kungaboqar moyini 
rafinatsiyalashdagi sharoitda amalga oshiriladi. 
8.4. Kunjut moyini rafinatsiyalash. 
Kunjut moyi moyni olish usuliga va urug’ naviga bog’liq holda turli rangga 
ega bo’lishi mumkin. Kunjut moyi tarkibida quyidagi yog’ kislotalari bo’ladi: olein 
(37,5-48%), linol (36-46%), palmitin (7,7%), sterin (4,6%) va boshqa 
sovunlanmaydigan moddalar. Kunjut moyida 0,8-1,73% sterinlar, sezamin, sezamol 
va sezamolinlar mavjud.Oq urug’lardan olinadigan kunjut moyi oson rafinatsiya 
qilinadi, unga tuz-suv asosli neytrallash sharoitlari qo’llaniladi. Biroq moyda 
sezamol va ko’p miqdor bo’yovchi moddalarning mavjudligi uning havo bilan 
ta’sirlanishida rangining to’qlashishiga olib keladi. Kunjut moyi ishqoriy 
neytrallashdan oldin sulfat kislotasi bilan qayta ishlanadi.Sezamolin moddasi 
kislotalar yoki nordon adsorbentlarning ta’sirida sezamolga aylanadi.Shuning 
uchun, moyni oldindan kislota bilan qayta ishlash,dezodorasiya yoki 
aralashmalardan adsorbsion tozalash va issik moy yoki salomasni havo bilan 
ta’sirini oldini olish ,rangi bo’yicha yaxshi moy olishni ta’minlaydi. 
Zig’ir va kanop moylarini rafinatsiyalash. Bularning tarkibidagi ko’p 
miqdordagi o’ta to’yinmagan linol (15-30%), linolen (44-61%), izolinol 
kislotalarining bo’lishi hisobiga bular quriydigan moylar hisoblanadi. Moyda 
sterinlar, fosfatidlar,uglevodlar bor va shuningdek ular bo’yovchi moddalarga ham 
bo’ladilar, ayniqsa xlorofillarga. o’ta to’yinmagan bu moylarda kislotalarning 
borligi,neytrallashda misellyar katlami yupqa va harakatchan sovunli plyonkalar 
hosil bo’lishiga olib kelib,kungaboqar va paxta moylari soapstoklari uchun 
xarakterli bo’lgan soapstok parchalari shakllanishi qiyin kechadi.hosil bo’layotgan 
sovunli 
sistemalar 
gidrofil 
komplekslari: 
fosfatidlar, 
uglevodlar 
bilan 
muvozanatlanadi. Zig’ir va kanop moylari rafinatsiyasida hosil bo’lgan soapstok 
sovunli plyonkalari bo’yovchi moddalarni deyarli sorbsiyalamaydilar, buning 
oqibatida hattoki ortiqcha miqdori ko’p olinganda va yuqori konsentrasiyali ishqor 
eritmasi qo’llanilganda ham moy rangi kam rangsizlanadi.o’ta to’yinmagan yog’ 


108 
kislotalarining oson eriydigan sovunli plyonkalari ko’pincha emulsiya hosil 
bo’lishiga olib keladi.Shunday qilib, zig’ir va kanop moylarini rafinatsiyalash 
maksimal miqdorda uglevod kompleksi ,fosfatidlardan tozalash, xlorofil va 
karatinoidlarni parchalash va ajratish, erkin yog’ kislotalaridantozalashga qaratilgan 
bo’lishi kerak.Olinayotgan moy qaysi maqsadda qo’llanishiga qarab texnologik 
rejim aniqlanadi.Masalan, lak moyini olish uchun uni frsfatid uglevod kompleksilan 
tozalash bilan, kul miqdorini kamaytirish zarur. Shuning uchun, bunday moyni 
adsorbsion oqlash mumkin emas.

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin