Samarqandlik fiqhshunos va hadisshunos allomalar faoliyati. Samarqandiy Muhammad Ibn Abdujalil (12-asr) — hanafiy muhaddis. Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad anNasafiyning shogirdi. S.ning "Muntaxab kitob alkand fi zikr ulamoi Samarqand" ("Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand (dek shirin) kitobining saylanmasi") kitobi bor. Unda samarqandlik 200 ga yaqin muhaddis, faqih, ulamo haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Oʻziga xos hadis toʻplami hisoblanadigan bu asarning yagona va toʻlik boʻlmagan nusxasi Parijdagi Fransiya milliy kutubxonasida saqlanadi. Fanda hozirgacha fors tilidagi "Kandiya" asari S. "Muntaxab"ining arab tilidan tarjimasi, degan xato tasavvur mavjud.
Abulfazl Muhammad Samarqandiy (imom Abulfazl Muhammad ibn Abduljalil ibn Abdul-malik ibn Ali ibn Haydar) (12-asr) – tarjimon, tarixchi. Abulfazl Muhammad Samarqandiy ustozi Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy as-Samarqandiyning "Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand" ("Samarqand tarixi haqida qand kitob") nomli arab tilidagi asarini fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan va uni "Qandiyayi xurd" ("Kichik kandiya") deb atagan
Mahmudxo’ja Behbudiy hayoti va faoliyati. O‘rta Osiyodagi jadidchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqirra yo‘lni bosib o‘tdi. Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasiga tayanib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi, ayni paytda ijtimoiy taraqqiyot yo‘llari haqidagi turli qarashlarning to‘qnashuv maydoni ham bo‘ldi. Turkiston jadidchil harakati asoschilaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiy ta’lim sohasida, teatr va matbuot sohasida ko’plab ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirdi