IX-XII asrlarda Samarqandlik FIQH allomalar faoliyati va diniy ilmlarning rivojlanishi Moturidiy (Abu Mansur al-Moturidiy; Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870-yil; Samarqand — 944-yil; Samarqand) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. „Imom al-hudo“, „Imom al-mutakallimin“ („Hidoyat yoʻli imomi“, „Mutakallimlar imomi“) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻida (hozirgi Jomboy tumanida) tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu’in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
Mavzu: XIV-XV asrlarda Samarqandlik allomalar ilmiy merosi. Amir Temur davlatining shakllanishi va Samarqandning ilm-fan markaziga aylanishi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida Samarqand davlat poytaxti sifatida XIV asrning oxirlari XV –asrlarda Sharqning eng go’zal shahri, Markaziy Osiyoning yirik iqtisodiy, siyosiy, madaniy markaziga aylandi. Amir Temur va Temuriylarning maorif sohasidagi islohatlari va madrasalar bunyod etilishi. Samarqandda ilm-fan taraqqiyoti va ma`naviy-ma`rifiy markazlarining faoliyati. Samarqand zamonasining yirik ilmiy markazlaridan biriga aylanishi. Jahon mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Samarqandda ta’lim olganlar. Samarqandda Adabiyot va tarixnavislik. Abu Muhammad Ato Samarqandiy, Shamsuddin Samarqandiy, Sa’duddin Taftazoniy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Umar Samarqandiy, Ahmad Mullozoda, Alouddin Ali Ibn Yahyo Samarqandiy Qurmoniy, Xoja Jaloluddin Fazlulloh Abu Laysiy, Abdurrazzoq Samarqandiy, Abulqosim Samarqandiy, Xoja Ahrori Valiy, Davlatshoh Samarqandiylar va ularning ilmiy merosi.