Kibermakonda din omili. Reja: Kibermakon tushunchasi. Kibermakon va jamiyat. Kibermakon va din



Yüklə 44,82 Kb.
səhifə3/9
tarix02.06.2023
ölçüsü44,82 Kb.
#127629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kibermakonda din omili

Dezinformatsiya (fran, des - “salbiy” va information - “axborot”) muayyan guruh va doiralarning g’arazli maqsadlariga erishish yo`lida soxta ma’lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg’itish maqsadida matbuot, radio va TVda qo`llanadigan usul, vosita. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davrida u tashviqotda keng qo`llangan. Dezinformatsiya turlari: a) soxta axborot, ovoza va shovshuvlar tarqatish; b) konfidentsial ma’lumotlar "oqib ketishi"ni tashkil qilish; v) mu­ayyan faktlarni bo`rttirib yoritish, ziddiyatli xabarlarni tarqatish. Dezinformatsiyaning tarixi, avvalo, OAVning paydo bo`lishi va shakllanishi bilan uzviy bog’liq, uning mazmun-mohiyati asosan siyosiy, g’arazli maqsadlarni ko`zlagan intilishlarda namoyon bo`ladi.
Asrimiz boshlariga kelib Internet nomli magnat paydo bo`ldi. 1995 yili Internetdan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishi edi, 1999 yilga kelib undan 171 million kishi foydalana boshladi va 2002 yilga kelib Internet abonentchilari soni 500 millionga yetdi. 2005 yil so`ngiga kelib Internetdan dunyoda 1 milliard kishi foydalan boshladi. O`zgacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo`ldi. Bir paytlar qo`shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Bugun esa Mariananing Nil daryosi bo`yiga qanday aksa urganligi yoki Azizbekning Amudaryo bo`yida qanday so`kinganligi haqida bir lahza ichida xabar topish mumkin. Mediavirus (ingl, media virus; media – “ommaviy axborot vositalari (OAV)”, virus – “zararli element”) – ommaviy axborot vositalari sohasi bo`yicha mutaxassis - amerikalik Duglas Rashkoff tomonidan jamiyat hayotida bevosita yoki bilvosita o`zgarishlarga sabab bo`ladigan OAV bilan bog’liq hodisalarni anglatish uchun kiritilgan atama.
Duglas Rashkoff fikriga ko`ra reklama beruvchilar hamda davlat dotatsiyalari hisobiga kun ko`radigan ommaviy axborot vositalari, o`zlari bilgan yo bilmagan tarzda iste’molchilik qadriyatlarini ilgari surib, jamoatchilik fikrini shakllantirib boradilar.
Mediaviruslar – axborotlar bilan bog’liq sohalarda tarqatiladigan memlar, ma’lumotlar majmui bo`lib, u odamlarning yirik va mahalliy tusdagi voqea-hodisalarga nisbatan fikri, ularni anglashini tubdan o`zgartirib yuboradi.

Yüklə 44,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin