2.3. Malakaviy amaliyot o‘tash obyekti (bazasi): — Jumladan, u Qashdaryo viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazining klinik bazalari, shahar, tuman kasalxonalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalar turli tibbiyot yo‘nalishlarining tuzilishi va u bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, hamda kichik tibbiyot xodimining majburiyatlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
2.4. Talabalarni malakaviy amaliyot o‘tash vaqtida o‘zlashtirgan amaliy bilimlari va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:
Talaba:
- bemorlarni parvarish qilishning deontologik tamoyillari; davolash va profilaktika muassasalarining turlari; bemorni parvarish qilish usullari va uning ahamiyati; hujjatlar va ularni yuritish tartibi;
- Dori vositalarini saklash va tarkatish; deziinfeksiya, sterilizatsiya, aseptika va antiseptika koidalari; kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; - fiziologik va davo stollari, bemorni ovqatlantirish va idishlarga kayta ishlov berishni; harakat rejimini; «reanimatsiya», «klinik o‘lim», «biologik o‘lim» tushunchalarini, reanimatsion chora-tadbirlarni o‘tkazishga ko‘rsatmalarni; bemorlarni sanitar ishlov berish turlarini; bemorlarni rentgenologik, ultratovush va boshka tekshiruvlarga tayyorlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- xonalarni tozalash, xonani shamollatish, joriy va yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish; dori vositalarini berish usullari; tibbiy muolajalarni o‘tkazish (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini o‘lchash); davo muolajalarini o‘tkazish (ingalyatsiyalar, gorchich qo‘yish va boshq.); tananing turli qismlarini immobilizatsiya qilish usullari; og‘ir bemorlarni parvarish qilish amaliy ko‘nikmalariga (shu jumladan klinik amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘lishi kerak.