Kichkina alisher



Yüklə 1 Mb.
səhifə2/7
tarix09.01.2023
ölçüsü1 Mb.
#122082
1   2   3   4   5   6   7
Safayeva Shaxnoza Qayumovna

Darsga tayyorgarlik:

  • Bolajonlar bugun darsga tayyormisiz?

  • Vazifalar o’z vaqtida qilganmisiz?

  • Sabog’ingiz puxta bilib kelganmisiz?

  • Besh ball uchun tayyor bo’lib kelganmisiz?

-Vatan nima ?


O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib, el tilga olur…
-Har kuni maktabga kelishimiz? ( Tinchligimizdan)
-Ko’chalarda erkin o’ynab yurishimiz?( Tinchligimizdan)
-Ota-onalarimizni bag’rida yurishimiz?( Tinchligimizdan)
-Demak, Tinchlik- bebaho boylik!



  • Bizning Vatanimiz mustaqil o’zbekiston. Vatanimiz tinch, obod farovondir.

  • Keling bolajonlar Vatanni o’z she’rimizda madh etaylik.


Onajonim issiq bag’ri Vatanligin bilaman
Otam mehri qaynoq tafti Vatanligin bilaman
O’z bag’rida ulg’aytirgan beshik menga Vatandir
Shu yurtning ostonasi beshak menga Vatandir.

Ilk bor dunyo tanitgan Matabim menga Vatan


Doim hamjihat hamkor Mahallam menga Vatan
Jannatlarga alishmam shahrim ul chamandir
Noz ne’matlarga kon O’zbekiston Vatandir.






  • Ha Vatanimiz tengi yo’q, chunki u bizni ota makonimizdir, bizni ulg’aytirgan zamindir.

  • Ustoz nechun Vatan deya yonib so’zlaysiz?

  • She’r. Nechun yonmay.

Axir shu el, shu Vatanda tug’ildim.


Unib o’sdim, o’qidim
Mana endu farzandlarim
Ulg’aymoqda bag’rimda
Hayotim tinch osmonimdir musaffo
Shunday ekan faxrlangum doimo
Shu elimda Vatanimla albatta.



  • Bolajonlar biz Vatan, unga sodiqlik, bobokalonlarimiz hayotlari haqida qaysi darsda o’rganamiz?

  • O’qish darsida o’rganamiz

  • Biz o’qish darsida yana nimalarni o’rganamiz?

  • Biz o’qish darsida matn, hikoyalarni to’g’ri o’qish. Ularni ma’nosini anglab o’qishni o’rganamiz.

  • Biz matn, hikoya, rivoyat, she’rlarni ifodali, tinish belgilariga amal qilgan holda, tinglovchiga tushunarli qilib o’qishni o’rganyapmiz.

Yana o’qish darslarimizda yaxshilik va yomonlikni farqlash, oq-qorani tanishni o’rganyapmiz.

  • Biz o’qish darsimizda matn, hikoya, she’r, rivoyatlarni mazmunini so’zlab o’z nutqimizni o’stiramiz, lug’at boyligimizni oshiramiz.

  • Balli bolajonlarim. Shu o’rinda sizlarga Iqbol Nazarovning she’rini aytib bermoqchiman.

  • Vatan madhi

Muhammad Yusuf

Kimga dasht boshpana,kimgadir gulzor,


Har kimning sigingan sajdagohi bor.
Har hovuch tuprogi ko’zga to’tiyo,
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.

O’ping, ko’zingizga suring tuprogin,


Har so’zin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrogin,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Ko’nglimning gavhari shu aziz maskan,
Fidodir hamisha unga jonu-tan.
Otalar himmatin yodi mash’ali,
Onalar oq suti hurmati- Vatan.

O’ping, ko’zingizga suring tuprogin,


Har so’zin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrogin,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Demak biz har ishda, har javhada buyuk bobolarimizdan ibrat olib yashashimiz kerak, bolajonlar!


    1. Yüklə 1 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin