Kechalari uxlamay alla aytganlar Bilim, odob o’qitib tarbiya qilgan Muqaddasim onajon bahtimga bo’ling omon. Azizlikda yurtim onam barobar Qaldim to’la ilhomim bor onamga Umrim bo’yi elim uchun to’kib ter Hurmatni etay izhor onamga. Hurmatimni izhor etay onamga, qoshiqlarim onaizor onamga. Onam bergan yurak bilan qo’l bilan, bog’im aro tutdim gullar onamga. Sen yog’dusan ayol, yog’dularing mehr- muruvvati Yer yuzin chiroyga ko’msin,also g’am ko’rmasin faqat. Sahna ko’rinishi:Onalarni behad ulug’lovchi ularning nuroniy, tiniq siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar ham talaygina. Quyoshdan so’rashibdi: Sening haroratingdan zo’roq harorat bormi? Bor——-javob berdi Quyosh——ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq. O’limdan so’rashibdi: Senga bas keladigan kuch bormi? Bor-debdi o’lim-Ona mehri meni ham chekintiradi. Daryoi azimdan so’rashibdi: Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyoda? Bor-debdi Daryoi azim.Ona mehri mendan kuchliroq. Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog’ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh – haroratini, oy nurini, hayot go’zalligini onadan olgan Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan. Ona-ona,onajon,jaji nihol gul g’uncham Mehringizdan bol ichaman,so’zlaringiz joylab dilga Otlanaman porloq yo’lga,Siz quvonchim hayajonim, Mehribonim onajonim. Yurakdagi nozik ilhomim,sizga bugun jonim onajon. Bag’ishlayman ulug’ ayyomim,doim sizga jonim onajon.