Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Jon bo’lmadim jondardlar tuyganida Jigarimni dog’I bilan kuyganida Ojiz qoldim ajal uni suyganida, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Kechroq qolsam ilhaq bedor kutar edi, Suv so’rasam darrov choylar tutar edi, Goh koyinsam—ichlariga yutar edi, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Mening g’amim mayus qildi ko’zlarini Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini, Endi yig’lab, izlad qoldim izlarini, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Achchiq- achchiq ko’z yosh aylar ho’l diydamni Men o’zimga o’zim topdim shul sitamni, Axir-axir sog’inaman volidamni Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Onangiz gar bor bo’lsalar, mador bo’ling G’animat deb xizmatida tayyor bo’ling, Bobur kabi so’ng o’rtangmang, hushyor bo’ling, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Onajonim allasi. Elas-elas esimda, bolaligim pallasi Ruhimga kuch beradi, onajonim allasi. Alla, qizim bolajon,tunda uhl;ab tong uyg’on. Sarviqomat bir qiz bo’l,ulg’ayib quvvatga to’l. Ovoz beraman mayin, yoqar edi quloqqa, Ohangiga mast bo’lib, ketar edim pinakka. Noming azizligin,boisi shunda Ona barmoqlarin, tafti bor unda. Gul yuziga yarashar holi, doim boshda turar po’moli Farzandlarga bahti iqboli, o’zbegimning go’zal ayoli. Qanchalar quvonamiz, boshimizda erta kech Onajon parvonasiz,o’g’il qizim, baxtimdir deb bizga ishonasiz. Onajonim azizam mehribonim yolg’izim,