ASOSIY QISM 2.1 C# va boshqa dasturlash tillarida ishlash (Pascal, C++) OYD Obyektga yo’naltirilgan dasturlash yoki OYD - dasturlarni haqiqiy hayotlikka asoslangan holdagi dasturlash usulidir. Yana protseduralari dasturlash tillari (masalan: Pascal, Basic,Fortran ) ham mavjud. OYD ning undan asosiy farqi shundagi, OYD asosan obyektlarga asoslangan holda ishlasa, protseduralari dasturlash tillari esa asosan funksiyalarga asoslangan bo’ladi, ya’ni bu usuldagi dasturlashda har bitta buyruqlar qadamma- qadam bajarilib boriladi masalan: faylni och, raqamni o’qi, 4 ga ko’paytir va ekranga chiqar. Obyekt - obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) texnalogiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarab haqiqiy hayotdagi bir nechta obyektlarni ko’rishimiz mumkin.Ularning barchasi albatta o’z xususiyatiga ega va bajaradigan vazifalari mavjud. Bir daqiqaga to’xtasakda atrofdagi biror narsalarni taxlil qilsak.
Har bir obyekt haqida o’zimizga savol bersak “Bu obyektning qanday xususiyatlari mavjud”, “Qanday vazifalarni bajaradi?” kabi va kuzatishlarimiz natijasi shuni ko’rsatadiki bu tuzilgan ro’yxatimiz obyektning murakkabligiga ko’payib boradi. Kompyuter indikatorining 2 ta xususiyati bor: o’chiq va yoniq; funksiyalari esa yonish va o’chish. Bu barcha kuzatishlarni OYD dunyosiga o’tkazish mumkin.
Class – OYD ning markazi hisoblanadi va u har xil kodlar, ma’lumotlar va ma’lumotlar o’zgarishini ifodalovch xususiyatlar saqlanadi. Class o’z ichiga o’zgaruvchilar va metodlar hamda qiymati o’zgarmaydigan konstantalarni oladi. Class o’zgaruvchi tipi bo’lib ham xizmat qiladi. Xuddi integer, string yokiboshqa tiplar kabi har bir class ham ma’lum bir tip sifatida qarash mumkin.
Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qism texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab qiladi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal su’ratlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy taminotning ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo’ladi, va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter “Qimmatbaho o’yinchoq” bo’lib qolaveradi.
Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so’ng ma’lum bir qonun- qoidlar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko’rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo’lgan kompyuter tushanadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlsh va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tillari asosan ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlangan. Ammo uning boshlanish tarixi ancha uzoq yillarga borib taqaladi. Keyingi yillarda juda ko’p yuqori darajadagi dasturlash tillari ishlab chiqarilagan bo’lib, ular qatoriga Pascal, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic Application, Java, C # kabi tillarni qo’shish mumkin.
Bugungacha ishlab chiqarilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani Pascal dasturlash tilidir. Pascal daturlash tili 1969-yil Nikalas Virt tomonidan ishlab chiqildi. Pascal tili dasturlashni o’rganish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lsa-da, yuqori malkali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Albatta samarali dasturlash tillari o’zgarishsiz qolmaydi. Shu sababli ham turli rusumdagi kompyuterlar uchun Pascal tilining ularga moslashtirilgan naqllari ishlab chiqarilgan bo’lib, ular Pascal tilining boshlang’ich naqlidan farq qilishi mumkin. Pascal dasturlash tillining keng tarqalishi va rivojlanishiga asosiy sabab – dasturning soddaligi va undan foydalanishning qulayligidir.
1981 - yilllarda Pascal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Hozirgi davrda foydalanilayotgan pascal tilining Trubo Pascal 7.0 naqli Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim – dasturlashning integrallashgan muhitiga ega. Har qanday dasturlash tili kabi Turbo Pascal dasturlash tili ham o’zining alifbosi va sintaksis qoidalariga ega. Turbo Pascal tili ASCII kodli belgilar to’plamini o’z ichiga oladi,masalan: Lotin alifbosining 26 ta bosh va kichik harflari:(Aa;Bb;Cc;…Yy;Zz;)
O’nta arab raqamlari: (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.)
O’n oltilik sonlar: (0 dan 9 gacha arab raqamlari va A, B, C, D, E, F va a, b, c, d, e, f harflar)
Maxsus belgilar : “.” (nuqta); “,” (vergul); ”:” ( ikki nuqta ); ”;” (nuqtali vergul); “’” (apostrof); “ ‘’ “ (qo’shtirnoq), ”! “(undov ); “?” (so’roq); “%” (foiz); “$” (dollor); “@” (tijorat belgisi); “&” (ampersand); “#” (panjara) ; ”^” (urg’u); turli qavslar :(,) {,} [,] ; Juft belgilar: :=,.., (*, *), (.,.).
Boshqaruv belgilari: #0 dan #31 gacha kodli belgilar (#-belgi kodning o’nlikdagi qiymatini bildiradi,boshqaruv belgilari ishlaganda ekranda aks etmaydi).
Arifmetik amallar : “+” (qo’shish); ” – “ (ayirish), “*” (ko’paytirish), ”/” (bo’lish); Munosabat amallari : “=” (teng ), “<” (kichik), ”>”( katta ), juft belgilar: ”<>” (teng emas), “<=”(katta emas ), “>=”(kichik emas); Mantiqiy amallar: AND(“ VA“–mantiqiy ko’paytirish amali);NOT (“EMAS” –mantiqiy inkor amali);OR(“YOKI”- mantiqiy qo’shish amali);XOR(o’xshashlikni inkor etish amali) Konstantalar (o’zgarmaslar) – dastur ishlaganda qiymati o’zgarmaydigan miqdorlar.
O’zgaruvchilar - dastur ishlaganda qiymat o’zgaradigan miqdorlar.
Ifodalar – mos amallar bilan bog’langan o’zgarmaslar,o’zgaruvchilar va funksiyalar. Operatorlar – dasturlash tilining tugallangan biror bir amalini berisg uchun mo’ljallangan ko’rsarmasi. Funksiya va protseduralar – o’z nomiga ega bo’lgan alohida dastur qismlari. Ularga asosiy dasturdan murojat etiladi.
Pascal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega:
Program dastur nomi; {Majburiy emas}
Uses {Modular ro’yxati}
Label {Nishonlar ro’yxati}
Const {Konstantalarni tanlash}
Var {O’zagaruvchilarni tasvirlash}
Protsedura va funksiyalar
Begin
{Asosiy qism}
End.
Pascal dasturlash tili bu so’zlarni dasturda ishalshga yo’l qo’ymaydi hamda
xato xabarni ekranda “Error 2: Indentifier expected” (zaxira identifikator ) yozuvi orqali ifodalaydi.